Quyosh va yerning aloqalari

Quyosh va yerning aloqalari

O'quvchilarga / Astronomiya
Quyosh va yerning aloqalari - rasmi

Material tavsifi

Quyosh va yerning aloqalari Reja: 1. Quyoshning tuzilishi. 2. Yerning Quyoshga nisbatan turgan o'rni. 3. Quyosh va Yer aloqalari. Quyosh - Yerga eng yaqin yulduz bo'lib, diametri 1,390 mln km, o'ta qizigan, yorug'lik va issiqlik taratib turadigan, gazlardan iborat sharsimon osmon jismidir. Unda Quyosh sistemasining 99 % dan ortiq massasi to'plangan. Shuning uchun u atrofidagi osmon jismlarini tortish kuchi hisobiga ushlab turadi va sayyoralarning deyarli bir xil tekislikda harakatlanishini ta'minlaydi. Quyosh sistemasi - Quyosh, 8 ta sayyora, 160 dan ortiq tabiiy yo'ldosh, 400 dan ortiq asteroid va 1 mln.ga yaqin kometadan iborat. Quyoshdan tarqaladigan issiqlikning milliarddan ikki qismigina Yerga yetib keladi. Bu miqdor Yer uchun xos bo'lgan issiqlik sharoitini ta'minlaydi. Quyoshdan keladigan radiatsiya Yer yuzasidagi issiqlikning asosiy manbayi bo'lib, quruqlikda, Dunyo okeanida, atmosfera va tirik organizmlarda ro'y beradigan jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir. Quyoshdan Yerga yorug'lik va issiqlikdan tashqari elektr zaryadli har xil zarralar uzatiladi. Koinotning uzoq qismidan Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga ko'rinmas va juda katta energiyaga ega bo'lgan kosmik nurlar kelib turadi. Bu zarralar va nurlar ta'sirida Yerdagi ko'p hodisalar, jumladan, qutb yog'dusi, magnit bo'ronlari, havoning ionlashishi, atmosferadagi ba'zi gazlarning molekula holatidan atom holatiga o'tishi kabilar vujudga keladi. Yer po'sti - Yerning eng yuzada joylashgan qattiq qobig'i bo'lib, qalinligi o'rtacha 35-40 km. Moddalarning o'rtacha zichligi 2,7 gsm3, Yer hajmining 1 % ini, massasining 0,4 % ini tashkil etadi. Mantiyadan Moxo chegarasi orqali ajralib turadi. Yer po'sti kimyoviy elementlar, minerallar, tog' jinslaridan iborat. Eng ko'p tarqalgan kimyoviy elementlari kislorod, kremniy, aluminiydir. Siz 6-sinf darsligida yer po'sti materik va okean yer po'stiga bo'linadi, deb o'qigansiz. Endi esa, ularga qo'shimcha holda oraliq va riftogen yer po'stlari ham ajratilishini bilib olasiz. Sizga ma'lumki, materik yer po'sti 3 ta, ya'ni cho'kindi, granit va bazalt qatlamlaridan tuzilgan. Bunday qatlamlarni ajratish shartlidir. Cho'kindi qatlam eng yuzada joylashgan bo'lib, qalinligi 15-20 km gacha, ohaktosh, qum, gil va boshqalardan iborat. Granit va bazalt qatlamlar har birining qalinligi 10-15 kmni tashkil etadi. Okean yer po'sti okean tubiga to'g'ri keladi. Qalinligi 5-10 km bo'lib, cho'kindili va bazaltli qatlamlardan tuzilgan. Oraliq yer po'sti o'rtacha qalinligi 15-30 km, 3 qismdan iborat: Chekka dengiz soyligi, orollar yoyi va chuqur cho'kmalar. Dengiz soyligi va chuqur cho'kmalar ostida granit qatlami yo'q, cho'kindi va bazalt qatlamlardan iborat. Granit qatlam faqatgina orollar yoyida paydo bo'ladi. Yevrosiyo materigining sharqiy qirg'oqlarida, Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy va g'arbiy qirg'oqlarida mavjud.Riftogen yer po'sti o'rta okean tizmalariga to'g'ri keladi. Qalinligi 1,5-2 km bo'lib, 2 qatlamli tuzilgan. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1016.71 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1016.71 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga