MUNDARIJA Kirish…….3 I BOB Astroiqlimning asosiy parametrlari…….…6 1.1 Ochiq tunlar soni ……6 1.2 Atmosfera shaffofligi…….9 1.3 Tungi osmon foni…….14 1.4 Meteorologik parametrlar va ularning fasliy o'zgarishlari……20 II BOB Jahondagi yetakchi observatoriyalarning astroiqlimi …….22 2.1 Maydanak observatoriyasi ……27 2.2 Kanar va Gavay orollardagi observatoriyalar…… 36 2.3 Samarqand observatoriyasining astroiqlimi va meteorologik parametrlari44 2.4 Samarqand observatoriyasida qo'llaniladigan teleskop haqida…….52 Xullosa…….59 Adabiyotlar……60 Kirish Yer sirtidan olib boriluvchi astronomik kuzatuvlarning sifatiga ta'sir etuvchi atmosfera faktorlari majmuasiga astroiqlim deyiladi. Ma'lum joyga o'rnatilgan teleskopning astroiqlimi o'sha joy atmosferasi holatini aniq ifodalovchi parametrlar orqali sonli ko'rinishda berilgan bo'lishi kerak. Bu parametrlar bir xil usul va asboblar yordamida o'lchanishi kerak hamda ularni boshqa joylarda olingan natijalar bilan solishtish imkoni bo'lishi kerak. Bundan tashqari, o'lchangan parametrlar bir xil kattalikda ifodalanishi lozim. Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston Fanlar akademyasi Ulug'bek nomidagi Astranomiya instituti (O'zR FA AI) ning Qashqadaryo viloyatida joylashgan Maydanak balandtog' astronomik observatoriyasida olib borilgan tadqiqotlar asosida astroiqlimning meteorologik faktorlarga bog'liqligini o'rganishga bag'ishlangan. Maydanak tog'i astroiqlimini o'rganish XX asrning 60 - yillari oxirlaridan boshlangan. Olib borilgan ko'pyillik tadqiqotlar natijasida Maydanak tog'i astranomik obyektlarni kuzatish uchun jahondagi eng noyob punktlardan biri ekanligi aniqlandi. XX asr 90 - yillari o'rtalarida Maydanak tog'ida jahondagi ilg'or astronomik markazlar bilan hamkorlikdagi ilmiy dasturlarning boshlab yuborilishi natijasida astroiqlimning asosiy parametri - εFWHM (katta teleskop fokal tekisligidagi uzoq eskpozitsiyada olingan va to'lqin uzunligi λ = 500 nm bo'lgan yulduz tasviri profilining maksimal intensivligi satxining yarmidagi to'la kengligi) ni o'rganish masalasi yana kun tartibiga qo'yildi. Gap shundaki, Maydanak tog'ida bu parametr bir nechta tadqiqotchilar guruhlari tomonidan turli xil asboblar va usullar yordamida o'rganilgan bo'lib, tungi tasvir sifati va - εFWHM ning miqdori bir-biridan keskin farq qilgan. Shuning uchun ham Maydanakda tungi tasvir sifatini jahondagi yetakchi astranomik observatoryalardagi tasvir sifatini baholashda ishlatilgan va jahon astranomiya hamjamiyati tomonidan standart deb tan olingan uskuna yordamida o'lchash zarurati tug'ildi. Maydanak tog'ida 1996 yildan boshlab YevropaJanubiy observatoryasi mutaxasislari tomonidan yaratilgan hamda Chilidagi La Silla va Paranal observatoryasida tasvir sifatini baholash uchun qo'llangan asbob [Sarazin Roddier, 1990] - DIMM (Differential Image Motion Monitor) yordamida tungi tasvir sifati εFWHM ni o'lchash boshlab yuborildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishida DIMM-uskunasi yordamida olingan ma'lumotlar va o'lchashlar paytida olingan meteorologik kuzatish ma'lumotlari tahlil qilindi. Mavzuning dolzarbligi: Osmon foni ikki tashkil etuvchidan: osmon jismlari - Oy, sayyoralar, Galaktikamiz va zodiak yog'dusi kabi tabiiy-astronomik va kuzatuv punkti atrofidagi sun'iy yoritkichlar hosil qilgan yorug'lik yig'indisidan iborat bo'ladi. Fonning vaqt bo'yicha o'zgarishlari - tun yoki mavsum davomidagi, va osmonning turli ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: doc