Sayyoralarning ko'rinma harakatlarini tushuntirish

Sayyoralarning ko'rinma harakatlarini tushuntirish

O'quvchilarga / Astronomiya
Sayyoralarning ko'rinma harakatlarini tushuntirish - rasmi

Material tavsifi

Sayyoralarning ko'rinma harakatlarini tushuntirish. Kepler qonunlari Tayanch iboralar: Sinodik aylanish davri, Siderik aylanish davri, Perigeliy, Afeliy, Ekssentrisitet, Kepler tenglamasi. Reja: Sayyoralar ko'rinma sirtmoqsimon harakati. Sayyoralar sinodik harakat tenglamasi. Kepler qonunlari. 1. Sayyoralar ko'rinma sirtmoqsimon harakati Sayyoralar o'zlarining Quyosh atrofidagi harakatlarida Quyoshga nisbatan turli vaziyatlarni egallashlarini ko'rib chiqqan edik. Keling Yer Q Quyoshga nisbatan rasmdagi vaziyatda bo'lsin. Bu paytda ichki yoki tashqi sayyoralar, orbitasining istalgan joyida bo'lishi mumkin. Agar ichki sayyora masalan, Venera V1, V2, V3, V4 vaziyatlarida bo'lsa V1 va V3, uning mos ravishda quyi va yuqori Quyosh bilan birlashishi, V4 - sharqiy elongatsiyasi, V2 - g'arbiy elongatsiyasidir. Tashqi sayyora esa masalan, Mars (M), Yerdan M4 - sharqiy, M2 - g'arbiy kvadraturalarda, M3 - qo'shilishi, M1 - qarama-qarshi turish vaziyatlarida turadi. Ichki sayyora Yerga quyi qo'shilishi vaziyatida eng yaqin va yuqori qo'shilishida eng uzoq masofada bo'ladi. Tashqi sayyoralar esa M1 qarama-qarshi tomonda bo'lganida Yerga yaqin masofaga kelsa qo'shilishi M3 da uzoq masofada bo'ladi. Sayyoralarning sirtmoqsimon harakatini tushuntirish asosida Yer va sayyora orbita bo'ylab chiziqli harakatlarini solishtirish yotadi. Yuqori sayyora qo'shilib, vaziyati yaqinida M3 bo'lganida (Rasm 13-a) uning tezligi Yerning tezligiga qarama-qarshi bo'ladi. Yerdan uning tezligi kattalashganday tuyuladi qarama-qarshi turish paytida sayyoraning tezligi qarama-qarshi tomonga qaratilgandir. Lekin Yerning tezligi sayyora tezligidan katta bo'lganligi sababli sayyora teskari tomon sharqdan g'arbga tomon harakat qilganday bo'lib ko'rinadi. Xuddi shunday analiz (Rasm 13-b) nima uchun quyi sayyoralar pastki qo'shilishi paytida (V1) teskari harakat qilib, yuqori qo'shilishi paytida esa (V2) to'g'ri harakat qilishni ko'rsatadi. 2. Sayyoralarning sinodik harakat tenglamasi Sayyoralarning sinodik (S) davri deb, ularning ikki marotiba ketma-ket o'tgan bir xil konfigurasiyalari orasidagi vaqtiga aytiladi. Siderik yoki yulduz aylanish davri (T) deb sayyoraning Quyosh atrofida bir marotiba to'la aylanishi uchun ketgan vaqtga aytiladi. Yerning siderik aylanish davriga yulduz yili deyiladi (T). Ana shu uchta davr orasidagi matematik bog'lanishni topamiz. Sayyora uchun bir sutkada burchak bo'yicha siljishi quyidagiga tengdir. 360T Yer uchun 360T sayyoralar va Yer (Yer va sayyora) sutkali burchak siljishlarining farqi, sayyoralarning bir sutkadagi ko'rinma siljishiga, ya'ni 360S ga tengdir. Ichki sayyoralar uchun (8.1) Tashqi sayyoralar uchun esa (8.2) (8.1) va (8.2) - ga sayyoralarning sinodik harakat tenglamalari deyiladi. Kuzatishdan sinodik davr S va Yerning siderik aylanish davri T aniqlanadi. Sayyoralarning siderik aylanishi davrlari esa (8.1) va (8.2) tenglamalardan foydalanib topiladi. Yulduz yili davomiyligi 365,325 o'rtacha Quyosh sutkasiga tengdir. 3. Kepler qonunlari Kepler Kopernik tarafdori edi, u Tixo Bragening 20 yil davomida va o'zining bir necha yil davomida Mars sayyorasini kuzatish natijalariga asosan Kopernik sistemasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 101.04 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 101.04 KB
Ko'rishlar soni 160 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga