Oy - yerning tabiiy yo'ldoshi

Oy - yerning tabiiy yo'ldoshi

O'quvchilarga / Astronomiya
Oy - yerning tabiiy yo'ldoshi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Oy-yerning tabiiy yo'ldoshi Reja: 1. Oy yerning yagona tabiiy yo'ldoshi. 2. Oyning paydo bo'lishi. 3. Oyni tadqiq qilish bosqichlari. 4. Xulosa. 5. Foydalanilgan adabiyotlar. Oy - Yerning yagona tabiiy yo'ldoshi hisoblanadi. Oy Yerdan o'rtacha 384 400 km uzoqlikda joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8' 43 ni tashkil etadi. Massasi 7,35×1022 kg (181,3 Yer massasi). O'rtacha radiusi 1738km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 ms2. Astronomik belgisi ☾. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga o'rtacha 5°8'43 burchak ostida yotib, 4°58' dan 5°20' gacha o'zgarib turadi. Oy Yer atrofida g'arbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan to'la aylanish davri uning siderik (yoki yulduz) davri deb ataladi. Bu davr 27,32 o'rtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. Oy tugunlari ekliptika bo'ylab Oyning harakatiga qarama-qarshi yo'nalishda (ya'ni g'arbga tomon) siljib boradi va 18 yil-u 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani to'la bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida o'tgan vaqt ajdar oyi deyilib, u o'rtacha 27,2122 sutkaga tengdir. Quyosh va Oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bog'liq. Garchi, Oy Yerga eng yaqin joylashgan kosmik obyekt bo'lsa-da, olimlar uning qay tariqa yaralgani xususida bir qarorga kela olishmayapti. 1972-yilgi Apollon dasturi doirasida astronavtlar Oyning yuzasidagi tuproqdan namuna olishdi va uning qay tariqa paydo bo'lganini aniqlashga kirishdilar. Aniqlanishicha, Oy yirik kosmik jism (aniqrog'i, Yer) bilan to'qnashish natijasida paydo bo'lgan. Biroq Osaka Universiteti olimlari Kaguya yo'ldoshi ma'lumotlarini o'rganib, bu nazariyani yo'qqa chiqaradigan faktlarni qo'lga kiritishdi. Aftidan Yer bilan hech qanday to'qnashuv sodir bo'lmagan. Unda Oy qanday paydo bo'lgan? 70-yillarda Apollon dasturi orqali qo'lga kiritilgan tuproq o'rganilganda, olimlar Oyda uglerod va boshqa gazsimon moddalar tanqisligiga e'tibor qaratishdi. Shu tariqa Oy ikki yirik obyekt - Teyya va Yerning to'qnashuvidan hosil bo'lgan, degan xulosaga kelingan. Oyning hozirgi kattaligi, aylanishi, tezligi va Yerdan uzilib keta olish qobiliyatini hisoblab chiqsak, eng so'nggi kompyuter modellari xulosasiga ko'ra, Yer taxminan Mars kattaligidagi obyektga urilgan bo'lishi kerak. Undan katta tizim esa Yer orbitasi va Oyning yuziga juda ko'p miqdorda temir moddasi qoldirgan bo'lardi. Oy Yerning bir bo'lagimi? Boshqa bir farazni esa Isroilning Wyeizmann tadqiqot instituti mutaxassisi Raluka Rufu ilgari surdi. Uning fikricha, Oy qadimda Yerning tarkibida bo'lgan va asteroidlar kelib urilishi natijasida hosil bo'lgan. Asteroidlar zarbidan snaryadlar turli burchaklarga uchib ketdi. Oy yuzidagi dog'lar shu tariqa hosil bo'lgan. Aslida, ushbu taxmin mantiqiy, chunki xuddi shu ulkan to'qnashuv gipotezasi dalillarga mos keladi. Agar Teyya Yerga urilib, keyin Oyni shakllantirgan bo'lsa, Oy uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.32 MB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.32 MB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga