Astronomiyaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi Reja: Astronomiya va fizika. 2. Astronomiya va matematika 3. Astronomiya va ximiya. 4. Astronomiya va biologiya. Astronomiya va fizika bu fanlarining bog'lanishi o'quvchilarga bilim berishda juda muhim hisoblanadi, chunki fizika bilan aloqada bo'lmay turib, o'quvchilarning fizika kursida olgan bilimlariga tayanmay turib, ularning o'rta maktab astronomiya kursining asosiy astrofizika bo'limi bo'yicha chuqur va mustahkam bilimga erishishlarini ta'minlab bo'lmaydi. Astronomiya darslarida o'quvchilar gravitatsion va magnit maydonlardagi harakatlarini o'rganadilar, molekulyar-kinetik nazariya asosida moddaning fizik holatini ifodalashda, nurlanish jarayonlarida va uning modda bilan ta'sirlanishida, issiqlikni uzatish usullarida, atom yadrolarining parchalanishi va sintezi masalalarida ish ko'riladigan deyarli barcha fizik tushunchalar bilan duch keladilar. Bunda o'qituvchining vazifasi-o'rganilayotgan astronomik hodisalarning fizik mohiyatlarini ochishda bu bilimlardan mumkin qadar keng foydalanishga erishishdir. Ko'p xollarda turli masshtablarda va turli osmon jismlarida ro'y beradigan hodisalar asosida yotuvchi fizik jarayonlar majmuiga murojat qilish o'quvchilar bilimlarining umumlashtirish darajasini ko'tarishga imkon beradi. Jumladan, turli planetalarning atmosferalarida kuzatiladigan bulutlarning tabiati va ularning ximiyaviy tarkibining turlichaligiga (Venerada oltingugurt kislotali, Yupiterda esa ammiakli) tegishlidir. Bu o'rinda, mazkur planetalarning «ekzotikasi»ga berilib ketmay, xar qanday bulutlarning paydo bo'lishi, bosim va temperaturaning malum qiymatlarida ro'y beradigan bir xil fizik jarayonlar fazoviy o'tishlarning oqibati ekanligini alohida kayd kilmok lozim. Osmon jismlarining fizik tabiatlari o'rganilayotganida fizikaning turli bo'limlarida karaladigan talay tushunchalar, hodisa va qonunlarga tayaniladi. Bu o'quvchilarning fizikadan olgan bilimlarini chuqurlashtirishga, umumlashtirishga va mustahkamlashga imkon beradi. yuqorida keltirilgan yorkin ifodalovchi bir necha misollarni ko'rib chiqamiz. Yulduzlarni o'rganishda gaz qonunlaridan foydalanish. Gazlarning kengayishida chegara yo'kligi IX (X) sinf fizika kursidan o'quvchilarga malum. Gaz sharlarining tabiiy holati ko'rinishidagi yulduzlar haqidagi tushunchalar, bazan gaz xossalari haqida shakllangan tushunchalarga qarama-qarshi boruvchi kutilmagan paradoks sifatida kayd kilinadi. Yulduzlar hayotida gravitatsion kuchlarning rolini anglash tabiat hodisalarini yanada chuqurrok tahlil qilishga imkon yaratadi. Elektr va magnit maydonlarining o'zaro bog'likligi haqidagi tushunchani Kuyoshdan kuzatiladigan hodisalarning o'rganilishida mustahkamlash ayniqsa kulay. Temperatura haqida tushuncha, «Kuyosh sistemasi jismlarining fizik tabiati» bo'limida Yer atmosferasi yuqori katlamlarining temperaturasidan tortib to yulduzlar karidagi va yulduzlararo bo'shlikdagi temperatura karaladigan-yakunlovchi bo'limiga qadar, kursning astrofizik kismiga tegishli ixtiyoriy materiallarida chuqurlashtiriladi va rivojlantiriladi. Temperaturaning, zarrachalarning kinetik energiyasi bilan bog'likligi astronomiyadagi kator hodisalarni tushuntirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun xam birinchi navbatda o'quvchilarga ushbu bog'lanishni eslatish zarur. Fizika va astronomiya orasidagi uzviy bog'lanish ushbu fanlarning rivojlanish tarixidan keltirilgan misollarda yanada yakkol ko'rinadi. Bu maqsadda xam Yerdagi, xam osmondagi jismlarning harakatlarini o'rganish asosida vujudga kelgan kinematika va dinamika taraqqiyoti eng barakali material hisoblanadi. Fizika va astronomiya darslarida bir xil mazmundagi sifat va miqdoriy masalarni yechish ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.31 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:01 ]
Arxiv ichida: doc