Koinot hosil bo'lishiga oid nazaryalar Yer va boshqa sayyoralar Quyosh sistemasiga kirgani kabi, Quyosh sistemasi ham Galaktika deb ataluvchi yulduzlar to'dasiga kiradi. Biz osmonda ko'z bilan ko'radigan barcha obyektlar Galaktikaga kiradi. Galaktika tarkibida tahminan 250 milliard yulduz bor. Osmondagi «Somon yo'li» deb ataluvchi katta-kichik yulduzlar to'dasi Galaktikamiz asosini tashkil etadi. Galaktikamiz o'lchamlari, tarkibi va tuzilishi haqidagi ma'lumotlar keyingi o'n yillar davomida katta teleskoplar yordamida kuchsiz yorug'lik sochuvchi yulduzlar va uzoq obyektlarni o'rganish natijasida olindi. Galaktikamiz yadrodan va uni o'rab turuvchi ikki sistemadagi yulduzlardan iborat. Yulduzlar disksimon va galaktik toj shaklida joylashgan. Yadro bizdan tahminan 300 yorug'lik yili masofada (1 yor.y. - yorug'likning bir yilda bosib o'tgan yo'li). Yadrodan yulduzlar zich joylashgan. Disk qatlamiga Galaktikaning 5% yulduzlari to'g'ri keladi. Galaktika tojini sharsimon ko'rinishdagi yulduz to'dalari va noma'lum tabiatli moddalar tashkil etadi. Galaktikamizning diametri 100 yorug'lik yilini tashkil etadi. Tashqi tomondan Galaktikamizga qaralsa u spiralsimon ko'rinishga ega bo'lar edi. Quyosh va uning sistemasi Galaktika yadrosi atrofida 250 kms tezlik bilan aylanadi. Yer hisob bilan olganda, Quyosh galaktika yadrosi atrofida 230 million yil davomida bir marta aylanib chiqildi. Quyosh sistemasi paydo bo'lganiga 4,7 milliard yil bo'lganligi hisobga olsak, Galaktika yadrosi atrofida hozirgi qadar 20 marta aylangandigini bilish mumkin. Bizning Galaktikamizdan tashqari Koinotda ko'pgina unga o'hshash yulduz sistemalari mavjud. ularning mavjudligini 1920 yilda AQSH astronomi Edvin Xabbl isbotlab bYergan edi. Hozirgi zamon kuchli teleskoplarda bizdan million va milliard yorug'lik yilida joylashgan turli shakldagi galaktikalarni ko'rish mumkinTeleskopsiz faqat Shimoliy yarim sharda yagona Androme'da galaktikasini ko'rish mumkin. E.Xabbl galaktikalar spektrini o'rganib, ularda chiziqlar qizil nur tomonga siljiganligini e'tibor bYerdi. Bunday nur siljish hodisasi galaktikalar bizdan juda katta tezlik bilan uzoqlashayotganligini ko'rsatadi. 1929 yilda Xabbl ularning uzoqlashish tezligi galaktikalargacha bo'lgan masofaga proportsional ekanligini aniqladi: v - galaktika tezligi, N - Xabbl doimiysi bo'lib, 60-80 atrofida. Bundan galaktika bizdan qancha ko'p uzoqda bo'lsa, shuncha tezligi katta bo'lishi kelib chiqadi. 1988-yilda bizdan v=274851 ks tezlik bilan uzoqlashayotgan galaktika topildi. Galaktikalarning bunday uzoqlashuvi bir vaqtlar ular bir joyda to'plangan degan hulosaga keltiradi. Xabbl qonunidan fodalanib, ularning tarqalish vaqtini topish mumkin. Hisob kitoblarga ko'ra bu 13-15 milliard yil oldin boshlangan. Koinot tuzilishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlariga ko'ra 13-15 milliard yil avval butun matYeriya, enYergiya, fazo va vaqt Katta portlash tufayli sekundning qandaydir bir ulushlarida paydo bo'lgan. Portlash sababi noma'lum bo'lsada, jarayon quyidagicha borgan degan tasavvurlar bor. Portlashdan so'ng sekundning ma'lum ulushlarida tempYeratura pasayib protonlar va neytronlar hosil bo'gan. Uch minutdan so'ng proton va neytronlar birlashib vodorod va geliy yadrolarini ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
198.49 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
198.49 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:02 ]
Arxiv ichida: doc