Uran sayyorasini o'rganish

Uran sayyorasini o'rganish

O'quvchilarga / Astronomiya
Uran sayyorasini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

uran sayyorasini o'rganish usullari Uran sayyorasining kashf etilish tarixi. Uran sayyorasi aslida musiqachi, keyinchalik mashhur astranom darajasiga ko'tarilgan V.Gershel tomonidan 1781-yili ta'sodifan topildi.Ma'lum bo'lishicha, sayyora ochilgunga qadar qariyib yuz yilcha ilgaridan kuzatilib kelingan.Biroq astranomlar unga har doim xira bir yulduzcha sifatida qarab, ortiqcha e'tibor berishmagan. Uran sayyorasining diametri. Sayyora orbitasini birinchi bo'lib peterburglik akademik A.I.Leksel hisoblab chiqdi. Uranning diamtri 51 ming 200 kilometr. Uran sayyorasining massasi yernikidan 14.6 marta katta, o'rtacha zichligi 1.27 gsm3. Bu sayyora Quyoshdan o'rtacha 19.2 astranomik birlik masofada uning atrofida aylanadi. Sayyora gardishini ko'rish uchun uni kam deganda 100 martacha kattalashtiruvchi teleskopda kuzatish zarur bo'ladi. Uranning orbital tezligi sekundiga 0.8 kilometrni tashkil qiladi va Quyosh atrofida 84 yilda bir marta aylanib chiqadi.Biroq u o'z o'qi atrofida nisbatan tez aylanadi.Sutkasining uzunligi 16 soatu 24 minutni tashkil etadi.Garchi sayyora sirti detallarini ko'rib bo'lmasa-da,davriy ravishda uning sirti ravshanligi o'zgarib turishi yaqqol seziladi. 1986-yilining 24-yanvarida AQSH ning Voyadjer-2 sayyoralararo avtomatik stansiyasi Yerdan jo'naganidan 8 yarim yil keyin Uran sayyorasidan 81 ming 200 лшдщьуек naridan o'tayotib u 12 foizga yaqi geliy va taxminan 3 foiz metandan tashkil topganini aniqladi. Uran sayyorasining yo'ldoshlari. Bugun bu sayyoraning atrofida topilgan yo'ldoshlar soni 21 ta.Shulardan 2 ta eng yirigi Gershel tomonidan topilgan bo'lib, Titaniya va Oberon deb nomlangan.Uranning bu yo'ldoshlari topilgandan 64 yil o'tgach astranom Lassel sayyoraning yana ikki yo'ldoshini ham Shekspir asarlarining qahramonlari nomlari bilan Umbriyel va Ariyel deb atadi. Va nihoyat 1948-yili J.Koyper Uranning 5- yo'ldoshini topdi va an'anaga ko'ra, Shekspirning Bo'ron ertak-pyesasining qahramoni-Miranda nomi bilan atadi.Undan keyin topilgan Uran sayyorasining yo'ldoshlari ham Shekspir asarlarining qahramonlari nomi bilan atald. Oberon Titaniya Umbriel Ariel Miranda Yo'doshlar Bir Uran yili davomida unnig yo'ldoshlarini ikki marta yon tomonidan va ikki marta qutb tomonidan ko'rish mumkin. Uranning magnit maydoni kuchsiz bo'lib, u sayyoradan 0.6 million kilometrgacha cho'zilgan va Yerning radiatsion poyaslari kabi plazma bilan to'latilgan. Oirgi yillarda Uranni Yerdan turib o'rganishlar natijasida uning atrofida dastlab 5 ta, keyinroq esa 9 ta halqasi borligi aniqlandi. Uran yili va magnit maydoni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 493.43 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 493.43 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga