Yulduzlarning spektral sinflari. Yulduzlarning rangi, temperaturasi va yorqinligi

Yulduzlarning spektral sinflari. Yulduzlarning rangi, temperaturasi va yorqinligi

O'quvchilarga / Astronomiya
Yulduzlarning spektral sinflari. Yulduzlarning rangi, temperaturasi va yorqinligi - rasmi

Material tavsifi

Yulduzlarning spektral sinflari. Yulduzlarning rangi, temperaturasi va yorqinligi. Spektr - yorqinlik diagrammasi. Yulduzlarning ichki tuzilishi RYeJA: 1. Yulduzlarning rangi va spektral sinflari. 2. Yulduzlarning temperatura shkalasi. 3. Spektr- yorqinlik diagrammasi. 4.Yulduzlarning raliuslarini yorqinliklari va temperaturalari orqali hisoblash. 5. Yulduzlarning ichki tuzilishi. Yulduzli osmonga diqqat bilan qaragan kishi yulduzlar bir-birlari bilan ranglari bilan farqlanishini oson payqaydi. Malumki temir kizdirilayotganda dastlab to'q qizil rangga keyin, harorati orta boshlagach, zarg'aldoq, sariq va oxirida oq rangga kiradi. Shunga o'xshab yulduzlarning rangi ham ularning sirt temperaturalari haqida ma'lumot beradi. Xususan Quyoshimiz sariq rangdagi yulduz hisoblanadi, temperaturasi sirtida 6 00 K atrofida. To'q qizil rangda ko'rinadigan yulduzlarning temperaturasi 2500- 300 K, zargaldoq rangdagilariniki 3500- 400 K, oq rangdagi yulduzlarning temperaturasi esa 17-18 ming gradus atrofida bo'ladi. Osmonda ko'rinadigan yulduzlar ichida eng qaynog'i ko'k-havo rang tusda bo'lib, ularning temperaturalari 2500- 500 K orasida bo'ladi. Yulduzlarning markazga tomon temperaturalari orta borib, markazlarida o'nlab million gradusni tashkil qiladi. Astronomlar yulduzlarga tegishli muhim ma'lumotlarni ularning spektrlarini tahlil qilib kulga kiritadilar. Yulduzlarning spektri, xususan Quyoshning spektri ham chiziqli yutilish spektri bo'lib, yorug' tutash spektrining fonida atomlar, ionlar va molekulalarga tegishli yutilish (fraungofer) chiziqlari bo'ladi. Yulduzlarning spektrlari bir-biridan, ularda to'lqin uzunligi bo'yicha nurlanish energiyasining turlicha qiymat bilan taqsimlanishiga ko'ra farqlanadi. Shuningdek bu spektrlar, ulardagi chiziqlar aks yulduz atmosferasining ximiyaviy tarkibi va shu chiziqlarning intensivliklari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Temperaturalari bir-biriga yaqin yulduzlarning ximiyaviy tarkibi, bir- biridan keskin farq kilmaydi. Yulduzlar spektrida eng ko'p tarqalgan elementlar vodorod bilan geliydir. Spektrlarining ko'rinishi va yulduz atmosferasining fizik holati, ko'p jihatdan, uning temperaturasiga bog'liq bo'ladi. Yulduzlarning spektrlari ettita asosiy spektral sinflarga guruhlangan. Ular lotin imlosida ifodalanib quyidagi tartibda joylashadi: O- B - A- F- G- K- M. Malum sinflarga guruhlangan spektrlar, o'z navbatida yana o'ntadan sinfchalarga ajratilgan. Masalan A sinf yulduzlari A0, A1, A2, . . . A9 sinfchalarga bo'lingan. (Quyosh o'z spektriga ko'ra G2 sinfga kiradi). Sinflar kema-ketligi, eng avvalo, yulduzlarning temperaturasi va ranglari ketma- ketligida o'z aksini topadi. Nisbatan sovuq qizil yulduzlarning spektrida neytral atomlarning va hatto molekulyar birikmalarning chiziqlari ko'p uchragan holda, kaynoq havorang yulduzlarning spektrida ionlashgan atomlarning chiziqlari ko'p uchraydi. O sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida - ionlashgan geliy, azot va kislordning intensiv yutilish chiziqlari, shuningdek, spektrning ultrabinafsha qismida ayrim ximik element - atomlarining ko'p marta ionlashgan chiziqlari ham uchraydi. V sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrada neytral geliy chiziqlari juda intensiv bo'ladi. A sinfga kiruvchi yulduzlarning spektrida vodorodning yutilish chiziqlari intensiv bo'lib, yulduz oq rangda bo'ladi. F kiruvchi yulduzlarning spektrida vodorod chiziqlari kuchsizlanib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.53 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 00:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Astronomiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.53 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga