Astronomiyaga kirish

Astronomiyaga kirish

O'quvchilarga / Astronomiya
Astronomiyaga kirish - rasmi

Material tavsifi

Astronomiyaga kirish Qisqacha tarixiy ocherk Astronomiya ham barcha boshqa fanlar singari jamiyatning amaliy ehtiyojlari asosida vujudga kelgan. Astronomiyaning kurtaklari Bobil, Misr, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlarda bundan bir necha ming yil avval mavjud b(lgan Masalan, Misr kohinlari miloddan 3 ming yilcha avval Nil daryosi toshqinining boshlanish kunini astronomik kuzatishlar asosida oldindan aytib berganlar. Bunda osmonning shimoliy yarim sharining eng yorug' yulduzi Siriusning sharqda ertalabki Quyosh shafaqlari bilan bir vaqtda paydo b(lishi arafasida, Nil daryosi toshqinining boshlanishi orasida bog'lanish borligi aniqlangan edi. Ko'p yillik bunday kuzatishlar, tropik yilning uzunligini aniqlashga olib keldi. Qadimda yunon astronomlari kuzatishlar bilan bir qatorda kuzatilgan astronomik hodisalarni kelib chiqish sabablarini tushuntirishga ham harakat qilganlar. Xususan Pifagor (e.o.VI-asr) Yerning sharsimon shaklda ekanligi haqida fikr berdi, Aristotel esa (e.o.IV asr) esa Olamni markazida harakatsiz Yer joylashgan degan geotsentrik sistemaga asos solgan (3-rasm). Aleksandriyalik Eratosfen e.o.II asrda birinchilardan bo'lib, Yer meridiani yoyini va, keyinchalik shu asosda, planetamizning radiusini (lchadi. Mashhur grek olimi va faylasufi Gipparx yuzlab yulduzlarning koordinatalarini o'zida aks ettirgan birinchi yulduz katalogini tuzdi va pretsessiya hodisasini kashf qildi. Eramizning II asrida, mashhur yunon astronomi Klavdiy Ptolemey Megale sintaksis (Buyuk tuzilish) nomli asarida yunon astronomiyasi yutuqlarini umumlashtirib, sayyoralarning ko'rinma sirtmoqsimon harakatlarini tushuntira oladigan, va asosida Aristotel-Gipparxlarning geotsentrik nazariyasi yotgan, Olam tuzilishi haqidagi yangi ta'limotni yaratdi Bu ta'limotga ko'ra, o'sha paytda malum bo'lgan beshta sayyora (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn) episikl deyiluvchi aylanalar bo'ylab, mazkur episikllarning markazi esa, Yer atrofida deferent deyiluvchi katta aylanalar bo'ylab aylanadi. Garchi geotsentrik nazariya Olam tuzilishining haqiqiy manzarasini aks ettirmagan bo'lsada, biroq u salkam o'n besh asr davomida tan olinib kelindi. Umuman olganda, yani II-V asrlargacha astronomlar erishgan muvaffaqiyatlari shular bo'lib, VI-XII asrlarda parchalangan feodal Yevropada feodal tuzumning yemirilishi, o'zining qoloq agrar xo'jaligini va savdo aloqalarini yo'lga qo'yishda, astronomiyadan amaliy bilimlarga katta ehtiyoj sezardi. Bu davrda mavjud barcha dinlar uchun Olam markazida Yer joylashgan degan teologik qarash hukmron edi. Shu boisdan bunday qarashga shak keltiradigan har qanday boshqa qarashlarning mualliflari, din vakillari tomonidan qattiq jazoga mustabid edilar. Ayni davrda Sharqda vujudga kelgan yirik teokratik davlat Bag'dod xalifatida fan va madaniyatning taraqqiyoti uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayniqsa IX-XV asrlarda, Yaqin va Œrta Sharq hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik astronomik rasadxonalar qurilib ishga tushirildi. Ularda Al-Battoniy, Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Abul-Vafo Buzjoniy, Abu Mahmud Ho'jandiy, Abdurahmon as-So'fiy va ibn Yunus kabi mashhur olimlar ijod qildilar (5-rasm). Xususan Al-Battoniy yunon astronomiyasi erishgan yutuqlarni umumlashtirib, Oy harakatiga doir bazi ma'lumotlarlarni aniqladi. Al-Farg'oniy yozgan Astronomiya asoslari nomli asari, o'sha ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.92 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga