Quyosh haqida umumiy ma'lumotlar Reja: Quyoshning tuzilishi Quyosh atmosferasi Quyoshning harorati Quyosh yadro energiyasining manbalari Quyoshning elektromagnit tabiati. Quyosh nurining fizik xususiyatlari Quyosh doimiysi. Atmosfera massasi. Yer sirti albedosi. Vaqt tenglamasi grafigi Kosmosda va Yerda (φ0, ѱ0) nuqtada ixtiyoriy orientatsiyalangan qabul qilgich maydonchaga tushayotgan QN asosiy va qo'shimcha omillari va uning ta'siri Quyosh nurlanishining manbasi - Quyosh hisoblanib (1-rasm) bir yil davomida Quyosh kosmik fazoga kaloriya energiyani nurlantiradi. Yerdan Quyoshgacha bo'lgan masofa 147 dan 152 mln.km (o'rtacha - 149,6 mln.km) gacha o'zgaradi. Bu masofa bir astronomik birlik (1 a.b.=1,496108 m, taqriban 150 mln.km) ham deb nomlanadi. Bunda qachon ellips sohasida quyoshga nisbatan yaqin joylashgan bo'lsa, unda u juda tez (30,3 kms atrofida), qarama-qarshi holatda sekinroq (29,3 kms atrofida) tezlik bilan harakatlanadi. Shu tufayli xaqiqiy quyoshli sutkalarning davomiyligi Yerda doimo o'zgarib turadi. Quyoshning kattaligi (diametri) uning ko'rinma diametri va ungacha bo'lgan masofa orqali aniqlanadi. Osmon jismlarining ko'rinma diametri esa, qaralayotgan osmon jismining (jumladan Quyoshning) Yerdan uzoqligiga bog'liq bo'ladi. Quyosh atrofida aylanayotgan sayyoramiz xam undan turlicha masofada bo'ladi. Yer Quyoshdan eng uzoq masofada (perigeliyda) bo'lganida Quyoshning ko'rinma diametri 3235, eng yaqin masofada (afeliyda) bo'lganda esa, uning ko'rinma diametri 3131 ga teng bo'ladi. Yer Quyoshdan o'rtacha uzoqlikda (149600 km) bo'lganda Quyoshning ko'rinma radiusi 1602 ni, bu ma'lumotlar asosida aniqlangan uning chiziqli radiusi: Ro=69600 km ni, hajmi esa Vo=1,411027 m3 ni tashkil qiladi. 1-rasm. Quyoshning umumiy ko'rinishi Bunday katta xajmdagi shar ichiga Yer kattaligidagi sharchalardan qariyib 1 million 304 mingtasi joy bo'lib ketadi. Quyoshning massasi: M=21033 kg bu kattaliklar orqali aniqlangan o'rtacha zichligi: = 1,41 gsm3; Quyosh sirtida erkin tushish tezlanishi: g= 247 ms2 ni tashkil qiladi. Quyoshda eng ko'p tarqalgan elementlar vodorod va geliy hisoblanadi. Vodorod va geliyning ulushlari mos ravishda taxminan 92,1% va 7,8% ni tashkil etadi. shuningdek Quyosh tarkibida 0,1% atrofida boshqa elementlarning mikroskopik konsentratsiyasi mavjud bo'lib ular temir, nikel, kislorod, azot, kremniy, oltingugurt, magniy, uglerod, neon, kalsiy va xromdan iborat. O'rtacha quyosh nurlanishi oqim zichligi 200-250 Vtm2 yoki 1752-2190 tushganda Yer sathining butun yuzasiga taxminan (0,85-1,2) kVt yoki (7,5-10)kVtsoatyil to'g'ri keladi. Quyoshning tuzilishi Quyoshning harorati 600C dan (sirtida) 1500C gacha (markaziy qismida) bo'lgan plazma shardan iborat bo'lib, uning ichki va tashqi qismlari fizik tabiatiga ko'ra bir-biridan farqlanuvchi turli qatlamlarga bo'linadi. U qatlamlar quyidagicha nomlanadi: 1. Quyoshning yadro reaksiyalari ro'y beradigan markaziy qismi yadroviy reaksiya zonasi deb yuritiladi va Quyosh markazidan 0,3 Ro gacha o'z ichiga oladi. 2. Nurlanish energiyasini tashuvchi zona. Bu zonada nurlanish muvozanati kuzatilib, energiyani tashish protsessi, nurlanishni ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
967.26 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
967.26 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: docx