Kometalarni o'rganish

Kometalarni o'rganish

O'quvchilarga / Astronomiya
Kometalarni o'rganish - rasmi

Material tavsifi

«Кометаларни ўрганиш» Мундарижа Kirish Ma'lumki katta sayyoralar va ularning yo'ldoshlari, asteroidlar, kometalar hamda meteorlar Quyosh sistemasining a'zolari hisoblanadi. Shulardan ayniqsa kometalar ya'ni dumli yulduzlar alohida ajralib turadi. Bunday dumli yulduzlarni kishilar qadim zamonlardan kuzatib kelganlar. Chunki bu yulduzlar kishilar diqqatini o'ziga beixtiyor jalb qilganlar. Shunday sochli yulduzlar paydo bo'lganidan boshlab kishilar ularni bir necha marta oddiy ko'z bilan, astronomlar esa teleskoplar yordamida kuzatganlar va undan kerakli ilmiy natijalarni olganlar. Ayniqsa, kometalarni dunyo miqyosida o'rganish astronomiya fani uchun muhim ahamiyatga ega. Qadimda osmonda dumli yulduzlar paydo bo'lishi katta qiziqishga sabab bo'lgan va bu nom'alumlik ko'plab noaniq talqin va dahshatga sabab bo'lgan. Nima uchundir kometalar paydo bo'lishi urush, ocharchilik kabi yomonlik alomati deb qabul qilingan. Kometa - bu quyosh tizimi shakllanishidan qolgan qoldiqdir. U Quyosh tizimining oils chetlarida quyoshga tomon harakatlanib kelib-ketuvchi jismdir. Quyoshga yaqin kelganda kometa yadrosi erib bulut bilan qoplanadi. Quyosh shamoli ta'sirida esa kometa yadrosidan ajralib chiqqan gaz Quyoshdan teskari tomonga itariladi va dumni hosil qiladi. Shu yerda eslatib o'tish joizki aynan kometalar geosentrik nazariyani inqiroziga, gilyosentrik nazariyaning yaratilishiga muhim turtki bo'lgan. Shu bilan birga kometalar sayyoralarga havf tug'dirishi ham mumkin. Shu jumladan ona zaminimiz uchun ham xavf solishi mumkin. Misol uchun 1908-yil tushgan Tungus meteoriti kometa bo'lgan bo'lishi. Ushbu savol olimlar o'rtasida munozarali bo'lib turganini eslatib o'tishimiz joiz. Mavzuning dolzarbligi: Quyosh va Quyoh tizimining paydo bo'lishi va shakllanishi astronomlar yechishi mumkin bo'lgan dolzarb masalalardan biridir. Yechimga olib boradigan usullardan biri - bu Quyosh tizimidagi kichik jismlarni tadqiq qilishdir. Chunki bu jismlar Quyosh tizimi shakllanishidan ortib qolgan qoldiq hisoblanadi va ular o'z holida o'zgarmasdan saqlanib qolgan. Quyosh va sayyoralardagi moddalar esa har-xil termik jarayonlar (qizish va muzlash kabi) ni o'z boshidan o'tkazgan. Kichik sayyoralar bunday jarayonlardan chetda bo'lganligi tufayli Quyosh tizimining o'tmishini qayta tiklashga imkon beradi. Hammamizga yaxshi ma'lum o'tgan 2010-yilda Yaponiyalik astronom olimlar tomonidan juda ulkan loyiha amalgam oshirildi - ular kichik sayyora tashkil etuvchi moddalardan namuna olishga muvaffaq bo'ldilar. Ushbu namunalarni o'rganish orqali Quyosh sistemasi o'tmishiga tegishli ko'plab savollarga qisman bo'lsada javob olishimiz mumkin bo'ladi. Ushbu loyihaning nomi Xayabusadir. Demak BMI ning dolzarbligi birgina mana shu misol asosida ko'rsatilishi mumkin. Maqsad va vazifalari: Kometalarning ochilishiga oid tarixiy ma'lumotlar bilan tanishish; Ularning harakat trayektoriyasiga oid materiallarni topish va o'rganish; kometalarning orbitalari va chiqish-chiqmasligini aniqlashga oid materiallarni o'rganish; kometalarni tadqiq qilish bo'yicha tuzilgan halqaro dasturlar bilan tanishish; Grubb Parsons teleskopida kuzatish usullari bilan tanishish va uning ishlash prinspini o'rganish; Mavzuning ilmiyligi va amaliy ahamiyati: Mavzu doirasida bajarilgan kuzatuvlar va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 287.58 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:03 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 287.58 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga