Kirish Bizga ma'lumki Astronomiya fani asosiy 6 ta bo'limga bo'lib o'rganiladi, shu bo'limlardan biri bo'lmish Yulduzlar Astronomiyasiga bir nazar tashlasak insonni hayratlantiradigan ma'lumotlarga duch kelamiz. Ayniqsa XX-asrning II-yarmida bizga eng yaqin Yulduz Quyoshda sodir bo'layotgan fizik jarayonlar haqidagi ma' lumotlar bazasini kengaytirish dolzarb masalaga aylangan bir paytda qisqa davr ichida bu ma'salaning yechimi sifatida Gelioseysmologiya sohasida qilingan ishlar butun yer yuzi olimlarini diqqat markazida bo'lib qoldi. Mavzuning dolzarbligi Quyoshda sodir bo'ladegan turli xil tebranishlarni o'rganib shu tebranishlar ortida kechayotgan jarayonlarningan fizik xususiyatlar mazmun mohiyatini ochib berishda Gelioseysmologiya sohasida o'rganilayotgan Quyoshning global tebranishi uning ichki tuzilishi haqida ma'lumot beradi, biz esa bu ma'lumotlarni batafsil o'zlashtirib olishimiz o'ta ahamiyatlidir. Chunki Quyoshda bo'ladegan jarayonlarning yerga ta'sir etishi sizu bizga sir emas. Yerdagi o'simliklar dunyosi, hayvonot olami, insoniyat hayoti koinotda yonib turgan olovli shar yani Quyoshga bog'liq. Shunday ekan bu Yulduz haqidagi bilimlarimizni yanada orttirib u haqdagi zamonaviy tasavvurlarimizni ongimizda shakillantirishimiz darkor, zero koinotni tasavur etish astironomiya sohasida juda ham asqotadi. Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazefalari. Ushbu mavzuni o'rganishdan maqsad olimlar tomonidan to'plangan ma'lumotlar asosida ularni o'qib o'rganib, Gelioseysmologiya sohasida qilingan ishlarni diqqat bilan ko'rib chiqib, Quyoshning ichki qismlarini o'rganish hamda Quyoshda ro'y beradigan tebranishlarni ya'ni global va lokal tebranishlar farqini tushinib yetish, umuman aytganda Quyosh haqidagi ma'lumotlarni mukammallashtirish ko'zda tutilgan. Bitiruv malakaviy ishning ilmiyligi va amaliy ahamiyati. Gelioseysmologiya yordamida tatqiqot ishlarini rivojlanishi bu usulda olingan ma'lumotlar Quyoshning ichki tuzilishini standart modelini ishlab chiqish imkonini berdi shuningdek Quyosh nuriy zonasini qalinligini o'lchash imkonini berish, standart modelining nuriy energiyani tashish masalasidagi qaror topgan qarashda kamchiliklar borligini aniqladi. Seysmik ma'lumotlar Quyosh plazmasining nurlanishining modda bilan o'zaro ta'sirlashuvi nazaryasida ko'zda tutilgan tiniqmaslik koeffisientiga tuzatish kiritishga imkon yaratdi, hattoki Quyoshning markazida joylashgan yadrosi haqda ham ma'lumotlar olindi. Har qanday o'rganilayotgan obyekt qanday holatda bo'lishidan qat'iy nazar ularni fizikaviy-ximiyaviy xossalarini, ayniqsa spektroskopik xossalarini bilish, ulardan amaliyotda to'g'ri foydalanishga olib keladi. Bu esa o'z navbatida hurmatli prezidentimiz aytganlaridek tabiat in'om etgan xom-ashyolardan to'g'ri ilmiy asoslangan holda foydalanish iqtisodiy samaradorlikni oshiradi.[1] 2010 yil 12 noyabr kuni hurmatli prezidentimiz I.A.Karimov O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qonunchilik palatasi va senatining qo'shma maslisida Mamlakatimizda demokratik islohotlarni ya'nada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi mavzusida ma'ruza qildilar. O'z ma'ruzalarida oltita yo'nalishni eng muhum ustuvor vazifalar sifatida belgilab berdilar. Bu yo'nalishlar quyidagi yo'nalishlardir. 1. Davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratlashtirish 2. Sud-huquq tizimini isloh qilish 3. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so'z erkinligini ta'minlash 4.O'zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta'minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish 5. Fuqarolik jamiyati ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.05 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
3.05 MB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:07 ]
Arxiv ichida: doc