Asronomiya o'qitish uslubiyoti fanining maqsad va vazifalari

Asronomiya o'qitish uslubiyoti fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Astronomiya
Asronomiya o'qitish uslubiyoti fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Astronomiya o'qitish uslubiyoti fanining maqsad va vazifalari Reja: 1. Astronomiya o'qitish uslubiyoti fanining vazifasi 2. Astronomiyaning rivojlanish tarixi 3. Astronomiyaning taraqqiyoti, yangi ilmiy izlanishlar va kashfiyotlar. 4. Astronomiya darsliklari. 5. Quyosh sistemasi to'g'risida 6. Darsliklarda keltirilgan masalalar va uning yechimlari. 7. Jadvallar va qisqacha ma'lumotlar. 8. Fanlararo bog'lanish va uning ahamiyati. 9. Astromoniya va fizika. 10. Astronomiya va matematika. 11. Astronomiya va biologiya. «Astronomiyani o'qitish uslubiyoti» fanini o'rganishdan maqsad, kuzatuv usullarini, astronomiya kursining boshqa o'quv predmetlari bilan aloqasini, darslar bo'yicha taxminiy soatlarni, o'qitishni rejalashtirishning turli variantlarini, muammoviy o'qitishni va sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning maqsad va vazifalarini o'rganishdan iborat. Bu fanning vazifasi o'quvchilarga astronomiya asoslari bo'yicha bilimlar sistemasini berish va bu bilimlarning amaliy ahamiyatini ko'rsatish o'quvchilarga fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishda astronomiyaning ahamiyatini ko'rsatish astronomiyada yangi yirik teleskoplar avlodlarining vujudga kelishi, nurlanishlarni kayd qiluvchi asboblarining takomillashuvi hamda olingan ma'lumotlarni ishlashda elektron-hisoblash texnikasining rivojlanlanligi tug'risida tushuncha hosil qilishdan iborat. Ushbu kurs Fizika va Astronomiya mutaxassisligi bo'yicha bitiruvchi va kelgusida akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, o'rta maktablarda o'qituvchilik faoliyati bilan shug'ullanuvchi talabalarga mo'ljallanib, ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulot tarzida o'rganiladi. O'rta maktabning takomillashgan Davlat ta'lim standartlari asosida yangi dasturlarga programmalarga o'tishi pedagog va metodist o'qituvchilardan maktab ta'limini zamon talablarini to'larok kondirish uchun ancha yuqori ko'tarishni talab qiladi. Astronomiyada ilmiy axborotlar aynan hozirgi kunda gurkirab o'smokda. XX asrning boshlariga kelib, astrofizika, astronomiyaning yetakchi kismiga aylandi. Garchi yangi kashf etilgan faktlarning nazariy tahlili qarama-qarshi, bir xil manoni anglatmaydigan, xatto ayrim xollarda, tahlil qilish uchun imkonsiz bo'lsa-da, kashfiyotlarning o'zi inson tafakkurini zo'rikib ishlashga majbur etadi. Astronomiyada erishilgan yutuklar, kashfiyotlar shu darajada ko'pki, bu kashfiyotlar tabiat kanchalik murakkab va ko'p kirrali bo'lmasin, uni bilish mumkinligini isbotlaydi. Astronomiyada buyuk taraqqiyot ko'p jihatdan, yirik teleskoplar yangi avlodlarining vujudga kelishi va nurlanishlarini kayd qiluvchi asboblarining takomillashuvi hamda olingan ma'lumotlarni ishlashda elektron-hisoblash texnikasining ko'llanilishi tufayli ro'y beradi. Yerdan turib optik qurilmalar yordamida osmon jismlarini o'rganish, atmosferada infra kizil, ultrabinafsha va spektrning bulardan xam qisqa to'lqinli nurlanishlarning yutilishi tufayli cheklangan edi. Bizning davrimizda, yerdan yuqori balandlikka uchiriladigan balloidlar, raketalar yerning sun'iy yo'ldoshlari va planetalararo avtomatik stansiyalarga o'rnatilgan asboblar yordamida osmon jismlarini kuzatish imkonining tug'ilishi bunday cheklanishlarni bartaraf kildi. 60 yil ilgari bunday kuzatishlar yulduzlarning fizik tabiatiga tegishli bilimlarimizni to'ldirish imkoniga ega emas edi, chunki u davrda yulduzlar atmosferasining nazariyasi xam ishlab chikilmagan edi. Atom tuzilish nazariyasi va plazma fizikasi vujudga kelgandan keyingina Kuyosh va yulduzlar atmosferasi nazariyasini ishlab chiqish imkoni tug'ildi. Yulduzlar atmosferasi va ularning ichki tuzilishi va yulduzlararo bo'shlikning fizik sharoitlarini tasavvur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.54 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga