Oq karliklar, neytron yulduzlar va qora tuynuklar Reja: Oq karlik yulduzlar va ularning xarakteristikalari Neytron yulduzlar va ularning xarakteristikalari Qora tuynuklar va ularning xarakteritikalari. Oq karlik yulduzlar, neytron yulduzlar (pulsarlar), qora o'ralar va ularning xarakteristikalari Nazariy hisob kitoblarni ko'rsatishicha yulduzlarning massasi 1,5mΘ (mΘ - quyosh massasi) massadan kichik bo'lganda, ularning evolyutsiyasi jarayonida gravitatsion siqilish Oq-karlik deb ataluvchi yulduzlargacha davom etadi. bunda yulduzlarning muhitini zichligi 107 gsm3 , temperaturasi ~104K-ga tengdir. Bunday 71 yuqori temperaturada muhit atomlari to'la ionlashgan holatga o'tib, shuning uchun yulduz ichida muhit atomi yadrolari elektronlar gazi ichida joylashgan bo'ladi. Bunday gazga aynigan elektronlar gazi deyiladi. Bunday gazni bosimi yulduzni keyingi gravitatsion siqilishi jarayoniga qarshilik qilib uni to'xtatadi. Aynigan gazning bosimini mavjudligi Pauli prinsipidan kelib chiqadi. Pauli pirinsipi, har bir elektronning fazoda egallaydigan hajmini minimal qiymatini belgilaydi. Oq karliklarda tashqi bosim elektronlar bu minimal hajmini kamaytirishga qodir bo'lmaydi, chunki barcha elektronlar minimal hajmini egallangan bo'ladi. Oq karlik yuylduzlarda aynigan elektronlar gazi ichki bosimi, gravitatsion qisilish bosimini muvozanatlangan bo'ladi. Bunday yulduzlarning yorqinligi Quyosh yorqinligini 10-2 ÷10-4 qismiga teng bo'lib, nurlanishi unda oldingi siqilish jarayonida to'plangan issiqlik energiyasi hisobida vujudga keladi. Yulduzlar tarkibida Si, S va Ar atom yadrolarini nisbattan ko'pligi bunday yulduzlar Oq karlik yulduzlar ekanligidan darak beradi, bunday yulduzlar evolyutsiya jarayonini oxirgi to'rtinchi etapini o'tkazmaganligi sababli ularda og'ir elementlar yadrolari deyarli bo'lmaydi. Oq karlik yulduzlarning markaziy qismi asosan O, Ne va Mg elementlaridan tashkil topgan bo'ladi. Neytron yulduzlar va ularning xarakteristikalari Hisob kitoblarning ko'rsatichicha massasi M~25MΘ bo'lgan yulduzning o'ta yangi portlashida undan massasi ~1,6MΘ bo'lgan neytronli yadro (yulduz) qoladi. Massasi M1,4MΘ bo'lgan va o'ta yangi portlash stadiyasiga yetmagan yulduzlarda ham aynigan elektronli gazning bosimi gravitatsion kuchlarni muvozanatlay olmaydi, shuning uchun yulduz yadro zichligi holatigacha siqiladi. Bunday gravitatsion kollaps mexanizmi o'ta yangi portlashda qolgan yadroyulduzni siqilishi kabi bo'ladi. Yulduz ichida bosim va temperatura shu darajada katta bo'ladiki natijada elektronlar va protonlar bir-birini ichiga kirib ketadi va quyidagi p e e reaksiyasi natijasida neytrinolar tashlab yuborilgandan keyin, neytronlar qoladi. Bunday neytronlar elektronlarga ko'ra yana kichik fazoviy hajmini egallagan bo'ladi. Natijada neytronli yulduz hosil bo'ladi. Bunday neytronli yulduzning xarakterli radiusi 10-18 km-ga teng bo'ladi. Qandaydir ma'noda neytronli yulduz gigant atom yadrosidan iborat bo'ladi. Neytronli yulduzlarda yadro materiyasining bosimi gravitatsion kuchlarning keyingi bosimini muvozanatlaydi. Bu holatdagi bosim ham aynigan gaz bosimi bo'lib, oq karlik holatidagi gaz bosimidan, yuqoriroq zichlikli gaz bosimidir. Bunday bosim 3,2MΘ massasigacha siqilish kuchini ushlash imkoniyatiga egadir. Kollaps momentida hosil bo'lgan neytrinolar tezda yulduzni tashlab chiqib ketib uni tezlik ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.98 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.98 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc