Ahmad Farg'oniy va yetti iqlim

Ahmad Farg'oniy va yetti iqlim

O'quvchilarga / Astronomiya
Ahmad Farg'oniy va yetti iqlim - rasmi

Material tavsifi

Ahmad Farg'oniy va yetti iqlim Buyuk astranom, matematik, geograf, sharqda ''Hosib'', ya'ni matematik laqabi bilan mashhur, allomaning to'liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniydir. Ahmad Farg'oniy VII asr oxirlarida o'sha davrda Farg'ona muzofotining poytaxti bo'lmish Qubbo shahrida tug'ilgan. Afsuslar bo'lsinkim, vatandoshimizning bolalik yillari, ota-onasi haqida ma'lumot yetib kelmagan. Faqat tarixiy manbalarda vatandoshimizning 15-16 yillargacha Farg'onada yashab, so'ngra o'sha vaqtda O'rta Osiyodagi ilm-fan o'chog'laridan biri bo'lmish Marv shahriga borgani haqida ma'lumot bor. Al-Mansur sulolasidan bo'lmish beshinchi halifa Horun ar-Rashid (786-809 y.) davrida halifalik rivojlanib, poytaxt Bag'dod yanada kengaydi. Biroq Abbosiy halifaligining parchalanish jarayoni boshlandi. Dastlab Andalusiya o'zini mustaqil deb e'lon qildi. So'ng Marokash, Jazoir, Tunis, va Liviya ham Bag'dodga bo'ysunmay qo'ydi. 804-805 yillarda Movarounnahrda halifalikka qarshi qo'zg'olon boshlandi. Uni arabmillatiga mansub Rafi ibn Lays boshqardi. Bundan Horun ar-Rashid tashvishga tushdi, qo'zg'olonni bostirish uchun o'g'li Abdullohni Marvga yuboradi. O'sha yili Abdulloh Rafi qo'zg'olonini bostirishga muvoffaq bo'ldi. Lekin ko'p o'tmay Movarounnahrning ichki tumanlarida xususan,Farg'onada qo'zg'olon yanada shiddatli boshlanadi. Bu gal qo'zg'olonni bostirish uchun 809-yilda ko'p ming sonli lashkar bilan halifa Horun ar-Rashidning o'zi yo'lga chiqadi. Bag'dodda esa yana bir o'g'li Muhammadni qoldiradi. Halifa yo'lda ketayotib, Tus shahrida to'satdan vafot etadi. Horun ar-Rashidning bemorlik paytida qilgan vasiyatiga ko'ra, u vafot etgandan so'ng taxtga arab xotinidan bo'lgan o'g'li Muhammad al-Amin, u ham vafot etsa, fors xotinidan bo'lgan o'g'li Abdulloh al-Ma'mun o'tirishi kerak edi. Lekin boshqa vasiyatiga ko'ra aksincha, avval Abdulloh al-Ma'mun, u vafot etsa, Muhammad al-Amin taxga o'tirishi kerak edi. Shunday qilib, ikki o'g'il o'rtasidagi munosabat buziladi. Abdulloh Bag'dodga bo'ysunmay Marvda mustaqil siyosat olib boradi. Hatto 810-yilda o'z nomi bilan pul zarb etadi. 811-yilga kelib, ikkala shahzoda o'rtasidagi ziddiyat ochiqdan-ochiq taxt uchun kurashga aylanadi. Abdulloh qo'shini al-Aminning lashkarlarini Ray va Iroqda mag'lub etadi va 813-yilda Abdulloh al-Ma'mun halifa deb e'lon qilinadi. Lekin u Bag'dodga ko'chib kelishga shoshilmaydi va 819-yilgacha Marvda turadi. Natijada 813-yildan 819-yilga qadar halifalikning vaqtinchalik poytaxti bo'lib turadi. Ahmad al-Farg'oniy o'sha davrda al-Ma'mun saroiyidagi olimlar orasida bo'ladi va o'zining bilimi, o'tkir zehni, ilmga tirishqoqligi bilan halifaning e'tiborini qozonadi. Keyinchalik, 819-yilda hali- fa al-Ma'mun Marvda butun saroy ahli bilan Bag'dodga ko'chadi va Ahmad Farg'oniyni ham birga olib ketadi. Alloma osmon jismlariga bo'lgan qiziqishini qadimgi sharq va g'arb falakshunoslarining bilimlari, tajribalari hisobiga yanada orttirgan. Ayni vaqtda Farg'onaning necha yuz yillik boy madaniy me'rosi arab tilida va aynan Ahmad Farg'oniy vositachiligida butun dunyoga ma'lum va mashhur bo'lgan. Farg'ona jahon falakashunosligiga mislsiz ulkan hissa qo'shgan. Bu joylarda yashagan xalqlarning arab istilosiga qadar yaratgan ma'naviy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.38 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.38 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga