Galaktikamizning tuzilishi. Galaktika obyektlari. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi. Yulduz to'dalari va tumanliklar REJA: 1. Galaktikamizning tuzilishi va o'lchamlari. 2. Galaktikamiz obyektlari ( tashkil etuvchilari). 3. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi. 4. Yulduz to'dalari ( sharsimon va sochma). 5. Gaz- chang tumanliklar. Endi Koinot tuzilishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar bilan tanishamiz. Bu bizga Quyosh sistemamiz, jumladan Yerning Koinotdagi o'rni haqida tushuncha beradi. BIZNING GALAKTIKAMIZ. Tunda qorong'u osmonga qarab butun osmon bo'ylab cho'zilgan yorug' kamarga ko'zimiz tushadi. Bu ( Somon yo'lidir. Somon yo'li bo'ylab kuzatilsa, uning hamma qismining kengligi bir xil emasligiga ko'zimiz tushadi. Oddiy dala durbin yoxud kichiqroq teleskopdan Somon yo'ligi karalgandayok u g'ij-g'ij yulduzlardan tashkil topgani ko'rinadi. Uning ayrim qismlarida yulduzlar aslo ko'rinmaydi. Buning sababi, Somon yo'lining shu qismida joylashgan gaz-chang bulutlar bo'lib, ularda yulduzlarning nurlanishlari yutilib bizga ko'rinmaydi. Osmonda ko'rinadigan barcha yulduzlar, Galaktikamizning tarkibini tashkil qiladi. Bizni Quyosh ham (bir oddiy yulduz sifatida), shu ulkan yulduzlarning to'dasining a'zosi bo'lgani uchun biz uni Bizning Galaktikamiz deb nomlaymiz. Galaktikamizga kiruvchi yulduzlarning asosiy qismi fazoda egallagan formasi qavariq linza ko'rinishiga uxshaydi. Linza ko'rinishidagi Galaktikamizning diametri salkam 100 ming yorug'lik yiliga teng, qalinligi esa 7 ming yorug'lik yiliga tengdir. Quyosh sistemasi, Galaktikamizning markazidan uning radiusining 2G'3 qismiga teng masofada (33 ming yorug'lik yili) joylashadi. Agar Galaktikamiz diskiga (ya'ni Somon yo'li tekisligiga) tepadan turib, boshqacha aytganda, uning tekisligiga tik yo'nalish tomonda turib qaralsa, Galaktikamiz - markazdan spiral ko'rinishda tarqaluvchi, soat mayatnigi prujinasini eslatuvchi yenglar ko'rinishini oladi. Quyosh sistemasi tomondan qaralganda, Galaktikamizning markaziy yadrosi Qavs yulduz turkumiga proyeksiyalanadi. Hisob-kitoblar, Galaktikamizda, 150 mlrd ga yaqin yulduz borligini ma'lum qiladi. Maxsus kuzatishlar esa, yulduzlarning ulkan bu to'dasi uning markazi atrofida aylanishini ma'lum qiladi. Barcha yulduzlar, jumladan Quyosh (o'z oila a'zolari- planetalarni ergashtirib), Galaktikamiz yadrosi atrofida Somon yo'li tekisligiga (Galaktikamizning ekvator tekisligi ham deyiladi) parallel ravishda aylanadi. Bunda yulduzlarning tezliklari, ularning Galaktikamiz yadrosiga yaqin yoki uzoq joylashganiga ko'ra har xil bo'ladi. Quyosh va uning yaqinida joylashgan yulduzlarning aylanish tezliklari sekundiga 250 km ni tashkil qilib, davri taxminan 200 mln yilga teng. Yulduzlar Galaktikamizning asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bu degan so'z, u faqat yulduzlardan tuzilgan degani emas, unda yulduzlardan tashqari yulduzlarning turli sistemalari (qo'shaloq yulduzlar, karrali yulduzlar, yulduz to'dalari va gujlari), yulduzlararo gaz va chang muhit (bulutlar va tumanliklar), kosmik nurlar (vodorod va geliy atomlari va boshqalar) uchraydi. Galaktikada materiya: har ikkala ko'rinishda modda va maydon (elektromagnit va gravitatsion maydon ko'rinishida) ham uchraydi. Asrimizning 20-yillarida Galaktikamizdan tashqarida, millionlab yorug'lik yili masofasida, bizning Galaktikamizga o'xshash va milliardlab yulduzlardan tashkil topgan ko'plab Galaktikalar mavjudligi ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.92 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.92 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc