Yer o'qining presession va nutasion harakatlari

Yer o'qining presession va nutasion harakatlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Yer o'qining presession va nutasion harakatlari - rasmi

Material tavsifi

Yer o'qining presession va nutasion harakatlari Tayanch iboralar: Presessiya, nutasiya, Oy - Quyosh presessiyasi, sayyoraviy presessiya. Reja: Yer o'qining presession va nutasion harakati. Yer o'qining presession harakati natijasida kuzatiladigan hodisalar. Yer o'qining presession va nutasion harakati Yer shaklini uning ekvator sohasida halqasimon qo'shimcha massaga ega bo'lgan katta shar deb olish mumkin. Yer sharining shakli sferoidga yaqindir. Biror L jism tomonidan sferoidni tortilishi, Yerning shar shaklidagi qismini tortish kuchi F (bu kuch yerning markazidan jismga qarab yo'nalgan) va jismga yaqin joylashgan qismini tortish kuchi F1 va uzoq joylashgan qismining tortish kuchi F2 larni yig'indisidan iboratdir. F1 kuch F2 kuchdan kattadir, shuning uchun L jismning yerni tortish kuchi sferoidning (Rasm.29) PNPS aylanish o'qini soat strelkasi yo'nalishiga teskari yo'nalishda shunday burishga harakat qiladiki, yer ekvator tekisligi TL yo'nalishi bo'yicha joylashsin. Mexanikadan ma'lumki, bunda yerning PNPS aylanish o'qi kuchlar joylashgan tekislikga perpendikulyar yo'nalishda siljiydi. Quyosh- Oy, Quyosh va boshqa sayyoralarning, yerning qo'shimcha massasiga ta'siri tufayli yer o'qi fazoda murakkab harakat qiladi. Eng avval yer o'qi ekliptika tekisligi bilan 6634 burchak hosil qilgan holda ekliptika o'qi atrofida konus chizadi (Rasm.30). Yer o'qining ana shu harakatiga presession harakat deyiladi. Bu harakat davri 2600 yilga teng. Yer o'qining prosessiyasi tufayli olam qutblari ekliptika qutblari atrofida radiusi 2326 bo'lgan 2600 yillik davr bilan aylana chizadi. Quyosh va oy ta'siri ostida hosil bo'luvchi presessiyaga Oy - Quyosh presessiyasi deyiladi. Presessiyaviy kuchlarning miqdori va yo'nalishi o'zgarib turadi. Oy va Quyosh olam ekvatori tekisligida bo'lganida presessiyaviy kuchlar nolga teng bo'lib, ular ekvator tekisligidan maksimal uzoqlashganlarida, maksimal bo'ladi. Natijada yer o'qi o'zining o'rtacha vaziyati atrofida mayda tebranma harakat qiladi. Yerning ana shu harakatiga nutasiyaviy harakat deyiladi. Yer o'qining asosiy nutasiyaviy tebranishi 18,6 yil davrga ega bo'lib, natijada olam o'qi Osmon sferasida kichik ellips chizadi. Nutasiyaviy ellipsning katta yarim o'qi 1842 ga, kichik yarim o'qi esa 1372 ga tengdir. Yer o'qining presessiyaviy va nutasiyaviy harakati natijasida olam qutblari osmonda murakkab to'lqin shaklidagi chiziqlar chizadi. Yerni sayyoralar tomonidan tortilishi juda kichikdir. Shuning uchun yer o'qini fazodagi vaziyatini o'zgartira olmaydi, lekin yerning Quyosh atrofidagi harakatiga ta'sir ko'rsatadi, natijada ekliptika tekisligini fazodagi vaziyati o'zgaradi. Ekliptika tekisligini fazodagi bunday o'zgarishlariga sayyoraviy presessiya deyiladi. Sayyoraviy presessiya tufayli bahorgi tengkunlik nuqtasi sharqga tomon bir yilda 0114 ga ko'chadi. 2. Yer o'qining presession harakati natijasida kuzatiladigan hodisalar Yuqorida qayd etilganidek Yer o'qining presession harakati tufayli olam qutblari, ekliptika qutblari atrofida radiusi taxminan 23,5 bo'lgan aylanalar chizadi. Bundan tashqari ekliptika o'qi sayyoraviy presessiya natijasida fazoda harakat qilganligi sababli, olam qutbining chizgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 59.17 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 59.17 KB
Ko'rishlar soni 149 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga