Quyosh va uning xarakteristikasi fotosfera, granulyatsiya. Quyosh dog'lari RYeJA: 1. Quyosh haqida umumiy ma'lumot. Quyosh spektri va ximiyaviy tarkibi. 2. Quyoshning ichki tuzilishi. 3. Fotosfera va undagi obyektlar. 4. Quyosh dog'i. 5. Quyosh aktivligi haqida tushuncha. Yerdagi hayotning paydo bo'lishida Quyosh asosiy rol uynaganini, Quyosh so'nsa, Yerdagi hayot ham sunishini kishilar juda kadim zamonlardayok yaxshi anglaganlar. Uni turli xudolarning nomlari bilan atab sig'inganlar. Quyoshga bag'ishlab ibodatxonalar qurishgan, madxiyalar bitib, qurbonliklar qilishgan. Bugun esa olimlar uning tabiatini, Yerga ta'sirini yaxshi o'rganganlar. Uning bitmas tuganmas energiyasidan amalda foydalanishni yo'llarini izlaydilar. Quyosh Quyosh sistemasi chegarasidagi yagona yulduzdir. Olimlar Yerga eng yaqin bu yulduzni tadqiq qilib, o'rganib, osmondagi milliardlab yulduzlarning tabiatidan, sirlaridan voqif bo'ladilar. Quyoshning radiusi Yernikidan 109 marta, xajmi esa 1 million 300 ming marta katta. Quyoshning massasi 330 mingta Yer massasiga teng, barcha planetalarning qo'shilgan massasidan esa 750 marta ko'p massaga ega. Quyoshning ximik tabiati uning spektrini o'rganish orqali malum bo'lgan. Quyoshning spektri - chiziqli yutilish spektri bo'lib, tutash spektri fonidagi kora (fraungofer) chiziqlari, uning atmosferasidagi mavjud ximiyaviy elementlari tomonidan no'rning yutilishi tufayli vujudga keladi. Quyoshda 70 ta ximiyaviy element topilgan bo'lib, ularning barchasi Yerda ham mavjud. Quyosh massasining 70%ni vodorod, 28% ni geliy, qolgan 2 % ni esa boshqa elementlar tashkil etadi. Agar Quyoshda modda hamma joyda teng taqsimlangan va zichligi haqiqiy Quyoshning o'rtacha zichligiga (0q1, 4 gsm3) teng deb kabo'l kilsak, nazariy Quyoshning xususiyatlari haqiqiy Quyoshning yarim radiusiga teng cho'qurlikdagi qatlamlarning xususiyatlariga yaqin (to'g'ri) keladi. - chuqurlikdagi bosim : (1) bo'ladi. (2) bo'ladi va (3), bundan bo'ladi. Bunda R- Quyosh radiusi, g- og'irlik kuchi tezlanishi, -zichlik, V-xajm, M-massa, R-bosim. Gaz holati tenglamasini qo'llab, cho'qurlikda Quyosh tempraturasi uch million gradus atrofida ekanligi topiladi. Haqiqatan ham, Quyosh ionlashgan vodoroddan iborat deb hisoblab, ideal gaz holatining asosiy tenglamasi: (4). Dan 0K (5) ni topamiz. dagi ga balandlik shkalasi deyiladi. Quyoshdagi modda aslida teng taqsimlangan emas. Buni hisobga olgan holda ham, Quyoshning asosiy xarakteristikalari va yuqorida topilgan qiymatlar o'ncha ko'p farq kilmagani aniqlangan. Yanada aniqroq hisoblangan modellarda ham Quyoshning markaziga tomon temperatura, bosim va zichlik ortib boradi. Bu hisoblashlardan Quyosh markazida temperatura 13 milion gradus, bosim 2, 2 1017 va zichlik 130 atrofida bo'lishi kerak degan xulosaga kelindi. Bunday sharoitda Quyoshning ichki markaziy qismlaridagi atomlar bir-biri bilan juda tez to'qnashib turadi. Bazi to'qnashishlarda, zarrachalar atom yadrolari ichiga kirishi natijasida, yadro reaksiyalari vujudga keladi. Yadro reaksiyalarining tezligi temperatura va bosimi ortishi bilan tez ortib boradi. Bu juda muhim hodisa. U Quyosh va yulduzlar markazida ruy ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.09 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
32.09 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:06 ]
Arxiv ichida: doc