Galaktikalarning vujudga kelishi

Galaktikalarning vujudga kelishi

O'quvchilarga / Astronomiya
Galaktikalarning vujudga kelishi - rasmi

Material tavsifi

Galaktikalarning vujudga kelishi Reja: Galaktikalarning vujudga kelishi jarayoni to'g'risidagi tassavurotlar. Galaktikalarning asosiy xarakterisitikalari. Galaktikalarning sinflari va spektrlari. Radiogalaktikalar. I. Galaktikalarning vujudga kelishi jarayoni to'g'risidagi tasavvurotlar Galaktikalar Koinotning «g'ishtlari» hisoblanadi, shu sababli ularning qanday yuzaga kelgani va rivojlanish bosqichlari masalasi astrofizikaning hozirgi kundagi dolzarb muammolaridan biridir. Galaktikalarning vujudga kelish nazariyasida ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan tassavurotlar mavjud: 1) koinot evolyusiyasining boshlang'ich bosqichida avval galaktikalar protoo'tato'dalari shakllangan va ular asta-sekin yuzaga kelgan gravitasion Beqarorlik natijasida bosqichma-bosqich bo'laklarga (fragmentasiyalarga) bo'linib borib, protogalaktikalar yuzaga kelgan va ulardan oqibat natijada galaktikalar vujudga kelgan; 2) Koinotda avval yulduzlar sharsimon to'dalarining protobulutlari paydo bo'lgan va ular asta-sekin birlashib protogalaktikalarni, ular zaminida esa galaktikalar yuzaga kelgan. Uzoq yillar davomida, aniqrog'i 80-yillarga qadar elliptik galaktikalar asosan asta siqilayotgan protogalaktikaning o'z o'qi atrofida aylanish tezligi oshib borishi tufayli vujudga kelgan deb tushunilgan. Hususan, Gott-II elektron hisoblash mashinasida qator sonli tajribalar o'tkazilinib, yuqoridagi siqilish jarayoni natijasida elliptik galaktikalar vujudga kelishi mumkinligini nazariy tasdiqlangan. Bu usul bilan u E1 - E5 elliptik galaktikalarning vujudga kelishini ko'rsatib bergan. Biroq 80 - yillariga kelib elliptik galaktikalarning o'z o'qlari atrofida aylanish tezligi qiymatlari kuzatuvlarga ko'ra xaddan tashqari kichik ekani aniqlandi. Bu qiymatlar nazariyadagi natijalardan ancha katta ekani ma'lum bo'lib chikdi. Keyinchalik kuzatuvchi-astrofiziklar elliptik galaktikalarning yanada murakkab modellarini tuzish maqsadida ularning aylanish chizig'i, zichlik va ravshanlik taqsimotlari kabi funksiyalarni kuzatuvlardan topa boshlab, modellashtirish muammolarini ancha chuqur hal qilishdi. Bu davrda parallel ravishda qator nazariy ishlar ham bajarildi. Hususan, D.Linden-Bell elliptik galaktikalarning regulyar yorqinligini ular evolyusiyasining boshlang'ich davridagi nostasionar va o'ta aktiv kollektiv relaksasiya jarayoni bilan tushuntirib berdi. Galaktikamizda yulduzlararo muhit va yulduzlar moddasining umumiy miqdorlari nisbati vaqt o'tishi bilan o'zgarib turadi, chunki yulduzlararo diffuz muhitdan yulduzlar paydo bo'ladi va ular o'zlarining evolyusiyalari oxirida oq karliklar hamda Neytron yulduzlarga aylanishlari natijasida muhitini ma'lum bir qismlarini yana yulduzlararo muhitga chiqazib yuboradilar. Shu yo'sinda Galaktikamizdagi yulduzlararo muhit miqdori vaqt o'tishi bilan kamayib borishi kerak. Xuddi shunday hol boshqa galaktikalarda ham kuzatiladi. Yulduzlar qarida modda qayta ishlanishi natijasida Galaktikamiz geliy va og'ir elementlar bilan boyib borgan, buning oqibatida uning kimyoviy tarkibi vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi. Galaktika asosan vodorod gazidan iborat bulutdan yuzaga kelgan deb taxmin qilinadi. Hattoki, bu bulutda vodorodan tashqari boshqa element bo'lmagan deb ham fikr yuritiladi. Shunday qilib, geliy va og'ir elementlar yulduzlar markazidagi termoyadro reaksiyasi natijasida yuzaga keladi. Og'ir elementlar yuzaga kelishi uchlangan geliy reaksiyasidan boshlanadi: Keyinchalik proton, Neytron va -zarrachalari bilan birlashishi natijasida yanada murakkab yadrolar yuzaga kela boshlagan. Biroq bunday uzluksiz ortib borish nazariyasi orqali ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.96 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.96 KB
Ko'rishlar soni 67 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga