Quyosh shamoli va uning xarakteristikalari Quyoshdagi aktiv hodisalar bu nurlar intensivligining ortishida asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Quyosh chaqnashlari tufayli bu nurlar oqimiga katta energiyali elementar zarrachalar oqimi ham qo'shiladi. Quyosh tojining kengayishi tufayli hosil bo'lgan zarrachalar oqimi - quyosh shamoli deyiladi. Quyosh shamolidagi oqimning intensivligi Quyosh aktivligining fazasiga mos ravishda o'zgarib boradi. Quyosh shamolining kosmik fazodagi tezligi 300-1200kms Quyosh shamoli natijasida har sekundda quyosh o'rtacha 1 mil.tonna modda yo'qotadi. Quyosh shamoli tarkibi asosan proton,elektron va geliy yadrosidan iborat. Ko'pgina tabiiy hodisalar quyosh shamoli bilan bog'liq: kosmik ob-havo, magnit bo'roni va qutb yog'dulari shular jumlasidan. Quyosh shamolining kimyoviy tarkibi Yer orbitasidagi ko'p yillik kuzatishlarning ko'rsatishicha, quyosh shamoli odatda sokin va g'alayonlangan holatda bo'ladi. Bu ikki holat quyosh shamolining tezliklari bilan bog'liq bo'lib, sokin quyosh shamoli oqimi ikki sinfga bo'linadi: Tezligi kichik bo'lgan oqim: Yer orbitasi yaqinidagi tezligi 300 - 500 kms Tezligi yuqori bo'lgan oqim: Yer orbitasi yaqinidagi tezligi 500 - 800 kms Quyosh shamoli plazmasining harakat yo'nalishi Quyoshdan kelayotgan korpuskulyar zarrachalar, radiatsion nurlar intensivligining o'zgarib turishi Quyoshning aktivlik darajasiga bog'liq bo'lib, dog'lar sonining o'zgarib turishi bilan bir xilda kechadi. Yer sathidagi magnit maydon kuchlanishi quyosh shamolining magnit maydon kuchlanishidan 10 00 marta katta. Yerning magnit maydoni tufayli quyosh shamoli Yer magnitosferasi atrofida oqib o'tadi. Quyosh shamolidagi zarrachalar Yerning magnit maydoni kuch chiziqlari bo'ylab harakatlanadi. Yuqori energiyaga ega bo'lgan zarrachalar atmosferadagi atomlar bilan to'qnashadi va atomlarni uyg'otadi. Uyg'ongan atomlar nurlana boshlaydi va natijada qutb yog'dusi yuzaga keladi. Qutb yog'dusini faqat qutblarda kuzatish mumkin. Quyosh shamoli orqali Yer qutbiga kirib kelgan zarrachalarning energiyasi quyidagicha: Ep = 100 - 200 eV Ee = 10 - 20 keV ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
261.83 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
261.83 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: pptx