Yer tipidagi planetalar

Yer tipidagi planetalar

O'quvchilarga / Astronomiya
Yer tipidagi planetalar - rasmi

Material tavsifi

Yer tipidagi planetalar Qadim zamonlardayoq, odamlar osmondagi qo'zgalmas yulduzlar orasida harakatlanuvchi obyektlarni payqab qolishgan. Keyinchalik ularni adashgan yulduzlar ma'nosini beruvchi sayyoralar, deb atasha boshlashgan. О'sha davrlarda har bir sayyorani ma'budlardan biriga о'xshatish rasm bо'lgan. Masalan, Qonsimon qizil Marsni bobilliklar о'lim ma'budi Nergal nomi bilan, yunonlar va rimliklar esa, tegishlicha, urush ma'budi Ares va Mars nomi bilan atashgan. Shunday qilib, bir necha ming yilliklar davomida odamlar beshta sayyoranigina bilishgan, xolos. Mana osmon gumbazida Yerdan uzoqligi tartibida joylashgan sayyoralar: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturin. Keyinchalik olamning geliomarkaziy tizimi qaror topganidan keyin Yer ham sayyoralar safiga kiritildi. Binobarin, sayyoralar soni oltitani tashkil etdi. 1781 yilda ingliz astronomii Vilyam Gershel yettinchi - Uran sayyorasini kashf etdi. 1846 yilda Neptun kashf etilgach sayyoralar soni sakkizga etdi. Uzoq izlanishlardan sо'ng 1930 yilda Pluton kashf qilindi va chorakam bir asr davomida - 2006 yilga qadar Quyosh sistemasida rasman 9 ta sayyora qaror topdi. О'tgan asrning 90-yillarida Koyper mintaqasi obyektlari yoki transneptun obyektlar (ya'ni Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan) nomini olgan yangi obyektlar ochila boshladi. 2003 yilda boshqa obyektlar qatori 2003 UB313 kod nomini olgan Koyper belbog'i obyekti kashf etildi. Dastlab u norasmiy ravishda Zena deb atalgan, 2006 yilda esa, muqim Erida nomiga ega bо'ldi. Xabbl kosmik teleskopida о'tkazilgan mufassal tadqiqotlar Erida о'lchami Plutondan bir muncha katta ekanini kо'rsatdi. Buning natijasi о'laroq, 2006 yilda Xalqaro astronomiya uyushmasi XXII Bosh assabliyasining maxsus qarori bilan Pluton darajasi pasaytirilib, sayyora maqomidan mitt sayyora maqomiga o'tkazildi. Endi o'zining chorakam bir asrlik tarixi (1930 yildan 2006 yilgacha)da sayyoralar rо'yxatida turgan Pluton о'zining qonuniy о'rniga ega bо'ldi va endi u sayyora deb emas, balki mitti sayyora, aniqrog'i Koyper mintaqasi obyektiga aylandi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda Quyosh sistemasida sayyoralar 9 ta emas, balki 8 tadan iborat. Quyosh tizimi haqidagi umumiy ma'lumotlar Sayyora - Quyosh atrofida aylanuvchi osmon jismi. Sharsimon shaklda bо'lishi kerak yoki,bu shaklni egallashi uchun u yetarlicha katta va salmog'li bо'lishi, hamda uning orbitasi yaqinida о'lchami unikiga yaqin jism bо'lmasligi kerak. Sayyoralar soni 8 ta: Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun. Bu guruxga «klassik sayyoralar» degan nom ham berilgan. Sayyoralar fizik tabiatiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: Yer tipidagi planetalar: Merkuriy, Venera, Yer va Mars Gigant planetalar: Yupiter, Saturn, Uran va Neptun Merkuriy. Quyosh sistemasidagi sakkizta planeta ichida Quyoshga eng yaqini Merkuriy bo'lib, qadimda uni arablar Utorud deb atashgan. 1.1 -rasm. Merkuriy Utorudning orbitasi boshqa planetalarnikidan farq qilib, cho'zinchoq ellips shaklidadir. Shuning uchun ham bu planetaning Quyoshdan uzoqligi 0,31 dan to 0,47 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 200.73 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 200.73 KB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga