Mavzu: Yer va sayyoralarning paydo bo'lishi haqidagi kosmogonik taxminlar. Bajardi : Jo'raqulova Zarnigor Kirish. I bob Koinotning paydo bo'lishi to'g'risidagi farazlar. Dekart - Kant - Laplas gipotezalari. O.Yu.Shmitd gipotezasi gipotezalarning bir - biridan farqi. II bob Yer va sayyoralarning paydo bol'ishi haqidagi taxminlar. 2.1. Yer va sayyoralarning paydo bo'lishi. 2.2. Inson va Koinot. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Yerda hayotning paydo bo'lishi masalasi tabiiy fanlar kontseptsiyasining hozirgi kunga qadar mavjud eng qiyin va shu vaqtning o'zida eng qiziqarli muammolaridan hisoblanadi. U shuning uchun ham qiyinki, fan sifat jihatidan yangi hisoblanmish hayotni yaratish va uning taraqqiyotini pog'onama-pog'ona aniqlash uchun eksperimental tajriba asosida to'lig'incha yechish imkoniga hozircha ega emas. Hayotning dastlabki rivoji uchun zarur zamin Yerda hayotning paydo bo'lishi haqidagi nazariya mualliflari (A.I.Oparin va V.G.Fesenkov) hayot sodda moddalar sintezidan boshlanishini ta'kidlaydilar. Yer qurrasida suv bug'i, metan, ammiak, vodorod singari birikmalar bilan boyigan, hayotdan asar ham bo'lmagan cheksiz tog' cho'qqilarining yuzasi, poyonsiz okean va atmosferani, kuchli momaqaldiroqlarning zaryadlari va intensiv ravishda sodir bo'lib turgan vulqonlar faoliyati, ularning sokin holatini buzilishiga sabab bo'ladi. Tiriklik yaratilgunga qadar yer qurrasi shu ko'rinishda bo'lgan. Строение солнечной системы Yerda hayotning paydo bo'lishining ilk davri almashinuv jarayoni muqarrar bo'lgan alohida organizmlarning vujudga kelishi bilan bevosita bog'liq. Bu jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari haqida qator farazlar mavjud. Ular orasida to'laroq ishlab chiqilgani A.I.Oparinning yerda hayotni rivoj topishining koatservatsiya stadiyasi hisoblanadi. Bu nazariyaga ko'ra okean suvining qalin qatlamida to'planadigan organik moddalar alohida molekula shaklidagi quyuqlashgan birikmalar holda shakllangan. Aftidan bu quyuqlashgan birikmalarning alohida parchalari, kolloid komplekslari - koatservatlar ham bir vaqtda bunyodga kelgan (soa - cervatus lotin tilida to'plam, yig'ma ma'nosini anglatadi). Hayot taraqqiyoti Tirik mavjudotlarning bunyodga kelishi bilan Yer qurrasida tabiiy muhitning o'zgara borishi hayot evolyutsiyasida hayajonli voqea hisoblandi. Tabiatda ximiyaviy jarayonlar - sintez va destruktsiya natijasida sifat jihatdan yangi bo'lgan tug'ilish va o'lish singari hodisa ro'y berdi. Organik birikmalarning hosil bo'lishi va parchalanishiga asoslangan organik moddalarning almashinuvi o'z o'rnini tug'ilish, o'lish va yangi turlarning bunyodga kelishi, eskilarini keksayishi (qarrishi) va o'limiga asoslangan yangi bioltik almashinuvga o'z o'rnini berishga majbur bo'ldi. Dekart - Kant - Laplas gipotezalari. 1755 yilda nemets filosofi I.Kant, 1796 yilda esa frantsuz astronomi I.S.Laplas tomonidan Quyosh tizimidagi sayyoralarning paydo bŏlishi tŏgrisidagi gipoteza yaratildi. Ular birinchilar qatori diniy dunyoqarashlarga qarshi chiqib, tabiat doimo rivojlanishda va ŏzaro bogliq deb mehanik-qotma fikrlarni rad etdilar. Ikkala gipotezada ham asosan sayyoralarning gaz-chang tumanliklaridan paydo bŏlganliklari tahmin qilingan. Dastlab bu materiya qizigan (Kant-sovuq materiya degan) tumanlik holida bŏlgan, keyinchalik ular sovigan ŏz ŏqi atrofida aylanishi hisobiga ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
628.24 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
628.24 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: ppt