Sferik astronomiya mavzusini o'rganish uslubiyoti

Sferik astronomiya mavzusini o'rganish uslubiyoti

O'quvchilarga / Astronomiya
Sferik astronomiya mavzusini o'rganish uslubiyoti - rasmi

Material tavsifi

Sferik astronomiya mavzusini o'rganish uslubiyoti Reja: 1.«Yulduzlar osmoni» mavzusini o'rganish. 2. Yulduz turkumlarini o'rganish. 3. Osmon sferasining asosiy nuqtalari va aylanalari mavzusini o'rganish. 4. Ekvatorial koordinatalar. 5. quyosh tizimining tuzilishi mavzusini o'qitish. 6. Kopernik kashfiyoti 7. Planetalarning konfiguratsiyalari. Sinodik davr mavzularini o'rganish. 8. Sinodik davr. 9. Butun olam tortishish qonuni bilan bog'lik bo'lgan asosiy tushunchalar. 10. Chekinishsiz harakat. 11. Aylanma tezlikdan kichik bo'lgan tezlik. Agar «Yulduzlar osmoni» mavzusiga doir dars kechkurun astronomik maydonchasida yulduzli osmon ostida o'tkazilsa, samarali chikadi. Yulduzlar osmoni bilan tanishish uchun yulduzlar kartasidan foydalanish kerak. Shuning uchun xam xonada o'tgan o'quv yillari o'quvchilar tomonidan tayyorlangan kerakli sondagi yulduzlar osmonining surilma kartasining (ustida tayyor koplama doirasi bilan) bo'lishi foydalidir. Ular, birinchidan keyinchalik shu xildagi kartalarni yasash uchun namuna rolini o'ynasa, ikkinchidan, zarurat tug'ilganda, ular bilan ishlashni boshlab yuborish imkonini beradi. o'quvchilarga eng avvalo, yulduzlar kartasida na quyosh Oy va na planetalarning o'rni ko'rsatilmaganligining sababi, yulduzlar orasida ularning holati vaqt sayin o'zgarib borishida ekanligini eslatish kerak. o'quvchilar kartadan bosh yulduz turkumlarini va ravshan yulduzlarni aniklab, ularni osmondan topishni o'rganishlari lozim. Ko'pchilik o'quvchilarga yulduz turkumlarini nomlari xech narsani eslatmaydi, shuning uchun ularni yulduz turkumlarining nomlarini kelib chiqishi bilan tanishtirish kerak. Bunda mazkur nomlarga mos yunon afsonalari haqida gapirib, ayrim yorug' yulduzlarning nomlarini arabchadan ruschaga va o'zbekchaga tarjima xam qilib tushuntirish kerak. Unda yulduz turkumlarini va ravshan yulduzlarni osmonda kidirib topish ular uchun kizikarli va jozibali bo'ladi. Yulduz turkumlarini osmondan topish uchun yulduzlar kartasidan foydalanilayotganda, o'quvchilar etiborini tanish yulduzlar turkumlariga nisbatan ularning joylashishlariga va kartada tasvirlangan ravshan yulduzlar orasidagi burchak masofalariga karatmok lozim. Yulduzlar osmonini kuzatishdan so'ng o'quvchilarga 3 (1,2) ni mustaqil ishlab chiqish taklif etiladi. Darsni bunday tashkil qilish o'qituvchiga sodda, oson o'zlashtiriladigan materialni kuruk bayon kilmasdan, balki savol-javobli tushuntirishlar va aniklashtirishlar bilan ko'shib olib borishga imkon yaratadi. Odatda dastlab, yulduz turkumlari tushunchasi, keyin esa yulduzlar kattaliklari tushunchasi kiritiladi. Aslida oldin ayrim yorug' yulduzlarni xarakterlab, so'ngra ularning guruh ko'rinishidagi to'plami-yulduz turkumlariga o'tish mumkin. Yulduz turkumlarining hozirgi tushunchasi uch xil manoga ega ekanligini o'quvchilar bilib olishlari maqsadga muvofik. Birinchidan, bu yulduzlar shartli ravishda uyushtirilgan va yulduzlardan tashkil topgan malum figura. Ikkinchidan osmonning malum kismi. Uchinchidan, bu murakkab konus sirtli xajm bo'lib, uning uchi kuzatuvchining ko'zi bilan ustma-ust tushgani holda cheksizlikka ketadi. Shuning uchun xam kutb yog'dusining qandaydir kismi, yulduz va juda uzoqdagi gallaktikaning xammasi malum bir yulduz turkumida yotadi deb gapiriladi. Odatda, o'quvchilar astronomiya kursini o'tganlariga qadar yulduz turkumlari o'z shaklini, masalan, bizga tanish «cho'mich» o'z ko'rinishini bir kishining umrichalik davr ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.6 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.6 KB
Ko'rishlar soni 60 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga