O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI ALIShER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI Alimov T.A Umumiy astronomiya MA'RUZALAR MATNI SAMARQAND - 2011 MA'RUZA MAShG'ULOTLARI 1 - Ma'rUza: Astronomiya fanining predmeti va asosiy vazifalari Tayanch iboralar: Astronomiya, astrometriya, osmon mexanikasi, astrofizika, kosmik nurlar fizikasi, Gamma astronomiya, Rentgen astrofizikasi, Neytrino astrofizikasi, rasadxona, sekstant. Reja: Astronomiyaning predmeti va asosiy masalalari. Astronomiya bo'limlari va bu bo'limlarning vazifalari. Astronomiya taraqqiyotining qisqacha ta'rifi. 1. Astronomiyaning predmeti va asosiy masalalari Astronomiya (yunoncha astron-yulduz, nomos-qonun) kosmik jismlar va bu jismlar sistemalarining paydo bo'lishi, ularning taraqqiyoti, ko'rinma va haqiqiy o'rinlari, harakatlari ximiyaviy tarkibi va tabiati, kosmosning kuzatish mumkin bo'lgan qismining tuzilishi haqidagi fandir. Astronomiya kosmik jismlarni tuzilishini, harakatini va ularning fazodagi o'rinlarini o'rganish asosida olamning tuzilishi va rivojlanishi haqida ma'lumotlar beradi. Kosmik jismlarni o'rganishda astronomiya o'z oldiga ketma-ket yechish uchun uchta masala qo'yadi, bu masalalarga uning asosiy masalalari deyiladi. Kosmik jismlarni fazodagi ko'rinma hamda haqiqiy o'rni va harakatini o'rganish, jismlarni shaklini va o'lchamlarini aniqlash. Kosmik jismlarni tuzilishini, fizik xususiyatlarini, ximiyaviy tarkibini, jismlarni yuzidagi va ichidagi fizikaviy ifodalarini, zichligini, bosimini va temperaturasini aniqlash. Paydo bo'lish va rivojlanish muammosini hal etish asosida alohida kosmik jismlarni yoki ular sistemalarini taqdirini aniqlashdan iborat. Astronomiya birinchi masalani hal etishda uzoq davrlar mobaynida olib borilgan kuzatishlar natijalariga asoslanadi. Bunda u 300 yil oldin ma'lum bo'lgan mexanika qonunlaridan foydalaniladi. Astronomiyaning bu bo'limida asosan yer sirtiga yaqin joylashgan kosmik jismlar to'g'risida katta ma'lumotlar to'plangan. Hozirgacha kosmik jismlarni to'zulishi, fizikaviy xususiyatlari va ximiyaviy tarkibi to'g'risida juda kam material to'plangandir. Bu bo'limdagi juda ko'p masalalar yaqin oradan boshlab yechilayapti. Astronomiyaning 3-chi masalasi oldingi 2-ta masalasiga ko'ra murakkabdir, chunki bu masalani hal etish uchun hali yetarli kuzatish natijalari to'plangan emas. Shuning uchun bu masala haqidagi bizning bilimlarimiz hozircha gipotezalar shaklidadir. Demak, astronomiya predmeti bo'lib kosmik jismlar ularning sistemalari va butun koinotni o'rganish hisoblanadi. 2. Astronomiya bo'limlari va bu bo'limlarning vazifalari Astronomiya ishlatiladigon informasiyaga ko'ra, uchta bo'limga bo'linadi. Astrometriya, Osmon mexanikasi va astrofizika, astrometriya osmondagi burchaklarni o'lchashni nazariy va praktik metodlariga asoslanib, osmon jismlarini o'rnini va yerning aylanishini o'rganadi. Buning uchun osmon jismlarini pozision kuzatishlari tashkil etiladi. Astrometriyaning ikkita muhim maqsadi mavjuddir: Astronomik koordinatalar sistemasini aniqlash. Yerning aylanishi qonuniyatlarini to'la xarakterlovchi parametrlarni aniqlash. Astrometriyaning asosiy vazifasi yulduzlar va yulduzlar sistemasini harakatini o'rganish uchun, o'rinlari juda xam aniq bo'lgan yulduzlar katalogini tuzishdan iboratdir. Osmon mexanikasi butun dunyo tortishish kuchlari ta'sirida osmon jismlarini harakati qonunlarini o'rganadi, ularni orbitalarini aniqlash metodlari hamda jismlarning, osmondagi o'rnini oldindan hisoblash (efemerida tuzish) metodlarini o'rganadi. Bu masalalarni ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
876.2 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
876.2 KB
Ko'rishlar soni
186 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc