Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va kattaligi 5-sinf Geografiya fani darsligi asosida 5-mavzu Odamlar juda qadim zamonlardanoq Quyosh har kuni sharqdan chiqib, g'arb tomonga botishini bilib olganlar. Quyosh chiqib, botgunga qadar o'tgan vaqt kunduzi, botgandan chiqqunicha o'tgan vaqt esa kechasi deyiladi. Kunduzi Kechasi Bir kecha bilan bir kunduz sutka deb ataladi. Yer bir sutkada, ya'ni 24 soatda o'z o'qi atrofida g'arbdan sharqqa tomon bir marotaba aylanib chiqadi. Yer aylanish o'qining Yer yuzi bilan tutashgan ikki nuqtasi Yerning qutblari deb ataladi. Yer qutblari ikkita: Shimoliy qutb Janubiy qutblar Yer yuzida qutblardan barobar uzoqlikda o'tkazilgan aylana chiziq ekvator deb ataladi. Ekvator Ekvator Yerni ikkita yarim sharga: Shimoliy yarim shar Janubiy yarim sharlarga ajratib turadi Shimoliy qutb bilan Janubiy qutbni tutashtiruvchi Yer yuzasidan o'tkazilgan yarim aylana chiziqlar meridianlar deyiladi. Bosh meridian Paralell meridian Yer ekvatoriga parallel qilib chizilgan aylana chiziqlar esa parallellar deb yuritiladi. Yerning shakli dumaloq, shar ko'rinishida. Uning o'rtacha diametri 12756 km, aylanasi esa 400 kmdan ortiqroq. Yerning qutblari salgina siqiqroq. Uning qutb radiusi ekvator radiusidan 21 km qisqa. Quyosh bilan Yer oralig'i o'rta hisobda 150 million kilometr (mln km). Soatiga 100 km tezlikda uchadigan samolyot bu masofani 17 yilda bosib o'tadi. Raketa soatiga 39600 km tezlikda uchsa, Quyoshga 5 oydan ko'proq vaqtda «yetib boradi». 150 (mln km). Odamlar Yerning kichraytirilgan shaklini yasashgan. U globus deb ataladi. Globusda materiklar, okeanlar, orollar, tog' va tekisliklar, umuman butun Yer yuzasi kichraytirilgan holda tasvirlangan bo'ladi. Globuslarda ekvator, meridianlar, parallellar chizib qo'yiladi. Geografik kenglik deb meridianning ekvatordan berilgan nuqtagacha bo'lgan qismi yoyining daraja (gradus) hisobidagi kattaligiga aytiladi Parallellarning hammasi ekvatordan shimolda joylashganligi sababli ularning kengligi shimoliy kenglik deyiladi. Ekvatordan janubda joylashgan nuqtalarning kengligi esa janubiy kenglik deb belgilanadi Shimoliy kenglik Janubiy kenglik Geografik uzunlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo'lgan parallel yoyining daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi. Grinvich rasadxonasi London shahri yaqinidagi Grinvich rasadxonasi meridiani bosh meridian deb qabul qilingan. Yer yuzasining har bir nuqtaning kenglik va uzunligi uning geografik koordinatasi deb ataladi. Savol va topshiriqlar: 1.Sutka deb nimaga aytiladi? 2. Yerda nechta geografik qutb bor? 3. Bosh meridian qayerdan o'tkazilgan? 4. Meridianlar va parallellar deganda nimani tushunasiz? ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.63 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.63 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: pptx