Oy holatini kuzatish REJA: 1.Oyning tuzilishi haqida ma'lumot. 2. Oyning fazodagi holati va joylashuvi. 3.Oyning tarkibi. Oy - Yerning yagona tabiiy yo'ldoshi. Yerdan o'rtacha 384 400 km masofada joylashgan. Orbitasining ekliptika tekisligiga qiyaligi burchagi 5° 8' 43 ni tashkil etadi. Massasi 7,35×1022 kg (181,3 Yer massasi). O'rtacha radiusi 1738 km, sirtidagi erkin tushish tezlanishi 1,62 ms2. Astronomik belgisi ☾. Oy orbitasi ekliptika tekisligiga o'rtacha 5°8'43 burchak ostida yotib, 4°58' dan 5°20' gacha o'zgarib turadi. Oy Yer atrofida g'arbdan sharqqa harakatlanib, biror yulduzga nisbatan to'la aylanish davri uning yulduz davri deb ataladi. Bu davr 27,32 o'rtacha Quyosh sutkasiga teng. Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari uning chiqish va tushish tugunlari deyiladi. https:t.mebiologiyadanslaydlar Oy tugunlari ekliptika bo'ylab Oyning hara-katiga qarama-qarshi yo'nalishda (ya'ni g'arbga tomon) siljib boradi va 18 yilu 7 oy (6793 sutka)da ekliptikani to'la bir marta aylanib chiqadi. Oyning biror tugundan chiqib, yana shu tugunga qaytib kelishi orasida o'tgan vaqt ajdar oyi deyilib, u o'rtacha 27,2122 sut-kaga tengdir. Quyosh va Oy tutilishlarining davriyligi shu oy bilan bog'liq. Oy dumaloq shaklda emas Oy aslida dumaloq shar ko'rinishida emas. U Yerning tortishish kuchi sababli tuxumsimondir. Undan tashqari uning og'irlik markazi koinot obyektining o'rtasida emas, undan taxminan 2 km chetroqda joylashgan. Oyning aslidagi ko'rinishi. https:t.mebiologiyadanslaydlar Oy o'z orbitasi bilan o'rtacha 83°20' burchak tashkil etuvchi o'q atrofida aylanadi. Uning o'z o'qi atrofida aylanish davri (27,32 sutka) siderik oy (davr)ga teng, shu sababli Oy hamma vaqt Yerga bir tomoni bilan qarab turadi. Bu davrlarning bir xil bo'lib qol-ganligi tasodifiy emas. Yerning tortish kuchi Oyning o'z o'qi atrofida aylanishiga ta'sir ko'rsatib (sekinlatib), million yillar davomida uni Yer atrofida aylanish davriga tenglashtirilgan. Oyning o'z o'qi atrofida aylanishi. https:t.mebiologiyadanslaydlar Oy o'z o'qi atrofida tekis aylangani holda Yer atrofida aylanish orbitasining turli nuqtalarida uning tezligi turlicha bo'ladi, natijada Yerdan Karaganda Oy bir oz tebranib harakatlanganday ko'rinadi. Tebranish uzunlama bo'yicha 7°54', kenglama bo'yicha 6°50' ni tashkil etadiOy shar shaklida bo'lib, radiusi 1737 km, ya'ni 0,2724 Yerning ekvatorial radiusiga teng. Oy sirti maydoni 3,8-107 km²ni, hajmi - 0,0743 = '49 Yer hajmini tashkil etadi. Oy sirtidagi nuqtalarning radiusini o'lchash uchun libratsiyaga asoslangan kuchsiz stereoskopik effektdan foydalaniladi. Libratsiyani o'rganish Oy ellipsoidining bosh yarim o'klari farqini aniqlashga imkon berdi. Oyning qutbiy o'qi Yerga yo'nalgan ekvatorial o'qdan 700 m, Yerga tomon yo'nalishga perpendikulyar yo'nalishdagi ekvatorial o'qdan esa 400 m kichik. Ha, oyda suv bor. Yer yo'ldoshida atmosfera qobig'i yo'q, biroq kraterlar hamda Oy tuprog'ining ostida muzga aylangan suv bor. Faktlar: https:t.mebiologiyadanslaydlar Oy geografiyasini selenografiya ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.15 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: pptx