Yulduz to'dalarini tadqiq etish

Yulduz to'dalarini tadqiq etish

O'quvchilarga / Astronomiya
Yulduz to'dalarini tadqiq etish - rasmi

Material tavsifi

Yulduz to'dalarini tadqiq etish RYeJA: Kirish. 1 - bob. Yulduz to'dalari haqida umumiy ma'lumotlar. 1.1. Yulduz to'dasi haqida tushunchalar 1.2. Sharsimon yulduz to'dalari. 1.3. Tarqoq yulduz to'dalar 2 - bob. Yulduz to'dalarini tadqiq etish usullari 2.1. Yulduz to'dalarini tasniflashtirish. 2.2. Yulduz to'dasigacha bo'lgan masofani topish usullari. 2.2.1. Tarqoq yulduz to'dasigacha bo'lgan masofani topish usullari. Xulosa Yulduz to'dalari haqida umumiy ma'lumotlar Sharsimon yulduz to'dalari. Sharsimon yulduz to'dalari (ShYuT) - avval boshdanoq o'ziga xos tashqi ko'rinishiga ko'ra galaktika obyektlarining alohida turkumi sifatida ajratilgan. (1.2.1-rasm). ShYuT yulduzlari qariyib sferik (aniqrog'i, kam siqilgan, sferoidal) hajmni egallaydi, shu sababli yulduzlarning fazoviy kontsentratsiyasi uning to'dalashuv markazidan periferiyasi(tashqi cheti)ga tomon keskin kamayadi. Yulduz to'dalari ShYuTga tashqi ko'rinishiga ko'ra emas, balki yulduz tarkibiga, yani ularning Gershprung- Ressel diagrammasi bo'yicha xarakterli ko'rinishi, shu bilan bog'liq ShYuT turkumiga tarqoq yulduz to'dalaridan ko'rinishi bilan deyarli farq qilib bo'lmaydigan bazi obyektlar kiritilgan. Eng yulduzga boy ShYuT dagi yulduzlar soni bir necha yuz ming bilan, markaziy qismidagi yulduzlarning 1pk3da kontsentratsiyasi esa, bir necha ming va hattoki yuz mingta yulduzlar bilan o'lchanadi. (Quyosh atrofidagi yulduzlar fazoviy kontsentratsiyasi 1pk3da atigi 0,13 ta yulduzni tashkil etadi). Eng qashshoq ShYuT lari boy ShYuT lariga qaraganda yulduzlar taxminan 2 tartib kam songa ega bo'ladi. ShYuT larining og'irligi ga teng. ShYuTda har xil turdagi o'zgaruvchan yulduzlar uchraydi. Eng ko'p sondagi yulduzlar Liraning RR tipidagi o'zgaruvchan yulduzlari, shuningdek, Galaktikaning sferik tashkil etuvchilari bo'lgan uzoq davrli tsefeidalar (Hulkar yulduzining W tipi) Kit Dunyolari va boshqalar. O'zgaruvchan yulduzlar asosiy tiplarining nur sochishi malum bo'lib, bu ShYuTgacha bo'lgan masofani aniqlashga imkon berib, bu esa yulduzlar evolyutsiya nazariyasi qoidalari asosida ShYuT larining yulduz tarkibi haqida va ularning Galaktikadagi o'rniga oid ma'lumotlarni aniqlash uchun zarur. 1.2.1.-rasm. Ajdarho yulduz turkumidagi M10 sharsimon yulduz to'dasi ShYuT ning xarakterli diametrlari -20-60pk (bazi hollarda undan kattaroq). Yaqin sharsimon yulduz to'dalarigacha bo'lgan ~10 kpk o'rtacha masofadagi ShYuTning barcha yulduzlarini bir xil uzoqlikda deb hisoblash mumkin; ularning ko'rinma yorqinligidan nur sochish tafovutini aniqlash mumkin. Bitta ShYuT yulduzining umumiy paydo bo'lishidan yulduz to'dasi yulduzlari taxminan bir xil yosh va bir xil kimyoviy tarkibga ega deb hisoblash mumkin. Aksariyat ShYuT yulduz atmosferasida og'ir elementlarni tutishi quyoshga qaraganda kam (ekstremal holatlarda 100 martadan ko'proq uchraydi). Yulduz yorqinligi farqi yulduz og'irligi tafovuti bilan bog'liq bo'lishi, shuningdek, ularning evolyutsion yo'llaridan har xil harakatlanishi, shu bilan birga oxirgi hisoblashlarda dastlabki og'irlikdan farqi aniqlanadi. Gershprung-Ressel diagrammasida M3 (1.2.2-rasm) tipik ShYuTning bevosita asosiy ketma-ketligidan subkarlik (o'ta mitti) yulduzlar(4), subgigantlar (o'ta ulkan) ketma-ketligi, yani o'zining asosiy ketma-ketlik (AK) da bo'lish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 405.97 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 405.97 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga