Koinot - rasmi

Material tavsifi

Koinot REJA : Quyosh sistemasi Oy Yulduzlar Koinot Astronomiya-yunoncha ikki so'z: astron - yoritgich va nomos qonun so'zlaridan olingan bo'lib, kosmik jismlar va sistemalarning paydo bo'lishi, taraqqiyoti, tuzilishi, ko'rinma hamda haqiqiy harakatlari, kimyoviy tarkibi, fizik tabiati, koinotni kuzatish mumkin bo'lgan qismining tuzilishi haqidagi fan. Yer - Quyosh sistemasi sayyoralaridan biri. Astronomiya yulduzlarni, sayyoralar va ularning yo'ldoshlarini, chang va gaz tumanliklarini, sayyoralararo va yulduzlararo muhitni, sun'iy koinot jismlarini o'rganadi. Astronomiya eng qadimgi fanlardan biri bo'lib, u insonning amaliy ehtiyojlari asosida yuzaga keladi va shu ehtiyojlar bilan birga rivojlanadi. Boshlang'ich astronomik ma'lumotlar bundan 4 ming yillar avval Vavilon, Misr va Xitoyda ma'lum bo'lib, ulardan shu mamlakat halqlari vaqtni o'lchash va ufq tomonlarini aniqlashda foydalanganlar. Hozirgi vaqtda ham astronomiyadan aniq vaqtni va geografik koordinatalarni aniqlashda (dengizda suzishda, sayyorashunoslikda, koinotshunoslikda, geodeziyada, xaritashunoslikda) foydalaniladi. Astrobiologiya Astrobiologiya (astro va biologiya) - koinotda hayotning barcha ko'rinishdagi (mikroorganizmlar darajasidan yuqori sivilizatsiyagacha) turlarini o'rganadigan fan. Astrobiologiya astronomiya, biologiya va biokimyoning yutuqlariga tayanadi va ayrim masalalarni yechishda kosmik biologiya, kosmik tibbiyot bilan bog'lanib ketadi. Kosmik jism sifatida Yerda, uning dastlabki atmosferasi sharoitida hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishi masalasi Astrobiologiyaning asosiy muammosi hisoblanadi. Kosmos - nima bu? Kosmos so'zi grekchadan olingan bo'lib, tartib, mos va go'zallik ma'nolarini anglatadi. Grek filasofiyasida kosmosni tartibsizlikka qarshi qo'llaganlar. Hozirgi kunda esa, koinot deb atalib kelinmoqda. Koinot deganda, esa butun dunyo va atrofimizni o'rab turgan narsalar tushuniladi. Insonlar uchun Koinotni o'rganishga bo'lgan qiziqish borgan sari ortib bormoqda. Jumladan, bu bilan bir qancha olimlar - astronomlar, kosmologlar va astro fiziklar asosiy o'rinni egallaydi. Koinot deganda, biz cheksiz dunyoni, uning juda ko'p turli-tuman jismlari va maydonlarini tushunamiz. Koinot tuzilishini o'rganuvchi fan kosmologiya bo'lsa, koinotda osmon jismlari va jismlar tuzululishining hosil bo'lishi va rivojlanishi o'rganadigan fanga kosmonologiya deyiladi. Koinot fazo va vaqtda cheksiz. Kuzatish va o'rganish qulay bo'lgan koinotning qismi metagallaktika deyiladi. Metagallaktika tarkibiga gallaktika deb ataladigan juda ko'p yulduzlar, yulduzlar tizimi va boshqa yulduzlar tizimi va boshqa xil osmon jismlari kiradi. Gallaktikalar va yulduzlar orasida masofalar juda katta bo'lganidan asronomiyada o'lchov birligi qilib yorug'lik yili qabul qilingan. Bir yorug'lik yili yorug'lik nuri bir yida bosib o'tadigan masofani ko'rsatadi. Bundan kichik birlik astronomik birlik bo'lib, u Yerdan Quyoshgacha bo'lgan 150 mln km masofaga teng. Bu masofani esa yorug'lik 8 minutda bosib o'tadi. Koinot to'g'risida 10 ta qiziqarli ma'lumot Oy Yerdan uzoqlashadi. Har yili Oy Yerdan 4 smga uzoqlashadi. Bunga ko'p hodisalar sabab bo'ladi. Ulardan biri - Yerning aylanish davri kuniga 2 millisekundga sekinlashadi. Olimlar Oy qanday shakllanganligini bilmaydilar, ba'zilar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 825.89 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 825.89 KB
Ko'rishlar soni 64 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga