Yerning va Oyning harakati Reja: Yerning Quyosh atrofida aylanishi. Aberratsiya Yil fasllarining o'zgarishi Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi. Pretsessiya va nutatsiya Yer qutbining harakati. xalqaro kenglik xizmati Kitob kenglik stansiyasi Oyning harakati va fazalari Quyosh tutilishi va uning shartlari Oy tutilishi va uning shartlari Oyning harakati va fazalari 1. Yillik parallaks. Yer Quyosh atrofida aylanayotganda, Yer bilan birga uning sirtidagi kuzatuvchi ham fazo bo'ylab ko'chishi tufayli, u qarayotgan va nisbatan yaqinroq joylashgan yulduzninguzoqdagi yulduzlar foniga proyeksiyalangan o'rni ham siljib boradi. Oqibatda, bu yulduzning yil davomida qoldirgan «izi», uning Yer orbitasi tekisligiga qanday burchak ostida yotganiga ko'ra, aylana (eslatilgan burchak to'g'ri bo'lsa), ellips (burchak 0 dan katta 90 dan kichik bo'lsa) yoki yoy (burchak 0 ga teng bo'lsa, yani yulduz ekliptika tekisligida yotgan bo'lsa) ko'rinishda bo'ladi. Nisbatan yaqin yulduzlarning yil davomida, uzoqdagi yulduzlar fonida bunday ko'rinma siljishlari yillik parallaks deyilib, bu hodisaning mavjudligi Yerning Quyosh atrofida aylanishining isbotidir. Yoritgichlarning yillik parallaks hodisasi 1838-1839 yillari bir-birlaridan bexabar holda Rossiyada V.Ya.Struve va Germaniyada F.Bessel tomonidan ochildi. 2. Yulduzlarning aberratsiyasi. Yerning Quyosh atrofida aylanishining ikkinchi isboti, ingliz astronomi Bradley tomonidan Ajdaxo yulduz turkumining yulduzini yillik parallaksini aniqlash paytida kashf etgan aberratsiya hodisasi hisoblanadi. Aberratsiya hodisasining mohiyati shundaki, bunda Yer bilan fazoda harakatlanayotgan kuzatuvchi yoritgichni o'zining haqiqiy o'rnida (kuzatuvchi harakatsiz bo'ganda kuzatadigan o'rnidan) siljigan holda ko'radi. Shuning aberratsiya deb, kuzatuvchidan yoritgichning haqiqiy va ko'rinma o'rinlariga tortilgan yo'nalishlar orasidagi burchakka ham aytiladi. Aberratsiya hodisasi, yulduzdan kelayotgan nurning harakati bilan Yerning orbita bo'ylab harakatlarining qo'shilishidan kelib chiqadi. Bu hodisani quyidagi hol uchun kuraylik. Faraz qilaylik, SD yo'nalish bo'ylab harakatlanayotgan Yerning K nuqtasidagi kuzatuvchi ekliptika qutbida yotgan M yulduzni kuzatayotgan bo'sin. bunda SD ga tik joylashgan teleskopni ko'rish maydoni shu qadar kichikki, unga faqat bitta yulduz sig'adi deb ham faraz qilaylik. U holda Yerning tezligi sezilarli katta bo'lganda, teleskopning N obyektiviga tushgan yulduzdan kelayotgan nur, teleskop tubusini t vaqtda o'tgunga qadar K kuzatuvchi siljib nuqtaga kelib qoladi va okulyar orqali qarab yulduzni ko'rmaydi. Binobarin, yulduzni ko'rish uchun teleskopni okulyar joylashgan qismini ga teng KL kesma kattaligicha orqaga surish kerak bo'ladi. Shunda N obyektivdan o'tgan nur okulyarga etib kelguncha, kuzatuvchi ham L nuqtadan K ga etib keladi. Natijada biz yulduzni uning haqiqiy o'rni M da emas, balki MI nuqtada ko'ramiz. Boshqacha aytganda,u Yer harakatining tezlik-vektori yo'nalgan va apeks deb yuritiladigan osmon sferasining A nuqtasi tomon siljigan holda ko'rinadi. Yer yillik harakatining apeksini Quyoshga nisbatan oson aniqlash mumkin. Yerning tezlik vektori uning orbitasiga o'rinma bo'lganidan, ixtiyoriy momentda u Quyosh -Yer ...

Joylangan
30 Jul 2024 | 09:56:33
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 00:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Jul 2024 [ 09:56 ]
Bo'lim
Astronomiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 00:08 ]
Arxiv ichida: doc