Astronomiyani rivojlantirishda shark mutafakkirlarining buyuk xizmatlari

Astronomiyani rivojlantirishda shark mutafakkirlarining buyuk xizmatlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Astronomiyani rivojlantirishda shark mutafakkirlarining buyuk xizmatlari - rasmi

Material tavsifi

Astronomiyani rivojlantirishda sharq mutafakkirlarining buyuk xizmatlari Reja: 1. Bog'dod astronomiya maktabi. 2. Al-Xorazmiy va Al-Farg'oniyning ilmiy meroslari. Ummoidlar sulolasi tomonidan arab xalifligi boshqarilgan davrda (661-750 y.) uning markazi Madinadan Damashqka ko'chirildi. Abbosiylar sulolasi taxtga o'tirgach, 762 yili xalifalikning markazi mazkur sulolaning ikkinchi xalifi Al-Mansur tomonidan poytaxt Damashqdan Bog'dodga ko'chirildi. Bog'dodga poytaxt sifatida asos solingan kundan boshlab olimlar uning rivojlanishida katta xissa ko'sha boshladilar shahar hududidagi geodezik o'lchashlar va qurilishlarni rejalashtirish ishlarini Al-Mansur saroyining tanikli olimlaridan forsiy Naubaxt, yaxudiy Manassiy (keyinchalik arabcha Mashallox nomi bilan tanilgan), astronom Umar ibn al-Farruxan at-Taboriy (tabaristonlik)lar faol faoliyat ko'rsatdilar. Ayni davrda xalifalik saroyiga Hindistonlik Kanaka ismli olim tashrif buyurib, xalifaga xind astronomlari bergan risolalarni-siddxandlarni sovg'a kildi. Bu risolalar ichida eng nodiri mashxur xind astronomi Braxmaguntaning (VI asr) «Braxsmaspuxuta-siddxant» asari xam bor edi. Bu asar mashxur olimlar Ibroxim al-Fazoriy va Yokub ibn Tarik tomonidan tarjima kilinib, uning arabchalashtirishgan nusxasi «Sindxind» tayyorlandi. Shuningdek, Yokub ibn Tarik Braxmaguptaning «Kxandakxadyaka» asarini xam ishlab chikdi. Ko'p o'tmay al-Mansurning nevarasi (Maxdiy ismli o'g'lining o'g'li) Xorun ar-Rashid (786-809 yillari xalifalik kilgan) davrida uning saroyida al-Fazoriyning o'g'li Muhammad ibn Ibroxim al-Fazoriy va Naubaxtning o'g'li al-Fadl ibn Naubaxtlar ishladilar. Al-Fadl astronomik asarlarni fors tilidan arabchaga tarjima kildi. Xalifaning bosh kutubxonasiga mudirlik kildi. Xorun ar-Rashid buyrug'iga ko'ra olim al-Xajjoj ibn Yusuf al-Matar tomonidan Evklidning «Boshlanish» va Ptolemeyning «Megale sintaksis» asarlari tarjima kilindi. Xalifa saroyida ishlagan Jabir al-Xayyan (725-815y.) tabobatdan talay asarlar yozdi va Evklidning «Boshlanish» hamda Ptolemeyning «Al-Majistiy»siga sharxlar bitdi. Xorun ar-Rashid zamonida Bog'dodda tashkil topgan «Donishmandlar uyi» ning shakllanishida ar-Rashidning vaziri Yaxya ibn Xomid ibn Birman (736-805 y.) katta rol o'ynadi. Xorun ar-Rashidning o'g'li al-Mamun xalifligida (813-833 y.) Bog'dodda yanada yirik ilmiy maktab shakllandi. Xaliflik lavozimiga o'tirgunga qadar Xurosonga hokim bo'lgan va marvda yashagan Mamun o'z atrofiga tanikli olimlarni to'pladi. Uning vaziri Abul Abbos al-Fadl ibn Saxl as-Saraxsiy (818 yilda o'lgan) va keyinrok uning ukasi al-Fadl al-Xasan, as-Saraxsiy uning saroyida ishladi. Shuningdek, Saraxsiy xizmatida zorosatr astronom Feruzaning o'g'li Bizist ishlardi. As-saraxsiy vafotidan so'ng xalif Mamun Bizistni o'z saroyiga ishga olib islomga kiritdi va unga Yaxyo ibn Abu Mansur deb nom berdi. Yaxyo ibn abu Mansur Bog'doddagi Shamassiya rasadxonasida ishlay boshladi. Bu davrda astronomik rasadxonaning boshlig'i Abu Toyib Sanad ibn Ali ismli tanikli olim edi. Mazkur rasadxona Kanis (cherkov yoki exrom) deyilib, aftidan Vavilonning osmon xudolariga sig'inuvchilarning exromi bo'lgan. Ayni paytda Xurosonning Marvarrudiy shaxridan bo'lgan Xolid ar-Marvarrudiy Damashq yaqinidagi Kasiyun tog'ida xristianlarning monastiri Layr-Murronda kuzatishlarni boshladi. Yaxyo ibn Mansur, sanad ibn Ali, xolid ar-Marvarudiy hamda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.66 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.66 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga