BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN MAYDANAK OBSERVATORIYASIDA METEOROLOGIK PARAMETRLARINING TASVIR SIFATIGA TA'SIRINI O'RGANISH mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI T A Q D I M O T I MUNDARIJA Kirish I-BOB. MAYDANAK TOG'INING UMUMIY XARAKTERISTIKASI 1.1. Havo ochiq tunlar soni 1.2. Meteorologik parametrlar va ularning mavsumiy o'zgarishlari 1.3. Maydanak observatoriyasida tungi tasvir sifatini o'lchash bo'yicha olib borilgan ilk tadqiqotlar II-BOB. MAYDANAK OBSERVATORIYASIDA METEOROLOGIK PARAMETRLARINING TASVIR SIFATINIGA TA'SIRI 2.1. Maydanak tog'ida yer sirti shamoli tezligining tasvir sifatia ta'siri 2.2. Maydanak shamol yo'nalishining tasvir sifatiga ta'siri 2.3. Maydanak tog'i yuqori qatlami shamoli tezligini o'rganish XULOSA FOYDALANGAN ADABIYOTLAR Kirish O'tgan asrning 60-yillarida yirik amerikalik astronom Shtok zamonaviy yirik teleskoplar dengiz sathidan 200 m dan ortiq balandlikda joylashgan himoyalangan tog' cho'qqilari yoki orollarga o'rnatilishi kerak degan g'oyani asoslab berdi [1]. Ana shu aytdan boshlab dunyo bo'ylab yirik teleskoplar o'rnatiladigan joylarda astronomik tasvir sifatini aniqlovchi atmosfera parametrlari (tungi ochiq vaqt miqdori va uning takrorlanishi, yutilish koeffitsiyenti, osmon jismlari tasvirlarining buzilish darajasi hamda ularning mavsumiy o'zgarishlari), ya'ni astroiqlimni o'rganish jadal ravishda boshlab yuborildi. Xuddi shu paytda O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti (O'zR FA AI) xodimlari tomonidan astronomik observatoriya qurish maqsadida Markaziy Osiyoning balandtog' hududlariga ekspeditsiyalar uyushtirildi. O'n yillik tadqiqotlar natijasida Maydanak tog'i topildi va keyinchalik u yerda O'zR FA AI ning Maydanak balandtog' observatoriyasi qad rosladi [1]. BITIRUV MALAKAVIY ISHINING DOLZARBLIGI XXI asr boshlarida Maydanak tog'ida adaptiv optik tizimlar bilan jihozlangan yirik teleskoplarni o'rnatish imkoniyati tug'ilishi atmosferaning turli xil qatlamlirining integral tasvir sifatiga qo'shgan hissasini baholash bu astropunktdagi astroiqlim tadqiqotlarining eng muhim vazifalaridan bo'lib qoldi. Bundan tashqari, Maydanak observatoriyasi yuqori qatlamlaridagi shamolning tezliga va uning mavsumiy o'zgarishlarini baholash hamda ularni jahonning yetakchi observatoriyalari bilan solishtirish bugungi kun astronomiyasining dolzarb masalalaridan biri bo'lib qoldi TADQIQOT PREDMETI VA obyektI Ushbu ilmiy tadqiqot ishida tadqiqot predmeti sifatida Maydanak observatoriyasi tungi atmosferasining asosiy astroiqlim parametrlari va ularning mavsumiy o'zgarishlari, obyekti sifatida observatoriyaning tropopauza qamlamidagi yuqori shamol tezligi olindi BITIRUV MALAKAVIY ISHINING MAQSAD VA VAZIFALARI Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi etib Maydanak balandtog' observatoriyasi meteoparametrlari va ularning mavsumiy o'zgarishlarini o'zgarishini o'rganish beligilandi. Maydanak tog'ida astroiqlimning yordamchi parametrlari - turbulentlik tashqi masshtabi, izoplanatizm burchchagi va kogerentlik vaqtining shakllanishiga ta'sir etuvchi yuqori qatlam shamolining tezligini o'rganish ham bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi deb olingan. Ishning maqsadini ro'yobga chiqarish uchun bitiruvchi oldiga Maydanakda olingan meteoparametrlar va yuqori qatlam shamoli bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilish hamda ularni jahonning yetakchi observatoriyalari sharoitlari bilan solishtirish vazifalari qo'yiladi. Ishning ilmiy ahamiyati shundaki, Maydanak observatoriyasida olingan meteoparametrlar va yuqori qatlam shamoli ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
534.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
534.76 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:03 ]
Arxiv ichida: pptx