Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi. Pressesiya va nutatsiya

Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi. Pressesiya va nutatsiya

O'quvchilarga / Astronomiya
Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi. Pressesiya va nutatsiya - rasmi

Material tavsifi

Yerning yz yki atrofida aylanishi. Pretsessiya va nutatsiya Planetamiz - Yerning shakli shardan farq qilib (kutblari sikikligi tufayli), uning ekvator zonasida -joylashgan sferadan (radiusi Yerning kutbiy radiusiga teng) ortikcha kismining massasiga Oy va quyoshning ta'siri tufayli Yer o'ki ekliptikaga oђmaligini o'zgartmagan holda fazoda 2600 yillik davr bilan konus sirt chizadi. Bu hodisa pretsessiya deb yuritiladi. Olam o'ki Yer o'ki bilan bir to'ђri chiziqda yotganidan, bu o'kning osmon sferasi bilan kesishgan nuqtasi olam kutbi xam vaqt o'tishi bilan yulduzlar ichida siljib boradi. Natijada olam kutbi Ajdaxo yulduz turkumida joylashgan ekliptika kutbi (a = 18h, = 66033') atrofida radiusi 23026 yoyga teng bo'lgan aylana chizadi. Pretsessiya hodisasi tufayli bahorgi tengkunlik nuqtasi xam ekliptika bo'ylab quyoshning yillik ko'rinma harakatiga teskari yo'nalishda harakatda bo'lib, uning siljish tezligi yiliga 50,26 ni tashkil qiladi. bahorgi tengkunlik nuqtasi ikkinchi ekvatorial hamda ekliptik koordinatalar sistemasida sanoq boshi ekanligini etiborga olsak, yulduzlarning ekliptik kenglamalari o'zgarmagani holda uzunlamalari yiliga 50,26 ga ortib borishini ko'rish mumkin. Ikkinchi ekvatorial koordinatalar sistemasining xar ikkala koordinatasi (to'ђri chiqish va oђish) xam pretsessiya tufayli o'zgarib boradi. Bu o'zgarishlarni hisobga olib borish uchun maxsus jadvallar tuziladi. Yerning quyosh atrofida yulduzlarga nisbatan to'la aylanib chiqish davri yulduz yoki siderik yil deb atalib, u 365,2564 sutkaga teng. quyosh markazining ikki marta ketma-ket bahorgi tengkunlik nuqtasn orqali - o'tishi uchun zarur bo'lgan vaqt oraliђi tropik yil deb atalib, u 365, 2422 sutkaga teng. Shuningdek, Yer orbitasining katta yarim o'ki xam yulduzlarga nisbatan juda sekinlik bilan aylanadi. Shunga ko'ra Yerning perigeliydan ikki marta ketma-ket o'tishi uchun zarur bo'lgan vaqt oraliђi anomalistik yil deb atalib, u 365, 2596 sutkaga teng bo'ladi. Yer o'ki ekliptika o'ki atrofida aylanishi davomida juda kichik tebranishlarda ishtirok etadi. Bu tebranishlar olam o'kining malum o'rtacha holati atrofida sistemali kuzatiladi. Bunday tebranma harakat nutatsiya deyilib, u quyosh va Oy ta'siri tufayli sodir byladigan Yer o'kini buruvchi kuchlar kattaliklarining o'zgarib turishi tufayli sodir bo'ladi. quyosh va Oy osmon ekvatora tekisligida yotganda bu kuchlarning kattaligi nolga quyosh va Oy ekvator tekisligidan eng katta burchak masofaga uzoqlashganda bu kuchlarning kattaligi maksimumga erishadi. Yer o'kining asosiy nutatsion. tebranish davri Oy orbitasi tugunlarining aylanish davriga teng bo'lib, 18,6 yilni tashkil qiladi. Natijada Yer o'kining davomlari (yani olam o'kining davomlari) osmonda katta o'ki 18,42 ga va knchik yki 13,72 ga teng bo'lgan ellipslar chizadi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.9 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.9 KB
Ko'rishlar soni 166 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga