Quyosh va oy tutililishi

Quyosh va oy tutililishi

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyosh va oy tutililishi - rasmi

Material tavsifi

Quyosh va Oy tutililishi Tabiatda soya va yarim soya hosil bo'lishini katta masshtabda Quyosh va oy tutilishida kuzatish mumkin. Ma'lumki, Quyosh atrofida boshqa sayyoralar kabi Yer ham o'zining tabiiy yo'ldoshi Oy bilan birgalikda aylanib turadi. Yer Quyosh atrofida 365, 26 sutka mobaynida bir marta aylanib chiqadi. Oy esa Yer atrofida 27 sutka 7 soat 43 minutda 1 marta aylanadi. Ularning harakati davomida qandaydir momentda Yer va Quyosh oralig'iga Oy tushib qolsa, Oy Quyoshdan keluvchi nurlarni to'sib qoladi. Shunda Quyosh tutilishi ro'y beradi. Yerdagi A sohaga tushadigan Quyosh nurlari Oy tomonidan to'la yo'silib qolganligidan, u yerda qorong'ulik bo'ladi. Bu joyda Quyoshning yo'la tutilishi kuzatiladi.terning B sohasida esa yarim soya bo'ladi. Bu joydagi kuzatuvchi uchun Quyoshning qisman tutilishi ro'y beradi. Yerda quyoshning to'la tutilishi kuzattilgan joylarida to'la qorong'ulik bo'lagnidan, osmonda yulduzlar chaqnab ko'rinadi. Yerning bu sohasi isitilishdan to'xtaganligidan shamollr paydo bo'ladi. Noxush vaziyat vujudga kelib, itlar hurgan, hayvonlar ovoz chiqarishgan. Bu esa odamlarga ta'sir etib vahimaga tushishgan. Yer va Oy harakati davrida Oy va quyosh oralig'iga yer tushib qolsa, Oy tutilishi ro'y beradi. Oy o'zidan yorug'lik chiqarmaydi. U faqat quyoshdan tushgan yorug'likni qaytaradi. Oyga tuhsayotgan Quyosh nurini Yer to'sib qolganda Yerning soyasi Oyga tushadi. Yerning atmasferasi bo'maganda edi, Oy tutilishi davrida u ko'rinmay qolar edi. Yer atmosferasi quyosh nurlarini sochib yuborganligi tufayli Oyning tutilishi davrida qizg'sh disk shaklida ko'ramiz. Oy tutilishi sababi ma'lum bo'lmagan davda, odamlarda qo'rqich paydo bo'lgan. Uni tushuntirish uchun turli riviyat va afsonalar to'qishgan. Hozirgi kunda Quyosh va Oy tutilishini ancha oldin, qayerda, qachon va qanday ko'rinishda bo'lishi aytib beriladi. Shunga ko'ra olimlar bu hodisani o'rganish uchun tayyorgarlik ko'rishadi. Quyosh to'la tutilganda, boshqa vaqtda ko'rinmaydigan Quyosh toji ni kuzatish mumkin. Yerning o'zi o'qi atrofida aylanishi tufayli kun va tun almashinadi. Oy ham o'zi o'qi atrofida aylanadi. Oyning kundizgi yorug' tushib turgan qismi bizga ko'rinib, yorug' tushmagan qismi ko'rinmaydi. Uni Oy tutilishi bilan adashtirmaslik kerak. Qadimgi bobilliklar eramizdan oldingi 200 -yillada Quyosh va Oy tutilishlarida takrorlanish borligini aniqlaganlar. Bu davr saros arabcha takrorlanish deb atalib, 6585 sutkaga ya'ni 18 yil va 11,3 sutkaga teng Shu davrda 43 marta Quyosh tutilishi va 28 marta Oy tutilishi ro'y beradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.5 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.5 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga