Astrofizika asoslari Reja: 1. Astrofizikaning asosiy bo'limlari va vazifalari 2. Astrofizikada o'rganiluvchi elektromagnit to'lqin nurlanishlari 3. Astrofotometriya haqida tushuncha 4. Yoritgichlarning ko'rinma yulduz kattaliklari 5. Absolyut qora jismning nurlanishi. Nurlanish qonunlari 6. Spekral analiz asoslari. Astrofizik obyektlarning spektrlari va ularda kuzatiladigan chiziqlar 7. Astrofizik jarayonlarning nuriy tezliklarini aniqlash. Dopler effekti 8. Yoritgichlarning temperaturalarini aniqlash usullari Elektromagnit nurlanishning chastotasi juda keng bo'lib, yorug'lik nurlanishi, uning kichik bir qisminigina tashkil etadi. Barcha diapozonda elektromagnit nurlanishlarning majmuasi elektromagnit nurlanishning spektrini beradi. Malumki nurlanish, malum kattalikdagi energiya bilan xarakterlanuvchi kvantlar ko'rinishida tarqaladi. Kvantlarning energiyasi nurlanishning chastotasi bilan bog'liq bo'lib, uning birligi sifatida elektron volt olinadi. Bu potentsiallar farqi 1 volt bo'lgan elektr maydonida tezlatilgan erkin elektronning olgan energiyasi bo'lib, 1,6 .10-19J ga tengdir. K¢zga ko'rinadigan yorug'lik nurlari elektromagnit spektrda 3900 Ao dan 7600 Ao gacha bo'lgan sohanigina o'z ichiga olib, kvantlari atiga 2-3 eV energiyaga ega bo'ladi. Astrofizikada qo'llaniladigan elektromagnit to'lqin uzunliklarining shkalasi esa, energiyasi 10-6 eV (metrli radioto'lqinlar) dan to bir necha Mev (megaelektron volt) gacha yani to'lqin uzunligi 0,1 Ao dan kichik nurlanishlargacha davom etadi. Ќamma chastotadagi elektromagnit to'lqinlar, vakuumda bir xil yorug'lik tezligiga teng tezlik bilan tarqaladilar. Ixtiyoriy chastotadagi kvantning energiyasi uning chastotasiga proportsional bo'lib: bu yerda, proportsionallik koeffitsiyenti Plank doimiysi deyiladi. Energiyasi 1 eV ga to'g'ri keladigan kvant, spektrning infraqizil diapozonida yotib, to'lqin uzunligi 0=12400 Ao (yoki chastotasi 0=2,42.1014 Gts) ni tashkil etadi. 3900 Ao dan 100 Ao bo'lgan oblast ultrabinafsha nurlanishga tegishli bo'lib, shundan 3900 Ao dan 3100 Ao gacha qismi shartli ravishda, yaqin ultrabinafsha soha deyiladi. 100 Ao dan 0,1 Ao gacha oralikdagi diapozon rentgen nurlarga, 0,1 Ao dan qisqa diapozon esa gamma nurlarga tegishlidir. 7600 Ao dan 1500 Ao gacha bo'lgan diapozon yaqin infraqizil, 1500Ao dan 1 mm gacha esa uzoq infraqizil diapozon oblasti deyiladi. 1mm dan ¢nlab metrgacha bo'lgan elektromagnit spektrning diapozoni radionurlarga tegishli uchastkasi hisoblanadi. Yer atmosferasi, elektromagnit spektrning barcha diapozonida astronomik kuzatishlarni olib borishga imkon bermaydi. U optik nurlanishlarni yaxshi ¢tkazgani holda, yaqin ultrabinafsha sohadan tashqari qisqa to'lqinli nurlanishlar (uzoq ultrabinafsha, rentgen va gamma nurlarni) uchun tiniq emas. Xususan infraqizil diapozon (100 Ao dan ortiq to'lqin uzunligidagi nurlanishlar), asosan suv bug'lari va is gazi molekulalari tomonidan kuchli yutiladi. Yer atmosferasi, radiodiapozonda, 1 sm dan 20 sm gacha, 1 sm dan qisqa diapozonda 1 mm, 4,5 mm va 8 mm li qismlari uchun tiniq bo'lib, bu diapozonga tegishli boshqa radionurlarni ¢tkazmaydi. Bir necha ¢n metrdan ortiq diapozondagi radionurlar esa, Yer atmosferasini tashqi qatlamlari tomonidan qaytarilishi ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.34 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:00
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
64.34 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:00 ]
Arxiv ichida: doc