Astrofizik instrumentlar

Astrofizik instrumentlar

O'quvchilarga / Astronomiya
Astrofizik instrumentlar - rasmi

Material tavsifi

Astrofizik instrumentlar Reja: 1.Teleskoplar va ularning vazifalari 2. Reflektorning asosiy turlari 3. Ko'zguli-linzali teleskoplar 4. Teleskoplarning asosiy xarakteristikalari 5. Radioteleskoplar 6. Teleskoplarning o'rnatilishi (montirovkasi) 7. Astrofotografiya 8. Spektral apparatlar Teleskoplar-astrofizik tadqiqotlar qilishda astronomlarning asosiy quroli bo'lib xizmat qiladi. Birinchi teleskop 1609 yili italyan olimi Galiley tomonidan ishga tushirilib, olim o'z instrumenti yordamida birdaniga bir nechta kashfiyot qildi. Xususan u Oyning relyefi Yernikiga o'xshashligini, Yupiter atrofidagi 4 yo'ldoshini, Quyoshning dog'ini va Somon yo'lini yulduzlar tashkil qilganligini aniqladi. Bu kashfiyotlar, teleskopning osmon jismlarining tabiatini o'rganishda, juda katta imkoniyatlar yaratishi mumkinligini ma'lum qilib, astronomiyada yangi eraning ochilishidan darak berdi. Teleskopning ixtiro qilinishi, astrofizikada muhim voqea bo'lib, u Olam tuzilishi haqida ilmiy dunyoqarashning shakllanishida katta rol o'ynadi. Teleskoplarning asosiy vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin: Yoritgichdan kelayotgan nurlanishni qayd qilish (ko'z, fotografik plastinka, fotoelektrik qayd qilgich, spektrograf va hoka'zolar yordamida); obyektiivning fokal tekisligida, kuzatilayotgan yoritgichning yoki osmon qismining tasvirini yasash; qurollanmagan ko'z bilan qaralganda ajratib ko'rib bo'lmaydigan, o'zaro juda kichik yoy masofada joylashgan obyektlarni ajratib ko'rsatish. Teleskopning asosiy qismi obyektiv-qavariq linzadan yoki botiq sferik ko'zgudan yasalgan bo'lib, u o'z tekisligiga yoritgichdan tik yo'nalishda kelayotgan nurlarni yig'ib, fokal tekisligida, uning tasvirini yasaydi. Agar nurni qayd qilish ko'z yordamida bajariladigan bo'lsa, u holda obyektiv tomonidan yasalgan tasvirga qarash uchun okulyar zarur bo'ladi. Teleskoplar, obyektivining turiga ko'ra, ikkiga ( refraktor va reflektorga bo'linadi. Refraktorda obyektiv sifatida qabariq linza, reflektorda esa botiq sferik ko'zgu ishlatiladi. Oddiy refraktorda nurning yo'li tasvirlangan. Bunda teleskop obyektivi, yoritgichdan kelayotgan nurni uning fokusi F da yig'adi va shu nuqtadan bosh optik o'qqa tik o'tuvchi tekislikda (fokal tekisligida) yoritgichning tasvirini yasaydi. Yasalgan tasvirga kattalashtiruvchi linza (okulyar) yordamida qarab, quzatilayotgan osmon jismining (planeta, Oy yoki Quyosh) burchak o'lchamining kattalashganini ko'ramiz. Binobarin teleskop bizga, qaralayotgan osmon jismini ham ravshanlashtirib, ham kattalashtirib berayotganiga guvoh bo'lamiz. Yasalgan tasvirning ravshanlashishi, teleskop obyektivining diametriga va fokus masofasiga bog'liq bo'lgani holda, uning kattalashtirishi obyektiv va okulyarning fokus masofalariga bog'liq bo'ladi. Tasvir fotoplastinkada yohud fotoelektrik yo'l bilan qayd qilinadigan bo'lsa, okulyar kerak bo'lmay, fotoplastinka yoki elektrofotometrning kiritish diafragmasi bevosita teleskopning fokal tekisligida joylashadi. Birinchi refraktor rusumli teleskop italiyalik mashhur olim G.Galiley tomonidan 1610 yilda ishga tushirildi. Refraktorning obyektividan nur sinib o'tganligi tufayli, uning fokal tekisligida nuqtali obyektning tasviri nuqta o'rniga, rangli konsentrik halqalar ko'rinishida bo'ladi. Bu hodisa xromatik aberratsiya deyilib, turli to'lqin uzunlikdagi nurlar uchun, linza, turlicha nur sindirish koeffitsiyentiga ega ekanligidan sodir bo'ladi. Bunday teleskoplarda xromatik aberratsiya, turli nur sindirish ko'rsatgichiga ega bo'lgan ikki xil shishadan tayyorlangan linza-obyektiv (axromat) yordamida ma'lum darajada kamaytiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.14 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:00 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 98.14 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga