Evolyutsiya va Aqlning yuzaga kelishi Reja: Intellekt (Aql) nima? Antropogenez tarixiga doir. Antropogenezisning yakuniy fazasi. Yana bitta xotira shaklining vujudga kelishi. Olam (Yer va boshqa barcha sayyoralar)dagi moddiy jismlar ilm-fanda materiya kategoriyasi bilan ifodalanadi. Materiya modda (zarra) va maydon ko'rinishiga ega bo'lib, ular doimiy harakatdagi jaryonda bir - biriga o'tib turadi. Harakat materiyaning o'z ichidagi ziddiyatlar tufayli sodir bo'ladi. Binobarin, tirik va notirik tabiat o'rtasidagi harakatda prinsipial farq yo'q, faqat ularning namoyon bo'lishidagi farqlar bizga sirli bo'lib ko'rinadi. Evolyutsion jarayonlarda Yerda Aqlning yuzaga kelishiga ham tabiiy holat deb qarash to'g'ri bo'ladi. Tirik organizmlarning hammasiga irsiyat hos bo'lib, hayvonlarda miya bilan bog'liq psixik hodisalarda va xotirada u namoyon bo'ladi. Tirik tabiatning o'zini - o'zi tashkillashini xotira rivojida anglab olish mumkin. Yerda hayot paydo bo'lishida tashqi muhitdan olgan axborot (informatsiya)ni saqlash uslubi genetik xotira bo'lgan. Irsiy informatsiyalar 4 harfdan iborat tilda kodlashadi. Shuning uchun ham Planetamizdagi barcha tirik organizmlar bir xil shakldagi irsiy xotiraga egadirlar. Agar boshqa Planetalarda tirik tabiat mavjudligi aniqlansa, ularning DNK yozuvlari harflari boshqacha bo'lishi mumkin. Taraqqiyotning keyingi bosqichlarida xotiraning yangi shakli - o'qitish va tarbiyalash vujudga keldi. Menday qil tamoyiliga asoslangan ta'lim rivojlangan hayvonlarda kooperativ uyushmalarning shakllanishiga sabab bo'ldi, yani ayrim mavjudodlar o'z fel-atvorlarini poda (tur) umumiy fel-atvoriga muvofiq moslashtirish tufayli yashab qolish imkoniga ega bo'ldilar. Boshqacha aytganda, poda ongi va unga individual munosabatni muvofiqlashtirish zarurati yuzaga keldi. Poda ongining xotirasida yaxshi saqlay olgan hayvonlarning yashash (oziq-ovqat topish, tashqi hujumlardan saqlanish) imkoniyatlari keng, buning aksi bo'lsa, ularning yashashi qiyinlashadi, yani och qolish, boshqa hayvonlarga em bo'lish havfi real bo'lib qoladi. Materiya harakatining muayyan bosqichida ong (aql) paydo bo'ldi. Albatta Aql odamzot miyasi, ongi bilan bog'liq bo'lsa-da, ammo uning Yer yuzida tug'ilishi yaxlit olam jarayonlaridagi moddiy borliq o'zini-o'zi tashkillashining yangi bosqichi boshlanganini, materiya o'zini-o'zi anglash darajasiga ko'tarilganini anglatadi. Yani, endilikda materiya va uning harakatini prinsipial ravishda boshqarish imkoniyati vujudga keldi. Yer sharoitida odamzodning fiziologik tuzilishi takomillashib bo'ldi, uning aqliy salohiyati fan va texnika taraqqiyoti yordamida yuksalib bormoqdaki, endilikda moddiy borliq - tabiatni boshqarish imkoniyati reallikka aylanmoqda. Albatta bu imkoniyat qanday voqelik tusiga kirishi odamzod ruhiy olami va jamiyat ma'naviyatining holatiga ham bog'liq bo'lib qoladi. Yer yuzida Aqlning paydo bo'lishi va uning yordamida moddiy olam o'zini-o'zi taniy boshlashi huddi hayot paydo bo'lganidek tabiiy jarayondir. Bunda biron-bir mo'jiza, qandaydir sirli kuch borligini izlash samarasiz mashg'ulot bo'lib, odamzod bilish jarayonida ojizligi yoki yalqovligini shu bilan yashirishga, boshqacha aytganda, murakkab jarayonlarni anglab olishdan o'zini-o'zi chetlashtirib, xayolot olamiga g'arq bo'lishni afzal ko'rishdan boshqa narsa ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.41 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.41 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc