Osmon jismlarining massalarini hisoblash Reja: 1. Keplerning uchinchi qonuni. 2. Kosmonavtika elementlari. 3. Yer sun'iy yo'ldoshlarining orbitalari. 4.Antik olam tuzilishi haqidagi dastlabki tasavvurlar. 5 Antik kosmologiya. 6. Aleksandriyada astronomik kuzatishlarning rivojlanishi. Keplerning aniklashtirilgan uchinchi qonuni osmon jismlari yo'ldoshlarining harakatini o'rganish asosida bu massalarning aniqlash imkonini beradi. Aylanma harakat uchun Keplerning aniklashtirilgan uchinchi qonunini kuyidagicha keltirib chikaramiz. Ikkita o'zaro tortishuvchi va umumiy markaz atrofida aylanuvchi sistemani tashkil etgan ikki m1 va m2 massali jismlarning markazlari orasidagi masofa R jismlardan massa markazigacha bo'lgan masofalar mos ravishda r1 va r2 bo'lsa, u holda butun olam tortishish qonuniga ko'ra bu jismlarning xar birining tezlanishi kuyidagicha topiladi: Ular massalar markazi atrofida aylanishlarning burchak tezligi ga teng, bunda T-aylanish davri. U holda markazga intilma tezlanish kuyidagicha ifodalanadi: Tezlanishlar uchun olingan ifodalarni tenglashtirib, ifodalarga ega bo'lamiz. hosil qilingan tenglamalarni xadma-xad ko'shib, kuyidagini hosil kilamiz; Bu yerdan ni keltirib chikaramiz. Oldingi ifodaning o'ng tomonida fakat o'zgarmas kattaliklar ishtirok etadi, shu tufayli butun olam tortishish qonuni bo'yicha o'zaro ta'sirlanayotgan ixtiyoriy ikki jism sistemasi uchun bu ifodani ikkita sistema uchun yozib, uchinchi qonunning darslikda keltirilgan ko'rinishdagi ifodasini olamiz: Bu yerda o'qituvchining vazifasi shundan iboratki, u xar biri markaziy jism va yo'ldoshdan iborat, bir-biriga bog'lik bo'lmagan ikki ixtiyoriy sistemani bog'lovchi ushbu qonundan to'g'ri foydalanishni o'quvchilarga tushuntirib, uning mohiyatini ochib berishi zarur. Keltirilgan formulada bir sistema markaziy jismning massasi M1 uning yo'ldoshining massasi m1 yo'ldosh katta yarim o'ki a1 aylanish davri esa T1 bilan belgilangan; boshqa sistemaning mazkur kattaliklari xam xuddi shunday xarflar bilan belgilanadi, birok ularga «2» indeksi yozib ko'yilgan. Bir markaziy jismning massasini bilgan holda sistemaning kinetik xarakteristikalari bo'yicha boshqa sistema markaziy jismning massasini hisoblash mumkin. Planetalarning massalari, ularni yo'ldoshlarining harakati bo'yicha xuddi shunday yo'l bilan aniklanadi. Oy massasi esa, uning yo'ldoshlari harakatini Yer yo'ldoshlari harakatiga solishtirish yo'li bilan topiladi, bir necha yo'ldoshlarning fakat bitta massasi yo'ldoshlarning umumiy massasidan ancha katta bo'lgan markaziy jism atrofida harakati o'rganilayotganida (masalan, Kuyosh massasi planetalarning umumiy massalariga nisbatan yoki Yerning massasi, uning sun'iy yo'ldoshlarining umumiy massalariga nisbatan), yo'ldoshlarning massalarini hisobga olmasa xam bo'lishini (m1=m2=0) tushuntirish foydali, bunda M1=M2 bo'lganidan: yani bitta markaziy jism atrofida aylanayotgan yo'ldoshlarga nisbatan ko'llash mumkin bo'lgan Keplerning emperik uchinchi qonuni kelib chikadi. Kosmonavtika elementlari. Bu yerda o'quvchilarga malum bo'lgan tarkok ma'lumotlarni sistemaga solish kerak. Agar kosmonavtika elementlarni o'rganishga alohida dars ajratish rejalashtirilgan bo'lsa, unda quyidagi masalalarni ko'rib chiqish maqsadga muvofikdir: - Yer sun'iy yo'ldoshlarning orbitalari va tezliklari; - Kosmik apparatlarning (KA) Oyga uchirilishi eng sodda traektoriyalari. Yer sun'iy yo'ldoshlarning orbitalari ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.81 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.81 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:04 ]
Arxiv ichida: doc