Yoritgichlar shaklini va o'lchamini aniqlash Tayanch iboralar: yoritgichni burchak diametri, paralaktik ellips, epek nuqta, sayyoralar, asteroidlar, kometalar, sayyoralar yo'ldoshlari, abberasion siljish, paralaktik siljish. Reja: Yoritgichlar shaklini va o'lchamini aniqlash yo'llari. Quyosh sistemasining tuzilishi. Paralaktik ellips. 1. Yoritgichlar shaklini va o'lchamini aniqlash yo'llari Yerdan turib yoritgichni diskini ko'rish burchagiga yoritgich burchak diametri deyiladi. Ba'zi yoritgichlarni (Quyosh, oy sayyoralar) burchak diametrlarini qiymatini kuzatishdan aniqlash mumkin. Agar yoritgichni burchak diametri va ungacha bo'lgan masofa ma'lum bulsa yoritgichni haqiqiy diametrini topish mumkin. Haqiqatan ham faraz qilamizki, yoritgich burchak diametri , yer va yoritgich markazlari orasidagi masofa , R0 - gorizontal ekvatorial paralaks, R0 va r - yer va yoritgichlarni chiziqli radiuslari bo'lsin. U holda bo'lib va larni kichikligidan quyidagini yozish mumkin: Bu tenglikda va qiymatlarini kichikligini hisobga olsak, yozish mumkindir. Yoritgichlarni formasini esa ular disklarini turli yo'nalishdagi diametrlarini o'lchab topish mumkin. Agar jism bosiq bo'lsa u holda uning bir yo'nalishdagi diametri ikkinchisidan katta bo'ladi. O'lchashlar ko'rsatdiki Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran va Neptun bosiq shaklidadirlar. Chiziqli o'lchamlari va formasini o'lchash mumkin bo'lmagan obyektlarni o'lchami maxsus metodlar yordamida o'lchanadi. 2. Quyoshsistemasining tuzilishi Quyosh va Quyosh atrofida aylanuvchi jismlar sistemasi, Quyosh sistemasini tashkil qiladi. Quyosh sistemasida sistemaning dinamik markazi - Quyosh, 9-ta sayyora, ularning 32 ta yo'ldoshi, bir necha ming kichik sayyoralar yoki asteroidlar ko'p kometalar (500 tasi ko'ringan) va juda ko'p meteroit jismlar kiradi. Mukammal o'rganishlar natijasida bu jismlarning koinotdagi harakati uchun informasiyalar berilgan bo'lib, hozirgi paytda Quyosh sistemasining aniq plani va tuzilishi ma'lumdir. Ekliptika qutbidan qaraganda deyarli barcha sayyoralar Quyosh atrofida soat strelkasi yo'nalishi bo'yicha aylanadi. Ularning g'alayonlanmagan harakat orbitalari ekssentrisiteti kichik ellipslardan iboratdir. Deyarli barcha sayyoralar o'z o'qi atrofida Quyosh atrofida aylanish yo'nalishi bo'yicha aylanadi. Sayyoralarning orbitalari yotgan tekisliklar ekliptika tekisligiga ozgina og'madir. Uran va Veneragina o'z o'qi atrofida teskari yo'nalish bo'yicha aylanadi. Sayyoralarning Quyoshdan masofasi ma'lum qonuniyatga bo'ysinadi. Sayyoralar Quyoshdan uzoqlashgan sari orbitalari orasidagi masofa oshib boradi. Quyoshdan eng uzoqdagi sayyora .b. masofada turadi. Agar Quyosh sistemasini o'lchamini .b. ga teng desak, u holda bu masofa eng yaqin yulduz Proksima Sentavrgacha bo'lgan masofadan 700 marotiba kichik masofadir. Sayyoralarning yo'ldoshlari xuddi sayyoralarni Quyosh atrofida aylanishidek aylanadi. Ko'pchilik yo'ldoshlar to'g'ri yo'nalish bo'ylab aylanadi. Faqatgina 11 yo'ldosh teskari yo'nalish bo'yicha harakat qiladi, shulardan 5 tasi Uranniki. Demak Uran yo'ldoshlari Uran atrofida Uranning Quyosh atrofida harakatidek aylanar ekan. Kometalar Quyosh atrofida turlicha aylanadi. Ko'p kometalarni orbitasi cho'zilgan ellipsdir. Kometalar Quyoshdan 500-.b. masofada turadi, aylanish davri bir necha million yilni tashkil qiladi. Asteroidlarning orbitalarining ekssentrisiteti o'rtacha hisobda ...

Joylangan
23 Feb 2023 | 09:03:02
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.42 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Feb 2023 [ 09:03 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.42 KB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: docx