Gigant sayyoralarning fizik tabiatlari. Ularning halqalari va yo'ldoshlari

Gigant sayyoralarning fizik tabiatlari. Ularning halqalari va yo'ldoshlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Gigant sayyoralarning fizik tabiatlari. Ularning halqalari va yo'ldoshlari - rasmi

Material tavsifi

Gigant sayyoralarning fizik tabiatlari. Ularning halqalari va yo'ldoshlari Yupiter (Mushtariy) Quyosh sistemasining planetalari ichida eng yirik hisoblangan Yupiter, tabiati va tuzilishiga ko'ra, jumboqlarga boyligi bilan astronomlar diqqatini o'ziga jalb etadi. Yupiterning o'rtacha radiusi, yer radiusidan qariyb 11 marta katta bo'lib, 69 ming 150 kilometrni tashkil qiladi. Bu gigant planeta 778 million kilometr masofada Quyosh atrofida aylanadi. Planetaning Quyosh atrofida aylanish tezligi sekundiga 13 kilometr bo'lib, 12 yilda bir marta to'la aylanib chiqadi. Boshqacha aytganda, erdagi 60 yoshli odam Yupiter yili bilan endi 5 yoshga to'lgan bo'lur edi. Qizig'i shundaki, Yupiterning o'z o'qi atrofida aylanishi, yer tipidagi planeta aylanishlaridan farq qilib, ekvator qismi tezroq-9 soatu 50,5 minutli, o'rta kenglamalari esa sekinroq-9 soatu 56 minutli davr bilan aylanadi. Planetaning turli kenglamalari turlicha burchak tezlik bilan aylanishlariga sabab, u tuzilishiga ko'ra qattiq bo'lmay, gaz-suyuq holatidagi osmon jismi ekanligidadir. Buning ustiga, uning ko'ringan sirti atmosferasida suzib yuruvchi bulutlardan tashkil topgan. Planetaning tez aylanishi tufayli vujudga kelgan markazdan qochma kuch ta'sirida, Yupiterning qutblari bo'ylab sezilarli siqilish ko'zatiladi. Natijada uning ekvatoril diametri, qutbiy diametridan 9 ming 300 kilometrga katta bo'lib qolgan. Yupiterning hajmi yernikidan 1314 marta ortiq. Garchi bu sayyoraning zichligi yernikidan 3,5 marta kam (1,3 gsm3) bo'lsa-da, kattaligi tufayli uning massasi er massasidan 318 marta ortiqdir. Shuning uchun ham Yupiterning tortish kuchi, erdagidan ikki yarim marta ko'p, ya'ni 60 kilogrammli odamning og'irligi Yupiterda 150 kilogrammdan ortadi. Gigant planetaga teleskop orqali qaralganda, uning sirtida turli xil ob'ektlar kuzatiladi. Bu ob'ektlar ichida tabiati haligacha jumboqligicha saqlanayotgan, ekvatorga parallel qora-qizg'ish tasmalar kishi diqqatini o'ziga jalb etadi Bu tasmalar, oxirgi yillar materiallari asosida, planeta atmosferasining qalin bulutlari deb tushuntiriladi. Ular planetaning parallellari bo'ylab yo'nalgan bo'lib, ekvatorga nisbatan simmetrik ko'rinish hosil qiladi. Sayyora bulutlarining bunday zanjirli strukturasi ±40 gradusli kenglikkacha borib, ayrim hollarda, diametri 1 ming kilometrgacha boradigan qo'ng'ir yoki ko'kish dog'larni hosil qiladi. Mushtariyning qadimiy tilsimlaridan boshqa biri - 1878 yili topilgan uzunligi 30 ming, eni 13 ming kilometrga cho'zilgan katta Qizil dog'dir. Qizig'i shundaki, bu dog' planetaning sirt detallari qatori uning sutkalik aylanishida ishtirok qilishi bilan birga goh u yoniga, goh bu yoniga bir necha gradusgacha siljiydi. Bunday hol, katta Qizil dog' planeta sirti bilan bog'lanmagan degan xulosaga olib keldi. G.Goltsin taklif etgan јoyaga ko'ra, katta Qizil dog' planeta atmosferasining uzoq davom etadigan gigant uyurmasidir. O'xshashlik printsipi asosida ishlab chiqqan uning bu nazariyasi, keyingi yillarda bir necha faktorlar bilan tasdiqlanishi bilan e'tiborga sazovor gipoteza hisoblanadi. AQShning Pioner X va Pioner XI kosmik apparatlari yordamida katta Qizil dog'ning olingan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:02 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga