Oy orbitasi va uning g'alayonlari, uning fazalari va aylanish davrlari Reja: Oy Yerning yo'ldoshidir. Oyning ko'rinma harakati va oy fazalari. Oyning aylanish davrlari. Oyning aylanishlari va librasiyalar. Quyosh va Oy tutilishlari. 1. Oy Yerning yo'ldoshidir Oy Yerning yo'ldoshi bo'lib, uning yer atrofida aylanish orbitasi ellips shakl bo'lib, ekssentrisiteti 0,055 - ga, katta yarim o'qi 384400 km - ga tengdir. Oy o'zining orbitasini perigeliy nuqtasidan o'tayotganda yerga 2100 km masofaga yaqin kelsa afeliy nuqtadan o'tayotganda yerdan 2100 km uzoqroq masofadan o'tadi. Oyning g'alayonli harakatini o'rganish u yerga yaqin turganligi uchun juda murakkab masala hisoblanadi. G'alayon tufayli oyning orbita elementlarini barchasi o'zgarib turadi. Orbita elementlarini barchasi davriy g'alayonlarga uchraydi. Masalan, oy orbitasini og'ishi o'rtacha hisobda 509 ga teng bo'lib, 458 dan 520 gacha o'zgarib turadi. Oyning orbitasini har bir elementi bir emas balki yuzlab turli davrli va amplitudali g'alayonlarga uchraydi. Oyning chiqish tuguni uzunlamasi va perigeliy nuqtasining uzunlamasi asriy g'alayonga uchraydi. Oy orbitasining tugunlari unga qarama-qarshi ekliptika bo'ylab ko'chib turadi. Perigeliy nuqtasi esa hamma vaqt sharq tomonga ko'chib 9 yilda bir marotiba to'la aylanib chiqadi. Oyning yer atrofidagi har bir aylanishida tugunlar 1,5 ko'chadi, ya'ni oyning yer atrofidagi aylanishi har safar yangi yo'l bilan amalga oshadi va 18 yilu 7 oydan keyin oy yana avvalgi yo'li bo'ylab harakat qiladi. Oy tugunlarini doimiy ravishda ko'chib turishi uni ko'rish sharoitiga katta ta'sir ko'rsatadi. Agar oy orbitasining chiqish tuguni bahorgi tengkunlik nuqtada joylashsa u holda uning orbitasi olam ekvatori tekisligi va ekliptika tekisligi orasidagi burchakdan tashqarida bo'ladi. Bu holda olam ekvatori va oy orbitasi tekisligi orasidagi burchak 2326+509=2835 ga teng bo'ladi. Agar oy orbitasining botish tuguni bahorgi tengkunlik nuqtada joylashsa, oy orbita tekisligi osmon ekvatori tekisligi va ekliptika tekisligi orasida bo'ladi va ekliptika va oy orbitasi orasidagi burchak 2326 - 509=1817 - ga teng bo'ladi. 2. Oyning ko'rinma harakati va oy fazalari Oyning yulduzlar orasidagi ko'rinma harakati, uning yer atrofidagi harakatini aksidir. Oy bir oy davomida yulduzlar osmonida g'arbdan sharqga tomon ko'chadi. Uning trayektoriyasi yopiq emas. Oyning ko'rinma harakati davomida shakli yerdan o'zgarib turadi, bunga oy fazalari deyiladi. Oyning fazalari to'rtta yangi oy, birinchi chorak, to'lin oy va oxirgi chorak. Bu fazalar birin ketin ketma-ketligida vujudga keladi. Oy yer atrofida va yer bilan birgalikda quyosh atrofida aylanganligi tufayli yerdagi kuzatuvchi va quyosh nurlariga nisbatan turlicha vaziyatlarda bo'ladi. Shuning uchun turli ko'rinishda bo'lib ko'rinadi. Oy Quyoshdan ancha katta masofada joylashganligi tufayli unga paralel nurlar tushadi deb olish mumkin. Oy yerga hamma vaqt bir tomoni bilan qaraganligi ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
1.87 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:05 ]
Arxiv ichida: doc