Saturn sayyorasi

Saturn sayyorasi

O'quvchilarga / Astronomiya
Saturn sayyorasi - rasmi

Material tavsifi

Saturn sayyorasi Saturn (Zuhal) Planeta qadimgi rimning vaqt va taqdir xudosi - Saturn nomi atalgan. Bu planeta arablarda Zuhal, greklarda Kronos nomi bilan yuritilgan bo'lib, Quyosh sistemasining qurollanmagan ko'z bilan ko'rish mumkin bo'lgan oxirgi planetasidir. Shuning uchun ham, qadimda uzoq yillar Zuhalning orbitasi Quyosh sistemasining chegarasi deb ta'kidlangan. Saturn kattaligi jihatidan faqat Yupiterdan keyin turadi, uning diametri 120 ming 800 kilometr. Quyoshdan o'rtacha uzoqligi 9,5 astronomik birlik, ya'ni Quyoshdan 1 milliard 427 million kilometr narida yotadi. Massasi yernikidan 95 marta ortiq. Zichligi 0,7 gsm3. Uning sirtida erkin tushush tezlanishi 11 ms2ga teng. Orbitasi bo'ylab halqali bu sayyora sekundiga 9,6 kilometrli tezlik bilan uchib, 29 yil 5 oy 16 kun deganda Quyosh atrofini bir marta to'la aylanib chiqadi. Saturnning o'z o'qi atrofida aylanishi, Yupiterniki kabi turli kengliklarda turlichadir. Ekvator zonasining aylanish davri 10 soat 14 minut bo'lgani holda, qutbga yaqin rayonlari 10 soat 28 minutli davr bilan aylanadi. Planetaning ekvator tekisligi, uning orbita tekisligiga 26 gradus 45 minutli burchakka og'ishgan. Saturn, atrofida eni 60 ming kilometrgacha, qalinligi 10-15 kilometrgacha yetadigan halqasi borligi bilan boshqa planetalardan keskin farq qiladi. Garchi bu halqa, dastlab 1610 yili Paduya (Italiya) universitetining professori G.Galiley tomonidan kuzatilgan bo'lsa-da, olim halqaning haqiqiy shaklini belgilab bera olmadi. Buning sabablaridan biri, Galileyning «qo'lbola» teleskopida yasalgan tasvirning sifatsizligi bo'lsa, ikkinchisi-o'sha davrda planeta yerga «yonbosh» turgani tufayli uning halqasi kuzatuvchiga qirrasi bilan ko'rilganligida edi. Saturining bu xilda «yonbosh» turishi, Quyosh atrofini bir marta to'la aylanib chiqishi davomida yerda ikki marta kuzatiladi. Galileyning bu muvaffaqiyatsiz urinishidan so'ng yarim asrcha vaqt davomida Zuhal haqida hech qanday yangilik tug'ilmadi. 1657 yilda yosh astronom Xristian Gyuygens o'zi yasagan teleskopini Saturnga qaratib, uning atrofida chiroyli halqani ko'rdi. Saturn atrofida halqaning kuzatilishi juda ko'pchilik olimlarning e'tiborini o'ziga tortdi. Gap shundaki, to bunga qadar bironta ham sayyoraning atrofida halqa kuzatilmagan edi. Shu sababdan Zuhal halqasining tabiatini o'rganish uchun talay astronomlar birdaniga kirishdilar. Italiyalik Djovani Kassini, ingliz Robert Guk, nemis Iogani Enke, amerikalik Djorj Bond va rus Sof'ya Kovalevskayalar shular jumlasidan edi. 1750 yilda Saturnning halqasi haqida Tomas Rayt shunday yozgan edi. «Agar biz Saturnni yetarli darajada quvvatli teleskopda kuzatsak edi, u holda halqa, biz yo'ldoshlar deb ataydigan jismlardan ancha pastda yotuvchi cheksiz ko'p mayda sayyoralardan iboratligini ko'rar edik». Keyingi tadqiqotlar halqa haqidagi Tomas, raytning bu bashorati haq ekanligini tasdiqladi. 1857 yili mashhur ingliz fizigi Djeyms Klerk Maksvell Zuhalning halqasi monolit bulmay, qattiq zarrachalarning tangasimon uyushmasi ekanligini nazariy yo'l bilan isbotladi. Ko'p o'tmay, Maksvellning aytganlari, mashhur rus astrofizigi A.A.Belopol'skiy va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.96 MB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga