Oy va quyosh to'g'risida umumiy ma'lumot

Oy va quyosh to'g'risida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Astronomiya
Oy va quyosh to'g'risida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Kirish I.Bob. Oy va Quyosh to'g'risida umumiy ma'lumot. Quyosh haqida umumiy ma'lumot. Oy to'g'risida umumiy ma'lumot. Oyning ko'rinma harakati va fazalari II.Bob. Quyosh va oy tutilishlari. 2.1 Quyosh tutilish shartlari va turlari. 2.2 Oy tutilish shartlari va turlari 2.3Quyosh va oy tutilish paytida sodir bo'ladigan hodisalar. Hulosa Adabiyotlar. Qadim zamonlarda quyosh tutilishi faloqat alomati sanalgan. Sharq mamlakatlarida xususan Xitoyda odamlar quyoshni yovuz ajdaho yuta boshlaydi va shu sababdan tutilish sodir bo'ladi, deb ishonganlar. Kohinlar ajdarni qo'rqitib, undan quyoshni qutqarish uchun turli xil duolar o'qiganlar, odamlar esa maydonlarga yig'ilib turli xil temir idishlarni taqillatib, do'mbira va nog'oralar chalib shovqin suron ko'targanlar bir necha daqiqadan keyin to'la tutilish tugagandan so'ng esa, ular ajdahoning taslim bo'lgani ga ishonib, hursandchilik qilganlar [7] Insoniyat tarixida quyosh to'la tutilishini birinchi bor o'zida aks ettirgan manba qadimgi Xitoy Shu Ching salnomasidir. Xitoy xalqining buyuk ma'daniyati tufayli qadimda bo'lgan va boshqa xalqlarda biron bir iz qolmagan ko'pgina tutilishlari haqidagi ma'lumotlar bizgacha yetib kelgan. Ulardan eng qadimgisi eramizdan avvalgi 2137-yilning 22-oktyabrida bo'lib o'tgan quyosh tutilishidir. Bu tutilish qayd etilganlaridan eng qadimgisi bo'libgina qolmay o'zining qayg'uli tarixi bilan ham mashhurdir. Imperator astronomlaridan Xi va Xo ushbu tutilishni oldindan aytib bera olmaganlar. (O'sha vaqtlarda bu xaqiqatdan ham mumkin emas edi) va oqibatda ajdarhoni qo'rqitish uchun qilinadigan chora-tadbirlar o'tkazilmay qoldi. Imperator Chun Konga farmoniga binoan boshqalarga ibrat uchun bu ikki astronomning boshlari tanalaridan judo qilindi. Farmonda aytishlaricha bu munajjimlar ichkilikka mukkasidan ketganlar va hisob kitobdan adashganlar. Qadim zamonlardan yashagan halqlar ham quyosh yoki oy tutilishlarini oldindan bilganlar. Ularga tutilish takrorlanib turadigan davr ham ma'lum edi. Bu Saros deb atalib, u 18 yilu 11 kun 8 soatga teng. Takidlab o'tganimizdek tutilishlar oy orbitasining chiqish va botish tugunlari yaqinida ro'y beradi. Bu tugunlar har yili taxminan 20º ga buriladi va oy orbitasining 18 yilu 11 kun 8 soat ichida bir marta to'liq aylanib chiqadi [8]. Oy o'z orbitasi bo'ylab sekundiga bir kilometr tezlik bilan harakatlangani uchun oy soyasi ham taxminan ana shunday tezlik bilan harakatlanadi. Lekin, shuni takidlash lozimki, soya o'z o'qi atrofida aylanib turgan yerga tushadi. Yer aylanishining yo'nalishi ham oy soyasining harakat yo'nalishi bilan bir xil bo'ladi. Yerning sirti go'yo orqasidan quvlab klayotgan oy soyasidan qochishga intiladi. Lekin, yer yuzasidagi ma'lum nuqtaning tezligi oy soyasi tezligidan kamroqdir. Bu tezlik ekvatorda eng katta miqdorda sekundiga 465 metrga yetadi. Oy soyasi o'zidan shu sababdan oldinda ketayotgan yer nuqtalarini quvib yetib, katta tezlik bilan undan o'zib ketadi. Shuning uchun ham quyosh tutilishi g'arbdan boshlanib Sharqqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.15 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.15 KB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga