Eramizdan avvalgi asr mutafakkirlarining astronomiyani rivojlantirishga qo'shgan xissalari Reja: 1. Antik olam tuzilishi haqidagi dastlabki tasavvurlar. 2. Antik kosmologiya. 3. Aleksandriyada astronomik kuzatishlarning rivojlanishi. Astronomiyaning o'rta maktabda o'rganishda dastlabki tushunchalar, uning qisqacha bosib o'tgan yo'li, o'rta maktab kursida etarlicha o'z aksini topmaganligi sababli o'quvchilar Osiyo olimlarining salmokli ishlari to'g'risida etarli ma'lumotga ega emaslar, ana shuning uchun bu davrni to'la yoritish maqsadga muvofik. Olam tuzilishi haqidagi dastlabki tasavvurlar, juda kadim zamonda eramizdan oldin bir necha minginchi yillarda biror bir davlat shakllanmasdan burun vujudga kelgan edi. O'shanda olam, butun borliq yo'k narsadan yaratilgan degan tushuncha xukmronlik kilar edi. Kishilar tabiat hodisalari qanday kuzatilsa shundayligicha (xakikat sifatida) kabul kilardilar. Jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayok ayrim osmon jismlari (Kuyosh va Oy), yulduzlar osmoni va uning aylanishi, kishilar hayotida va olam tuzilishi, uning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etdi. dehqonchilik ishlarida osmon hodisalari va yerdagi hodisalar (tun va kunning almashinishi, yil fasllari) orasidagi bog'lanishlarni aniqlash-muhim omillardan biri bo'lib xizmat qiladi. Kuldorlik jamiyatining shakllanishi, kadim Misr, Vavilon, Xitoyda kuldorlik monarxlarining vujudga kelishi bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, osmon hodisalari bilan yaqindan tanishish orkaligina xal qilish mumkin bo'lgan talay masalalarni ko'ydi. Ko'p asrlar davomida, Misr va Vavilonda osmonni kuzatish va uning hodisalarini sharhlash huquqiga fakat ruxoniylardan chikkan vakillar-koxinlargina ega edilar. Misr va Vavilon davri yodgorliklarining guvoxlik berishicha, osmonni dastlabki sistemali kuzatishlar, ulardan amalda foydalanish exromlar hududida olib boriladi. Vavilonning kadimiy axli shumerlar olamning to'rt tomoni, Oy va Kuyoshning aylanish davrlari haqida etarlicha ma'lumotga ega edilar. Planetalarning ochilishi va ularning harakatlarini o'rganishga urinishlar aniq natijalar beravermagach, kishilarda bu «adashgan» yulduzlarning harakati, Yerdagi hodisalarga, xalqlar va alohida kishilar takdiriga ta'siri bor degan fikrlarning tug'ilishiga olib keldi. Astrologiya yolg'on fan, kadimda ana shunday dunyoga keldi. E.a. 1100 yillarda Xitoy olimi Chu Kong ekliptikaning osmon ekvatoriga og'maligini o'z davri uchun katta aniklikda topdi. E.a. VII va VII asrlarda Kuyoshni va kometani kuzatishga oid birinchi ko'lyozmalar xam Xitoydan topildi. E.a. VI asrning o'rtalarida kadim Misr va Vavilon mustaqil davlat sifatida tugatilib, o'rniga yaqin va O'rta sharqni birlashtiruvchi fors davlati vujudga keldi. Shu munosabat bilan Vavilon va Misr madaniyatlarining taqdiri turlicha kechib, birinchisiniki bir necha asrlar o'z mavkeini saklab kolgani holda, Misr kariyb ikki asrga inqirozga uchrab, so'ngra yangi asosda Yunon madaniyati ta'sirida rivojlana boshladi. Gretsiyada e.a. VII asrda kadim sharq uchun xarakterli bo'lgan markazlashgan quldorchilik monarxiyasi o'rniga yangi xil davlat shaharlar (polis) tashkil topdi. Shu davrda kichik Osiyoning g'arbiy kirg'og'ida (Ioniya) va Italiyaning janubida hamda Sitsiliyada greklarning mustamlakalari vujudga keldi. ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.12 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.12 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc