Taraqqiyot jarayonlari

Taraqqiyot jarayonlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Taraqqiyot jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Taraqqiyot jarayonlari Reja: Reduksionizm(zaiflashuv) hodisasi. Teskari aloqamexanizmi va tashkillanish. Taraqqiyot jarayonlarini tadqiq etish. 4. Dissipatsiya tamoyillari minimumi. Notirik va tirik tabiatda taraqqiyot jarayonlari, ularning har ikkisidagi o'ziga xos qonunlar mavjud. Ayniqsa, tirik tabiatdagi teskari aloqa mexanizmi va takomillanish, gomeostazisni saqlash hamda dissipatsiya minimumi tamoyillarini anglab olish har bir mutaxassis uchun albatta foydalidir. Reduksionizm (soddalashtirish, zaiflashish, kichrayish, yỹqolish) kuzatilayotgan materiya tashkillanishining u yoki bu darajadagi muayyan murakkab hodisani nisbatan soddaroq hodisalar xususiyatlari yoki tashkillanishning nisbatan quyi darajalarini bayon etish uchun hamma fanlarda qo'llaniladigan usulni anglatadi. Boshqacha aytganda, murakkab narsa mohiyatini nisbatan soddaroq qilib tushuntirishga intilish reduksionizmdir. Buni ỹziga xos tafakkur tarzi yoki tafakkur uslubi (metodi) deyish ham mumkin. Fizika fanida ayniqsa bu keng qỹllaniladi va murakkab sistemalardagi ỹzgarishlarni anglashga imkon tug'diradi. Fiziklarning kỹpchiligi makro darajadagi barcha xususiyatlar mikro darajadagi moddalarda kodlashganiga qattiq ishonishadi. Ularning fikricha, tadqiqotchi ihtiyorida mikro darajadagi sistema elementlarini etarlicha izohli (yaxshi) modeli bỹlsa, makro sistemalardagi barcha xususiyatlarni aniqlashning uncha qiyinchiligi qolmaydi. Gazlarning kinetik nazariyasi va yopishqoq suyuqliklar gidro -dinamikasida qỹllanilayotgan moddalar bundan guvoxlik beradi. Ammo buni ijtimoiy fanlarga kỹr-kỹrona qỹllash mumkin emas. Aftidan, materiya tuzilishini istalgan darajasi uchun dolizarb bo'lgan muammolar mavjud. Uni «yig'ish mexanizmi» muammosi deyish xato bỹlmas. Elementlarning birlashuvida, yani makro darajaga ỹtishda ỹzininig sifat jihatiga ega bỹlgan yangi struktura tashkillanishi ro'y beradi. Masalan, «ijtimoiy» kiyiklar miqdori malum bir me'yoriga kelganidagina ularning ỹziga xos umumiy fel-atvorlari shakllanadi. Bunday poda galasining shakllanishida ularning ỹziga xos xotirasi katta rol o'ynaydi. Moboda uyga ỹrgatilgan kiyiklar galasi ular ichiga aralashib qolsa, ularda bunday xotira bỹlmagani sababli, podaga yaxshi qỹshilib ketolmay, tez orada vahshiy hayvonlarga em bỹladi. Demak, umumiy poda fel-atvorini ayrim kiyiklar orqali anglab bỹlmaydi. «Kooperativ (umumiy) fel-atvor» tirik organizmlarning ỹz gomeostazisi (ozchiligi)ni saqlashga intilish tufayli sodir bỹladi. Fel-atvorning umumiyligi sistema uchun faqat alohida bỹlgan umumiy xususiyatlarning vujudga kelishidir. Insoniyat jamiyatining umumsistemali tasnifini ỹrganayotganda, aynan jamoaning umumiy fel-atvori va jamiyatning istalgan tashkiloti uchun bu alohida ahamiyat kasb etadi. Biosfera va inson kooevolyutsiyasiga tadbiqan esa umumiy fel-atvor hal qiluvchi rol ỹynaydi. Binobarin, tabiat va inson munosabatlari strategiyasini yaratishda reduksionizm hodisasidan foydalanishni jiddiy ỹylab kỹrish kerak. Hozircha insoniyat «yig'ish mexanizmilari» umumiy xususiyatlari haqida va ayniqsa uning oqibatlarini oldindan aytishda juda oz bilimga ega. Shunday bỹlishiga qaramay, mexanizm xususiyatini ỹrganish masalasi jiddiy ravishda kun tartibiga qỹyilgan emas. Masalan, millat tabiatining shakllanishi, diniy jamoada umumiy fel-atvorning vujudga kelishi mexanizmlarini jiddiy ỹrganish va umumiy strategiyaga ega bỹlish dolzarb masala ekanligini tasdiqlash joizdir. Notirik tabiatdagi narsalar yopiq sistema, tirik tabiat (ỹsimliklar, hayvonot dunyosi va odamzot jamiyati) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.89 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.89 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga