Yerda yil fasllarini almashinishi va Yer o'qining presession va nutasion harakati Tayanch iboralar: tengkunlik, Quyosh turish, Yer o'qining uning orbita tekisligiga og'maligi, ekliptika tekisligi, Passatlar, Fuko mayatniki.presession harakat, nutasion harakat, sayyoraviy presessiya, yillik presessiya. Reja: Yerda yil fasllarini vujudga kelishi. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi. 1. Yerda yil fasllarini vujudga kelishi Kuzatishlar ko'rsatadiki, olam qutbi o'zining yulduzlar orasidagi vaziyatini yil davomida deyarli o'zgartirmaydi. Bundan yer, quyosh atrofida aylanishida uning o'qi o'ziga parallel qoladi degan xulosa chiqadi. Bundan tashqari quyoshning og'ishi yil davomida +2326 dan (yozgi quyosh turish payti) -2326 gacha o'zgarishi yerning, o'qi uning orbitasi tekisligiga parpendikulyar bo'lmay, balki orbitaga nisbatan 6634=90-2326 og'ma ekanligi kelib chiqadi. Yerning Quyosh atrofida aylanishi uning aylanish o'qini ekliptika tekisligiga nisbatan qiya joylashgani va bu burchak deyarli o'zgarmagani uchun, yerda yil fasllari regulyar ravishda o'zgarib turadi. Rasmda Yer va uning o'qini tengkunlik va quyosh turish kunlarida quyosh nurlariga nisbatan vaziyati ko'rsatilgan. Yer yuzidagi gorizontal tekislik normali va quyosh nurlari orasidagi burchak yerning I - chi vaziyatida bo'lsa, II - chi vaziyatida bo'lib, II - vaziyatida esa dir, bunda ekliptikaning ekvatorga nisbatan qiyalik burchagi. Biz bilamizki yuzaga tushayotgan yorug'lik oqimi F, teng bo'lib, i - yuzaga o'tkazilgan urunma tekisligi perpendikulyari va yorug'lik nuri yo'nalishi orasidagi burchak. Demak yozgi quyosh turish kunlarida (I - chi vaziyat) Qishgi quyosh turish kunlarida (II- chi vaziyat) Tengkunlik kunlari uchun esa (II - chi vaziyat) bo'ladi. Shuning uchun yer yuzi joyining geografik kenglamasiga bog'liq ravishda turlicha yorug'lik nuri, ya'ni issiqlik miqdori tushar ekan. Masalan kenglamada F1, F3 - ga ko'ra 4,6 marotiba katta bo'lsa, F2, F1 - dan 1,5 marta kichikdir. Shuning uchun shimoliy yarim shar bahor va yoz davomida (21 martdan 23 sentyabrgacha) kuz va qish davomida (23 sentyabrdan 21 martgacha) qaraganda ko'proq issiqlik oladi. Janubiy yarim shar esa aksincha 23 sentyabrdan 21 martgacha vaqt oralig'ida ko'proq issiqlik oladi. Quyosh nurlari oqimi yana quyoshdan yergacha bo'lgan masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir. Yerning orbitasi aylanadan uncha katta farq qilmaganligi uchun oqimni masofa o'zgarishi natijasida yil vaqtlarini o'zgarishiga uncha katta ta'sir ko'rsatmaydi. Yer perigeliyga bo'lganida afeliyga bo'lganiga ko'ra 7% ko'proq energiya oladi. Bu farq bilan shimoliy yarim sharda janubiy yarim sharga ko'ra nisbatan sovuq bo'lmagan qish va nisbatan salqinroq yoz kuzatilishi tushuntiriladi. Yer aylanish o'qining orbita tekisligiga qiyaligi uchun Yerda issiqlik mintaqalari taqsimlanishi kuzatiladi. 2. Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi Yer o'z o'qi atrofida aylanadi. Uning bu aylanishi yer yuzining ko'p hodisalarida o'z aksini topgan. Masalan, passatlar (Yer har ikki yarim sharning tropik ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
88.18 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
88.18 KB
Ko'rishlar soni
160 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: docx