Koinot nurlari fizikasining asosiy tushunchalari Reja: 1. Zarrachaning magnit qattiqligi. 2. Yerning magnit maydoni. 3. Shtyermer nazariyasi. 4. Kenglik va azimutal effektlar. 5. Shtermer. 6. Yerning geomagnit ekvatori. Koinot nurlarininig korpuskulyar tabiati birinchi marotaba magnit maydoniga joylashtirilgan Vilson kamerasida kuzatilgan. magnit maydonidagi Ze zaryadli zarracha harakat tenglamasi kabi ifodalanadi. Bu biz bilgan Lorens kuchi ifodasidir. Bu yerda, -zarracha massasi, - tezligi s - yorug'lik tezligi. Zarrachaga ta'sir qiluvchi kuch uning tezli yo'nalishiga perpendikulyar, shu sababli uning tezligi, massasi o'zgarmaydi, faqat tezlik yo'nalishi o'zgaradi. Ya'nu Tezlikni va tashkil etuvchilarga ajratamiz. Parallel tashkil etuvchi bo'lganligi uchun zarracha hisobiga R radiusli spiral bo'ylab harakatlanadi. Lorens kuchi va markazdan qochma kuchlar tengligi shartidan, ya'ni bu yerda , dan bo'ladi. Bu yerda vektorga perpendikulyar tyekislikdagi impuls proyeksiyasi. Shunday qilib, zarracha magnit maydonida shu maydon yo'nalishida spiral shaklida harakat qiladi. kattalik zarracha birlik zaryadiga to'gri keluvchi energiya bo'lib, zarrachaning magnit qattiqligi deyiladi. va u voltlarda o'lchanadi. Bir xil magnit qattiqlikka ega zarralar magnit maydonida bir xil trayektoriya bo'ylab harakatlanadi. Lekin hisoblarda formuladan foydalanish qulay, bu holda Rs -elektronvoltda, - gaussda, R -santimetrda, Z - elektron zaryadlarida ifodalanadi. Shu usul bilan zarrachalar impulslari magnit maydonidagi Vilson kamerasi yoki magnit spektrometrlarida o'lchanadi. Endi Yerning magnit maydonini qaraymiz. Barcha planetalar, Quyosh va Galaktika magnit maydonlariga ega. Bu magnit maydonlari zarralar harakatiga ta'sir qilib, koinotdagi jarayonlarga katta ta'sir qiladi. Yerning magnit maydoni 40 Gev energiyagacha bo'lgan birlamchi zaryadlangan zarrachalar analizatori bo'lib xizmat qiladi. Yerning magnit maydoni doimiy bo'lmay o'zgarib turadi va har 5 yilda magnit kartasi qaytadan tuziladi. Birinchi yaqinlashishda Yer magnit maydonini momentli magnit dipoli deb hisoblash mumkin va uning markazi Yerning markazidan 340 km masofada joylashgan. Dipol o'qi Yer sirtini kesib o'tgan nuqta Yerning geomagnit qutbi deyiladi. 1965 yili Yer magnit qutblarining koordinatalari quyidagicha bo'lgan: shimoliy kenglik, 101° g'arbiy uzoqlik, ya'ni Kanada shimolida, hamda 66018' janubiy kenglik, 141° sharqiy uzoqlik, ya'ni Antarktidada. Demak, geomagnit qutblar geografik qutblar bilan mos tushmaydi. Sharqiy yarim sharda geomagnit ekvator geografik ekvatordan shimolroqda joylashgan. Dipolning magnit maydoni B=MR3 kabi ifodalanadi. Bu yerda M- dipol magnit momenti, R-masofa. Kuch chiziqlari magnit meridian tyekisligida joylashgan bo'lib, kabi ifodalanadi. Bunda RЭ ekvatordagi kuch chiziqlarigacha bo'lgan masofa, -magnit kenglik. Kuch chiziqlari bo'ylab, magnit maydon kuchlanganligi kabi o'zgaradi. Shu sababli qutbga yaqinlashgan sayin magnit maydon kuchlanganligi oshib boradi. Zaryadlangan zarralarning Yer magnit maydonidagi harakati Shtyermer nazariyasi orqali aniqlanadi. Cheksizlikdan kelayotgan har qanday zarra ham Yerga yetib kelmaydi. Agar zarra impulsi kichik bo'lsa, u Yer magnit maydoni tasirida og'ib ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
172.36 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
172.36 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: doc