Alovuddin Qushchi

Alovuddin Qushchi

O'quvchilarga / Astronomiya
Alovuddin Qushchi - rasmi

Material tavsifi

Alovuddin Qushchi Ulug'bekning Astronomiya maktabidagi eng qobiliyatli safdoshlaridan edi. U XV asrning boshida Samarqandda tug'ilgan. Uning otasi Muhammad Ali Ulug'bekning qushbegisi bo'lgan. Shuning uchun unga «Qushchi» taxallusi berilgan. Ali Qushchi Ulug'bekning Turkiyadagi elchisi bo'lgan, Ulug'bek vafotidan keyin Turkiyaga o'tib ketgan. U Ulug'bek tashkil qilgan madrasada oqidi. Madrasani tugatib o'sha davrda mashxur bo'lgan olimlar bilan bir qatorda ijod qildi va qisqa vaqt ichida zamonasining ko'zga ko'ringan olimlaridan biriga aylandi. Ulug'bek rasadxonasidagi hisob-kitob ishlari Ali Qushchining qo'lidan o'tardi. Uning «Astronmiya haqidagi fikrlar» asari Samarqand olimlari ichida uning obro'sini yanada orttirdi. Ulughbek Alovuddinni juda yaxshi ko'rganidan uni o'zining o'g'li qatorida ko'rardi. Ko'pchilik masalalarda u bilan maslahatlashar edi. O'zining yuqorida nomi zikr etilgan asarida mashhur astronom olimlar Qozi Zoda Rumiy, Jamshid Koshiy va boshqa olimlardan keyingi yozilgan yirik asar bo'ldi. Ulug'bekning vafotidan keyin uning tugallanmagan asari «Yangi astronomik jadvallar» - «Zi-ji Ko'ragoniy»ni oxiriga yetkazdi. Bu ishlarni yetkazish Qushchi uchun oson kechmadi. XV asrning 60-yili o'ziga qilinayotgan suyuqasddan xabardor bo'lib Stanbulga ketadi. Ali Qushchi Turkiyada ilmiy sohada samarali ishlarni amalga oshiradi, ya'ni Ulug'bekning «Yangi astronomik jadvallar» asarini qisqa davr ichida Osiyo va Ovropaga tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning rahbarligida matematika va astronomiya sohasidagi mashhur olimlardan Ruaniy, qozi Zoda Rumiyning nevarasi Maryam Chalobiy Birjanodiy yetilib chiqadi. Ali Qushchi 1474-yilda Stanbulda vafot etdi. Hozirgi kungacha olimning 21 ta qo'lyozma asarlarini topishgan. Uning yuqorida zikr etilgan asari - «Astronomiya haqidagi fikrlar» asari o'sha davrdagi osmon jismlari va ularning orasidagi masofalar haqidagi yirik asari edi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.41 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 3.41 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga