Quyosh - eng yaqin yulduz

Quyosh - eng yaqin yulduz

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyosh - eng yaqin yulduz - rasmi

Material tavsifi

Quyosh - eng yaqin yulduz Reja: 1. Quyosh fotosferasi: donadorlik va mashallar 2. Quyosh dog'lari - magnit orollari 3. Protuberaneo'lar - alanga «til»lari 4. Quyosh chaqnashlari Quyoshning kundalik ko'rinma harakatiga biz shu qadar ko'nikib qolganmizki, go'yo u abadiydek tuyuladi. Haqiqatan shundaymi, Quyosh so'nmaydigan osmon jismimi? Quyosh qisqa vaqtda g'oyib bo'lsa planetamizda qanday o'zgarishlar ro'y bergan bo'lar edi? Bunda zum o'tmay yerni qorong'ulik qolardi, chunki Quyoshning yorug'ligini qaytarish hisobiga ko'rinadigan Oy va planetalar ham osmonda ko'rinmay qolib, faqat yulduzlargina xira shulalari bilan Yerni yoritardi, xolos. Shuningdek, butun Yer yuzini izg'irin sovuq iskanjasiga olardi. Bir haftaga qolmay tropiklar qor bilan qoplanar daryolar oqishdan to'xtab, dengiz va okeanlar sekin-asta tubigacha muzlar, shamol ham uvullashini bas qilardi. Hullas, hammayoqni vahimali qorong'ulik va qahraton sovuq egallardi. Bunday sharoitda odamzod zapas yoqilg'ilar hisobiga umrini bir oz cho'zsa-da, biroq u haloqatdan qochib qutula olmas edi. Shuning uchun ham hayotimizning manbay bo'lmish Quyosh har jihatdan diqqatga sazovor osmon jismi hisoblanadi. Qadimda atrof-muhitni ilmiy tushuntirishga ojiz bo'lgan odamlar tabiat kuchlari oldida tiz cho'qishgan, unda sig'inishga. Bundan Quyosh istisno emas edi. Misrliklar Quyoshga, issiqlik va hayot inom qiluvchi Ra xudosi nomini berib sig'inishganda, grek va rimliklar Quyoshni nur, muzika va poeziya xudolari-Feba, Gelios va Apollon sifatida sig'inishdi. Keyingi yillarda Quyoshning massasi, harorati va fizik tabiatini o'rganish borasida yig'ilgan ma'lumotlar, Quyosh to'g'risida etarli darajada aniq tasavvur hosil qilish imkonini berdi. Yerdagi ko'pgina fizik va biologik hodisalpr Quyosh ta'siri tufayli sodir bo'lar ekan. Garchi oddiy ko'z bilan qaraganda, Quyosh sokin osmon jismidek ko'rinsa-da, aslida u yirik va quvvatli fizik jarayonlarni boshidan kechirayotgan yulduzlardan biri hisoblanadi. Shu tufayli Quyoshni o'rganish, har jihatdan barcha tabiiyot fanlari uchun, ayniqsa fizika fani juda katta ahamiyat kasb etadi. Quyosh milliardlab yulduzlarning bir vakili, kattaligi va haroratiga ko'ra o'rtacha yulduzdir. Biroq planetamiz-Yer boshqa yulduzlarga nisbatan Quyoshga millionlab marta yaqin bo'lganidan, yulduzlardan farq qilib, u kattagina burchakk (32) ostida ko'rinadi. Yer ham bashqa sayyoralar (Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturnlar) qatorda Quyosh atrofida aylanma harakat qiladi. Astronomiyada Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofa ((149,5 million kilometr) uzunlik o'lchovi birligi sifatida qabul qilingan va bir astronomik birlik (1a.b.) deb yuritiladi. Nur bu masofani salkam 8,5 minutda bosib o'tadi. Quyoshning diametri million 400 ming kilometr bo'lib, Yer diametridan taxminan 110 marta katta. Boshqacha aytganda, Quyosh hajmiga 1 million 300 mingdan ortiq hajmidagi jism sig'adi. Quyosh sirtidagi harorat 5800 atrofida bo'lib bu harorat markazga tomon ortib boradi va u yerda taxminan 16 million gradusga etadi. Quyosh chiqarayotgan nurlanish energiyasi miqdorining qanchalik kattaligini quyidagi misoldan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.39 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.39 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga