Yerning quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari

Yerning quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari

O'quvchilarga / Astronomiya
Yerning quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari - rasmi

Material tavsifi

YERNING QUYOSH ATROFIDA AYLANISHI VA UNING OQIBATLARI Yer - bir paytning o'zida ko'plab harakatlarda ishtirok etadi. U o'z o'qi va Quyosh atrofida o'z orbitasi bo'ylab, Quyosh, Oy va butun Quyosh sistemasi uchun og'irlikning umumiymarkazlari atroflarida aylanadi; u Quyosh sistemasi tarkibida Galaktika yadrosi atrofida, butun Galaktika bilan birgalikda Olamda harakatlanadi. Biroq, Yerdagi jarayonlarning sodir bo'lishi uchun uning o'z o'qi va Quyosh atrofida o'z orbitasi bo'ylab harakatlari muhim ahamiyatga ega. Yerning barcha harakatlari bir paytda sodir bo'lishi tufayli ularning ta'siri qo'shilib ketadi.Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi - sayyoramiz uchun xos bo'lgan yana bir xususiyatdir. Yer aylanishining o'qi ekliptika tekisligiga perpendikulyardan 23027' ga qiyalashgan. Shimoliy qutbdan qaralganda Yer soat miliga nisbatan teskari, ya'ni g'arbdan sharqqa tomon aylanadi. Yer o'z o'qi atrofini 23 soat 56 minut 4 sekundda to'liq bir marta aylanib chiqadi. Bu vaqt bir kun (sutka) deb aytiladi. Yer massasining markazidan o'tadigan to'g'ri chiziq uning aylanish o'qi deyiladi. Yer aylanishi o'qining uning yuzasi bilan kesishgan nuqtalari geografik (shimoliy va janubiy) qutblarni hosil qiladi. Qutblardan barcha nuqtalarda teng masofada o'tadigan chiziq geografik (yoki Yer) ekvator deb ataladi. Ekvator Yerni shimoliy va janubiy yarim sharlarga bo'lib turadi. Yer yuzasini uning aylanish o'qi va biron nuqtasidan kesib o'tadigan chiziq shu nuqtaning meridiani deyiladi. Meridian tekisligi ufq (gorizont) tekisligiga perpendikulyar bo'ladi. Bu ikkala tekislikning kesishish chizig'i tushki chiziq deyiladi. Hozirgi paytda xalqaro shartnomaga muvofiq Grinvich observatoriyasining meridiani (London shahri) boshlang'ich meridian deb qabul qilingan. Geografik uzunlik boshlang'ich meridianga nisbatan hisoblanadi. Geografik uzunlik deb boshlang'ich meridian va biron nuqtaning tekisliklari orasidagi ikki yoqli burchakka yoki boshlang'ich meridiandan aniqlanayotgan joygacha graduslardagi masofaga aytiladi. Geografik kenglik va geografik uzunlik geografik koordinatalarni hosil qiladi. Geografik koordinatalar - nuqtalarning Yer yuzasidagi holatini ko'rsatadi. Geografik kenglik ekvatordan ikki tomonga 00 dan 900 gacha o'lchanadi. Boshlang'ich meridiandan sharqda 0 dan 1800 gacha bo'lgan uzunliklar sharqiy uzunliklar, shu meridiandan g'arbda 0 dan 1800 gacha bo'lganlari g'arbiy uzunliklar deb ataladi. Globus va kartalarda o'tkazilgan meridian va parallellar bir-biri bilan kesishib, bir necha katakchalardan tashkil topgan geografik yoki gradus to'rini hosil qiladi. Ekvator, qutblar, meridian va parallellar gradus to'rining elementlari hisoblanib, ular o'q (gorizont) tomonlarini ham ko'rsatadi; meridianlar Yer sharinng shimol va janubini, parallellar esa g'arb va sharqni ko'rsatadi. Meridianlar va parallellar koordinatalar sistemasini hosil qiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 732.76 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:08 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 732.76 KB
Ko'rishlar soni 88 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga