Spektronika kelajak poydevori

Spektronika kelajak poydevori

O'quvchilarga / Astronomiya
Spektronika kelajak poydevori - rasmi

Material tavsifi

Spektronika kelajak poydevori Bajardi : Qabul qildi : XX asr kosmos texnologiyalari, avtomatika, yangi aloqa vositalari va umuman fan-texnika taraqqiyotida elektronika va mikroelektronikaning beqiyos o'rnini belgilab berdi. Ushbu fanlar samarasi davrning dolzarb muammolari - ekologiya, energetika, tabiiy boyliklarni asrab-avaylashda, tejamkorona foydalanishda, yoshlar uchun mutlaqo yangi mazmun va shakldagi ish joylarini yaratishda ko'rinayapti. Ayni paytda u kelajak iqtisodiyotining eng muhim yo'nalishi sifatida jadal suratlar bilan barcha mamlakatlar tomonidan rivojlantirilmoqda. Xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Singapur kabi mamlakatlar rivojlanishi va iqtisodiy farovonligida elektronika va mikroelektronika salmoqli ahamiyat kasb etgani hammaga ma'lum. Bugun insoniyat nanotexnologiya va nanoelektronika sohasida ulkan kashfiyotlar arafasida turibdi. Nanoelektronika - bu mikroelektronika fanining yangi bosqichi bo'lib, yaratilayotgan qurilmalar, asboblar, moddalar majmuasi asosida emas, balki sanoqli va tanlangan atom molekulalari ishtirokida vujudga keladi. Bunda elektron lampalardan - yarimo'tkazgich, tranzistor orasidagi farqlar qancha bo'lsa, endi mikrosxemalar bilan nanoelektron asbob o'rtasidagi farq undan ham ziyodroq ekanligini ta'kidlash zarur. Bir nano - bir metrning milliarddan bir qismiga teng o'lchov birligidir. Bu insoniyat uchun tom ma'noda sanoat, qishloq xo'jaligi, energetika, aloqa vositalari, transport, barcha jabhalarda misli ko'rilmagan imkoniyatlar va qulayliklar yaratadigan ikkinchi ulkan texnik inqilob bo'ladi. . Shu bois barcha rivojlangan mamlakatlarda mana shu nanotexnologiya-nanoelektronikaga alohida e'tibor berilmoqda. Mutaxassislar fikricha, yaqin 10-15 yilda insoniyat nanotexnologiya-nanoelektronika mahsulidan o'z hayotining barcha sohalarida to'la foydalana oladigan darajaga erishadi. Respublikamizda nanotexnologiya-nanoelektronika sohasida olib borilayotgan ishlar salmog'ini 2007-2011 yillar davomida fundamental ilmiy ishlarga davlat tomonidan e'lon qilingan grantlarga taklif etilgan ilmiy loyihalar yaqqol ifodalaydi. . Fizika sohasida taklif etilayotgan ilmiy mavzularning asosiy qismi mana shu yo'nalishga, uning rivojlanishiga va uning tadbig'iga yo'naltirilgan. Respublika olimlarining bu sohada erishgan natijalari dunyodagi eng nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilmoqda. Umuman o'zbek olimlarining bu sohadagi yutuqlarini dunyo ilmiy jamoatchiligi tan olayapti. Toshkent Davlat Texnika Universitetida faoliyat ko'rsatib kelayotgan «Elektronika va mikroelektronika» kafedrasi bu sohada kadrlar tayyorlash bo'yicha Respublikada eng yirik, salohiyatli dargohdir. 2006-2007 o'quv yilida kafedra qoshida «Nanotexnologiya» mutaxassisligi ochildi. Bugunga kelib elektronika-mikroelektronika, nanoelektronika bo'yicha yetuk mutaxassis tayyorlash borasida mukammal asosda faoliyat yuritilmoqda. Kafedraning «Foton» ishlab chiqarish birlashmasi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi, Fizika-texnika instituti, Elektronika instituti, Issiqlik fizikasi bo'limlari olimlari bilan ilmiy o'quv-tajriba almashish, bu ilmiy dargohlar uchun yetuk mutaxassislar tayyorlash imkoniyatini yanada oshirmoqda . Kafedrada oxirgi o'n yillar davomida kremniy kristal panjarasi konsentratsiyasi, uning yuza va hajmida taqsimoti, zaryad holatlarini boshqariladigan nanostrukturalar-nanoklaster hosil etishga yangi imkoniyatlar yaratib, diffuzion texnologiyani yaratishga xizmat qiladi. Bunday texnologiya asosida olingan nanoo'lchamli tuzilmali kremniy kristallarda ilmiy va amaliy jihatdan o'ta muhim bo'lgan bir qator yangi fizik hodisalar kuzatildi. Kafedra professor-o'qituvchilari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 880.08 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 880.08 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga